Abduramanov xamid xudaybergenovich mehnat resurslarini boshqarish



Yüklə 5,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə137/186
tarix25.12.2023
ölçüsü5,18 Kb.
#194971
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   186
mehnat resurslarini boshqarish

Sug„urtalash tizimi. 
Barcha xodimlar davlat yo‗li bilan ijtimoiy sug‗urta 
qilinadilar. Davlat ijtimoiy sug‗urtasi uchun ish beruvchilarshuningdek, sug‗urta 
qilingan xodimlarning o‗zlari badal to‗laydilar. Jamoa shartnomasida xodimlarni 


232 
davlat yo‗li bilan ijtimoiy sug‗urta qilishga, qo‗shimcha sug‗urta qilish ham ko‗zda 
tutilishi mumkin. 
Jamoa shartnomalarini ishlab chiqish va tuzish. 
Xodimlar va ish 
beruvchilar manfaatlarini muvofiqlashtirishga qaratilgan jamoa shartnomalarini 
ishlab chiqish hamda tuzish tartibi, qoidalari O‗zbekiston Respublikasining 
Mehnat Kodeksida aniq belgilab qo‗yilgan. Bu tartib va qoidalar Xalqaro Mehnat 
Tashkilotining 1957-yilda qabul qilingan 91-son ―Jamoa shartnomalari 
to‗g‗risida‖gi tavsiyalari hamda 1981-yilda qabul qilingan 154-son ―Jamoa 
munozaralariga yordam ko‗rsatish to‗g‗risida‖gi Konvensiyasida
22 
belgilab 
qo‗yilgan xalqaro me‘yorlarga to‗la mos keladi. 
Jamoa shartnomalarini ishlab chiqish va tuzishni shartli ravishda to‗rt izchil 
bosqichga bo‗lish mumkin. 
1. Jamoa shartnomasi amal qilishi sohasini belgilash hamda shartnoma 
taraflarini teng huquqli sheriklar sifatida birgalikda e‟tirof etish. 
Jamoa 
shartnomasi amal qilish sohasini boshlang‗ich bosqichda belgilashda xodimlar 
manfaatlari mushtarakligi, taraflarning o‗zaro xohishi, shuningdek, jamoa 
shartnomasiga oid munozaralar jarayonida hal etilishi kerak bo‗lgan aniq masalalar 
mohiyati e‘tiborga olinadi. 
Shartnoma taraflarini birgalikda e‘tirof etishda korxonalarda mazkur jamoa 
xodimlari manfaatini ifoda etishga da‘vogarlar bir nechta bo‗lishi mumkinligini 
hisobga olish kerak. 
O‗zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksida jamoa shartnomasi taraflari 
aniq belgilab qo‗yilgan: bu xodimlar tomonidan kasaba uyushmalari yoki o‗zlari 
vakolat bergan boshqa vakillik organlari, bevosita ish beruvchi yoki u vakolat 
bergan vakillardir. 

Yüklə 5,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin