262
24-masala
Jadvalda mamlakatning 2009-2013 yillardagi ish bilan band va ishsiz aholisi
to‘g‘risida ma‘lumotlar keltirilgan (ming kishi).
Ko‘rsatkichlar
2009 yil
2013 yil
Ish bilan band aholi soni
80500
95000
Ishsiz aholi soni
4800
7000
Topshiriq:
1) Mamlakatning ish bilan band va ishsiz aholisi soni 2013 yilda 2009 yilga
nisbatan necha foizga o‘zgarganligini va keltirilgan ko‘rsatkichlarning qaysi
birining o‘sish tendenstiyasi yuqoriligini aniqlang.
2) Mamlakatning 2009 va 2013 yildagi iqtisodiy faol aholisi sonini va
ishsizlik darajasini aniqlang.
25-masala
Agar mamlakatning potenstial YaMM – 1400 mln. dollar, hisobot yilining
boshida esa 1330 mln. dollar, yil oxirida esa 1295 mln. dollarni tashkil etgan bo‘lsa
(tabiy ishsizlik darajasi 5%ni tashkil etgan), Ouken qonuni orqali yil davomida
ishsizlik darajasi necha foizga o‘zgarganligini aniqlang.
26-masala
Ish bilan bandlar soni – 19500 ming kishi, ishsizlar soni – 670 ming kish.
Bir oydan so‘ng 19500 ming ish bilan band aholi tarkibidan 820 ming ishdan
bo‘shatildi, ishsizlar tarkibidagi 250 ming kishi esa ish qidirishdan to‘xtadi.
Topshiriq:
1) Ish bilan band aholi sonini aniqlang;
2) Ishsizlar sonini aniqlang;
3) Ishsizlik darajasini aniqlang.
Dostları ilə paylaş: