227
va tuzilishini mutlaqo erkin belgilay oladi. Shunday bo‗lsa-da, amaliyotda jamoa
shartnomasiga ish beruvchi va xodimlarning quyidagi masalalar bo‗yicha o‗zaro
majburiyatlari kiritilishi mumkin (11.1- rasm).
Mehnatga haq to„lash tartibi va shartlari tizimi.
Mehnatga haq eng avvalo
to‗lash shakli, miqdori, nafaqalar, kompensatsiyalar, qo‗shimcha to‗lovlarni
qamrab oladi. Shuningdek, jamoa shartnomasida narxlarning o‗zgarib borishi,
pulning
qadrsizlanish
darajasi,
jamoa
shartnomasi
bilan
belgilangan
ko‗rsatkichlarning bajarilishiga qarab, mehnatga haq to‗lashni tartibga solish
vositalarini ham ko‗zda tutadi.O‗zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksiga
binoan mehnatga haq to‗lashda quyidagi qoidalarga amal qilinadi:
-
mehnat haqi qonun hujjatlari bilan belgilangan eng kam miqdordan oz
bo‗lishi mumkin emas va uning eng ko‗p miqdori biron bir tarzda cheklanmaydi;
-
mehnat haqi uning shakli va tizimlari, mukofotlar, qo‗shimcha to‗lovlar,
ustamalar, rag‗batlantirish tarzidagi to‗lovlar jamoa shartnomalarida, shuningdek
ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‗mitasi yoki xodimning boshqa
vakillik organi bilan kelishib qabul qilinadigan boshqa hujjatlar bilan belgilanadi;
-
mehnatga haq to‗lashning yakka shartlarini xodim uchun noqulay tomonga
o‗zgartirishga uning roziligisiz (istisno tariqasida, qonunda nazarda tutilgan
hollardan tashqari) yo‗l qo‗yilmaydi;
-
mehnatga haq qoida tariqasida pul shaklida to‗lanadi. Ish beruvchi o‗zining
Dostları ilə paylaş: