Abduramanov xamid xudaybergenovich mehnat resurslarini boshqarish


Quyidagilar ishga qabul qilishni g„ayriqonuniy ravishda rad etish



Yüklə 5,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə140/186
tarix25.12.2023
ölçüsü5,18 Kb.
#194971
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   186
mehnat resurslarini boshqarish

Quyidagilar ishga qabul qilishni g„ayriqonuniy ravishda rad etish 
deb 
hisoblanadi: 
-
Mehnat Kodeksining 6-moddasi birinchi qismidagi talablar (jinsi, 
yoshi, irqi, millati, tili, ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy holati va mansab 
mavqeyi, dinga bo‗lgan munosabati, e‘tiqodi, jamoat birlashmalariga 
mansubligi, shuningdek, xodimlarning ishchanlik qobiliyatlariga va ular 
mehnatining natijalariga aloqador bo‗lmagan boshqa jihatlariga qarab, 
mehnatga oid munosabatlar sohasida har qanday cheklashlarga yoki imtiyozlar 
belgilashga yo‗l qo‗yilmasligi)ning buzilishi
23

-
ish beruvchi tomonidan ish taklif qilgan shaxslarni ishga qabul qilmaslik; 
-
ish beruvchi qonunga muvofiq mehnat shartnomasi tuzishi shart bo‗lgan 
shaxslarni (belgilangan minimal ish joylari hisobidan ishga yuborilgan shaxslarni: 
homilador ayollarni va uch yoshga to‗lmagan bolalari bor ayollarni – tegishlicha 
23
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat qonunchiligi bo‘yicha me‘yoriy-xuquqiy hujjatlar to‘plami. – T.: O‘zbekiston, 
2006. - 7- бет. 


238 
ularning homiladorligi yoki bolasi borligini vaj qilib) ishga qabul qilmaslik. 
Ishga qabul qilish rad etilgan taqdirda, xodimning talabi bilan ish beruvchi 
ishga qabul qilishni rad etishning sababini asoslab uch kun muddat ichida yozma 
javob berishi shart. Bu javob ishga qabul qilish huquqiga ega bo‗lgan mansabdor 
shaxs tomonidan imzolangan bo‗lishi lozim. Asoslantirilgan javob berish haqidagi 
talablarni qondirishni rad etish xodimni ishga qabul qilish g‗ayriqonuniy ravishda 
rad etilganligi ustidan shikoyat qilishga to‗siq bo‗lmaydi. 
O‗zaro yaqin qarindosh yoki quda-anda bo‗lgan shaxslarning (ota-onalar, aka-
ukalar, opa-singillar, o‗g‗il va qizlar, er-xotinlar, shuningdek er-xotinlarning ota-
onalari, aka-ukalari, opa-singillari va bolalari), basharti ulardan biri ikkinchisiga 
bevosita bo‗ysunib yoki uning nazorati ostida xizmat qiladigan bo‗lsa, bir davlat 
korxonasida birga xizmat qilishlari taqiqlanadi. 
Bu qoidadan istisnolar O‗zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan 
belgilanishi mumkin. 
Ishga qabul qilish vaqtida, ishga kirayotgan shaxs quyidagi hujjatlarni: 
-
pasport yoki uning o‗rnini bosadigan boshqa shaxsini tasdiqlovchi hujjatni, 
o‗n olti yoshgacha bo‗lgan shaxslar esa, – tug‗ilganlik to‗g‗risidagi guvohnoma va 
turar joyidan ma‘lumotnomani; 
-
mehnat daftarchasini, birinchi marotaba ishga kirayotgan shaxslar bundan 
mustasno. O‗rindoshlik asosida ishga kirayotgan shaxslar, mehnat daftarchasi 
o‗rniga asosiy ish joyidan olgan ma‘lumotnomani; 
-
harbiy xizmatga majburlar yoki chaqiriluvchilar tegishlicha harbiy biletni 
yoki harbiy hisobda turganlik haqidagi guvohnomani; 
-
qonun hujjatlariga muvofiq maxsus tayyorgarlikka ega shaxslargina 
bajarishi mumkin bo‗lgan ishlarga kirayotganda oliy yoki o‗rta maxsus o‗quv 
yurtini tamomlaganligi to‗g‗risidagi diplomni yoxud mazkur ishni bajarish 
huquqini beradigan guvohnomani yoki boshqa tegishli hujjatni taqdim etadi. 
Ishga qabul qilish vaqtida ishga kirayotgan shaxsdan qonun hujjatlarida 
ko‗rsatilmagan hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi. 


239 
Mehnat shartnomasini tuzish haqidagi kelishuvdan oldin qo‗shimcha holatlar 
(tanlovdan o‗tish, lavozimga saylanish va boshqalar) bo‗lishi mumkin. 
Ish beruvchi korxonada besh kundan ortiq ishlagan barcha xodimlarga mehnat 
daftarchasini tutishi shart, o‗rindoshlik asosida ishlovchilar bundan mustasno. 

Yüklə 5,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin