6.3. Ish o‟rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta‟minlash dasturining
vazifalari va tarkibi
Ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta‘minlash dasturi yangi
ob‘ektlarni ishga tushirish, ishlab chiqarishni modernizastiyalash, qayta jihozlash
va mavjud quvvatlardan yanada to‘la foydalanish, kichik biznesni, birinchi
113
navbatda, sanoatda, qurilishda, xizmatlar ko‘rsatishda va servis sohalarida jadal
rivojlantirish, infratuzilma, kommunikastiya va uy-joy ob‘ektlari qurilishi
ko‘lamini, kasanachilik mehnatining imkoniyatlarini kengaytirish, ishlamay turgan
korxonalar faoliyatini tiklash hisobiga aynan muvofiq miqdordagi ish o‘rinlari
tashkil etishga va aholi bandligini ta‘minlashga yo‘naltirilgan.
Ish o‘rinlari tashkil etish parametrlari investistiya dasturi, hududlar va
tarmoqlarni rivojlantirish, korxonalarni modernizastiyalash va texnologik jihatdan
qayta jihozlash, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, qishloq xo‘jaligi
mahsulotlarini qayta ishlashni chuqurlashtirish, transport va kommunikastiya
qurilishi, ijtimoiy va bozor infratuzilmasi va boshqa dasturlar bilan o‘zaro
bog‘langan.
Dasturning maqsadi
– aholi bandligini ta‘minlash bo‘yicha kompleks va
o‘zaro bog‘liq chora-tadbirlarni hududlar va iqtisodiyot tarmoqlarining ish
o‘rinlarini yaratish bo‘yicha salohiyatini ishga solish yo‘li bilan amalga oshirish,
demografik omillar va iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgartirishlarni hisobga olgan
holda mehnat resurslaridan oqilona foydalanish, bandlik va tadbirkorlikning
samarali shakllarini rivojlantirishga har tomonlama ko‘maklashishdan iborat.
Dasturning asosiy vazifalari
quyidagilardan iborat:
mehnat bozorining ehtiyoji asosida va respublika hududlari va tarmoqlarini
rivojlantirish bo‘yicha dasturiy hujjatlarni amalga oshirishni hisobga olgan holda
yangi ish o‘rinlari tashkil etish jarayonlarini rag‘batlantirish;
hududlar va tarmoqlarning yangi ish o‘rinlari tashkil etish va ilgari
yaratilgan ish o‘rinlarining barqaror faoliyatini ta‘minlash borasida salohiyatidan
samarali foydalanishni yanada kuchaytirish;
mehnat bozorida tanglikning oldini olishning amaliy vositasi sifatida ish
bilan ta‘minlashning, ayniqsa kichik biznesda, kasanachilik va oilaviy
tadbirkorlikda samarali shakllarini rivojlantirish;
band bo‘lmagan aholini, birinchi navbatda, yoshlar va ayollarni ishga
joylashtirish yo‘li bilan mehnat bozorida faol va aniq maqsadli chora-tadbirlarni
114
amalga oshirish;
dastur bajarilishining tuman va shaharlar, tarmoqlar va aniq korxonalar
bo‘yicha tizimli monitoringi va tahlilini olib borish, zarur bo‘lgan hollarda ish
o‘rinlari yaratishning tasdiqlangan parametrlarining so‘zsiz ijrosini ta‘minlash
bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish.
Dostları ilə paylaş: |