Abduramanov xamid xudaybergenovich mehnat resurslarini boshqarish



Yüklə 5,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/186
tarix25.12.2023
ölçüsü5,18 Kb.
#194971
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   186
mehnat resurslarini boshqarish

Eslatma:
1) malaka va kasb-hunar ko‟nikmalariga ega bo‟lmagan ishsizlar faqat (*) bilan 
belgilangan yordamchi ishlarga jalb qilinadi;
2) ishlarni bajarish uchun xodimning tegishli malakasi talab qilinadigan ayrim ish 
turlariga zarur malakaga va kasb-hunar ko‟nikmasiga ega bo‟lgan ishsizlar jalb qilinishi 
mumkin.


110 
Haq to‘lanadigan ishlarni bajarish uchun yuborilgan shaxslarga korxonalarda 
amalda bo‘lgan stavkalar va lavozim maoshlari (ishbay narxlar)dan kelib chiqqan 
holda, amalda bajarilgan ish uchun, ammo amalda ishlangan vaqt uchun ishsizlik 
bo‘yicha nafaqa miqdori 15 foizga ko‘paytirilgandan kam bo‘lmagan miqdorda ish 
haqi to‘lanadi, agar qonun hujjatlarida boshqacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa. 
Haq to‘lanadigan jamoat ishlarida ish haqidan tashqari mehnat uchun 
qo‘shimcha mukofotlar miqdori korxonalar mablag‘lari hisobidan ish beruvchilar 
tomonidan belgilanishi mumkin. 
Agar ishsizni bajarilayotgan haq to‘lanadigan jamoat ishi qanoatlantirsa, unda 
u ish beruvchi bilan kelishgan holda bunday ishni doimiy asosda bajarishga rozilik 
berishi mumkin, mehnat organi esa, unga bu doimiy mos keladigan ish deb 
hisoblaydi. 
Bunday hollarda ushbu shaxs bilan ilgari tuzilgan mehnat shartnomasi yangi 
mehnat sharoitlari ko‘rsatilgan holda qayta tuzilishi kerak. 
Haq to‘lanadigan jamoat ishlarini tashkil qilishda mehnat to‘g‘risidagi qonun 
hujjatlariga, mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilinishi, bunday ishlarni 
bajarish uchun mehnat shartnomasi tuzgan fuqarolar mehnatidan samarali 
foydalanilishi uchun mas‘uliyat korxonaga yuklanadi. 
Xavfli, zararli va og‘ir mehnat sharoitlari bilan bog‘liq bo‘lgan haq 
to‘lanadigan jamoat ishiga yuborilgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan 
tartibda tibbiy tekshiruvdan o‘tishlari kerak. 
Fuqarolarning haq to‘lanadigan jamoat ishlarida qatnashgan davri to‘g‘risida 
ish beruvchi tomonidan ularning mehnat daftarchasiga tegishli yozuv yoziladi. 
Haq to‘lanadigan jamoat ishlarida qatnashgan davr mehnat stajiga qo‘shiladi. 
Haq to‘lanadigan jamoat ishlarida qatnashayotgan fuqarolar pensiya ta‘minoti va 
vaqtincha ishga yaroqsizligi bo‘yicha nafaqa olish huquqini saqlab qoladilar. 
Ishsizning jamoat ishlarida qatnashgan davri uchun sug‘urta badallari ish 
beruvchi tomonidan amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq to‘lanadi. 


111 
Haq to‘lanadigan jamoat ishlarida band bo‘lgan shaxslarga ish vaqtining 
davomiyligi mehnat to‘g‘risidagi amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi. 
Ish beruvchilar ish kuni va ish haftasining o‘zgaruvchan shakllaridan foydalanish, 
shuningdek mehnat unumdorligiga ko‘ra yoki ishlangan vaqtga mutanosib ravishda 
haq to‘lagan holda haq to‘lanadigan jamoat ishlarining qisqartirilgan ish vaqtini 
kiritishga haqlidirlar. 
Ish beruvchi bilan kelishuvga ko‘ra, ishsizlarning ish vaqtiga mehnat organida 
bo‘lish va mustaqil ravishda doimiy (mos keladigan) ish qidirish vaqti (haftada 
ikki soatdan ortiq bo‘lmagan) kiritilishi mumkin. Mehnat organlari haq 
to‘lanadigan jamoat ishlariga yuborilgan va ularda ish bilan ta‘minlangan 
fuqarolarni qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda hisobga olib boradilar. 
Haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilingan fuqarolar mehnatiga haq 
to‘lash tartibi 6.4-rasmda keltirilgan.

Yüklə 5,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin