Abduramanov xamid xudaybergenovich mehnat resurslarini boshqarish


Mehnat shartnomalari quyidagicha bekor qilinadi



Yüklə 5,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə148/186
tarix25.12.2023
ölçüsü5,18 Kb.
#194971
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   186
mehnat resurslarini boshqarish

Mehnat shartnomalari quyidagicha bekor qilinadi:
-
 
muddatli mehnat shartnomasi muddati tugashi bilan; 
-
 
agar muddat tugagandan keyin ham mehnatga oid munosabatlar davom 
etaversa va taraflardan birortasi bir hafta davomida uning bekor qilinishini talab 
qilmagan bo‗lsa, shartnoma nomuayyan muddatga uzaytirilgan deb hisoblanadi
-
 
ish joyi (lavozimi) saqlanishi lozim bo‗lgan xodimning ishda bo‗lmagan 
vaqtiga mo‗ljallab tuzilgan mehnat shartnomasi shu xodim ishga qaytgan kundan 
e‘tiboran bekor qilinadi. 
Mehnat shartnomasining taraflar ixtiyoriga bog„liq bo„lmagan holatlar 
bo„yicha bekor qilinishi.
U quyidagi hollarda bekor qilinadi: 
-
 
xodim harbiy yoki muqobil xizmatga chaqirilgan taqdirda; 
-
 
shu ishni ilgari bajarib kelgan xodim ishga tiklangan taqdirda; 
-
 
xodimni jazoga mahkum etgan sudning hukmi qonuniy kuchga kirgan 
taqdirda, basharti buning natijasida xodim avvalgi ishini davom ettirish 
imkoniyatidan mahrum etilgan bo‗lsa, shuningdek, xodim sudning qaroriga binoan 
ixtisoslashtirilgan davolash-profilaktika muassasasiga yo‗llangan taqdirda; 
-
 
ishga qabul qilish yuzasidan belgilangan qoidalar buzilganligi munosabati 
bilan, agar yo‗l qo‗yilgan qoidabuzarlikni bartaraf etishning imkoni bo‗lmasa va u 
ishni davom ettirishga to‗sqinlik qilsa; 
-
 
xodimning vafoti munosabati bilan; 
-
 
qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda. 
Mehnat shartnomasini bekor qilish ishga qabul qilish huquqiga ega bo‗lgan 
shaxslar tomonidan amalga oshiriladi va buyruq bilan rasmiylashtiriladi. 
Oxirgi ish kuni mehnat shartnomasi bekor qilingan kun deb hisoblanadi. 
Mehnat shartnomasi g‗ayriqonuniy ravishda bekor qilingan yoki xodim 
g‗ayriqonuniy ravishda boshqa ishga o‗tkazilgan hollarda, u ish beruvchining o‗zi, 
sud yoki boshqa vakolatli organ tomonidan avvalgi ishiga tiklanishi lozim. 


253 
Nizoni ko‗rish vaqtida, ish beruvchiga mehnat shartnomasini bekor qilish 
yoki xodimni boshqa ishga o‗tkazishning asosliligini isbotlab berish mas‘uliyati 
yuklatiladi. 
Agar jamoa kelishuvi yoki jamoa shartnomasida mehnat shartnomasini ish 
beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishni kasaba uyushmasi qo‗mitasi yoki 
xodimlarning boshqa vakillik organi bilan oldindan kelishib olish nazarda tutilgan 
bo‗lsa, sud kasaba uyushmasi qo‗mitasi yoki xodimlar boshqa vakillik organining 
oldindan roziligi olingan-olinmaganligini aniqlaydi. 
Ishga tiklanganda ish beruvchiga xodimga yetkazilgan zararni qoplash 
majburiyati yuklatiladi. Zararni qoplash: 

Yüklə 5,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin