255
IQTISODIY MASALALAR
1-masala
Agar hududda 2013 yil boshida mehnatga layoqatli yoshdagi aholi soni -
14,5 mln. kishi, mehnatga layoqatli yoshga yetgan aholi soni - 205,1 ming kishi,
mehnatga layoqatli yoshda o‘lganlar soni – 13,7 ming kishi, mehnatga layoqatli
yoshdan chiqib ketgan aholi soni – 97,4 ming kishi, boshqa hududlardan ko‘chib
kelganlar soni esa 733,2 ming kishi, ko‘chib ketganlar soni esa 100,9 ming kishi
bo‘lsa, hududning mehnatga layoqatli yoshdagi aholisi sonini aniqlang.
2-masala
Agar 2012 yil boshida mamlakatda mehnatga layoqatli aholi soni – 27,3
mln. kishi, yil davomida mehnatga layoqatli yoshda o‘lganlar soni – 0,15 mln.
kishi, shu yili mehnatga layoqatli yoshga kirgan o‘smirlar soni – 1,9 mln. kishi,
pensiya yoshiga yetgan aholi soni esa 1,3 mln. kishini tashkil etsa, 2013 yil
boshida mehnatga layoqatli aholi sonini aniqlang.
3-masala
Agar 2013 yil boshida mamlakatda mehnatga layoqatli aholi soni– 36 124
ming kishi, yil davomida mehnatga layoqatli yoshda o‘lganlar soni – 348 ming
kishi, shu yili mehnatga layoqatli yoshga kirgan o‘smirlar soni – 2 419 ming kishi,
pensiya yoshiga yetgan aholi soni esa 1 157 ming kishi hamda 637 ming mehnatga
layoqatli kishi ko‘chib kelgan, 225 ming kishi esa ko‘chib ketgan bo‘lsa, 2014 yil
boshida mamlakatning mehnatga layoqatli aholi sonini aniqlang.
4-masala
Agar hisobot yilida mehnatga layoqatli yoshdagi aholi soni – 59 712 ming
kishi, shu jumladan ishlamayotgan I va II guruh nogironlar soni – 764 ming kishi,
ishlayotgan o‘smirlar soni – 58 ming kishi, ishlayotgan pensionerlar soni esa 3 177
ming kishini tashkil etsa, mehnat resurslari sonini aniqlang.
Dostları ilə paylaş: