112
Haq to‘lanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish bilan bog‘liq xarajatlar odatda
ish beruvchi tomonidan qoplanadi, ushbu ishlarda qatnashayotgan fuqarolar
mehnatiga haq to‘lash xarajatlari bundan mustasno.
Aholini ish bilan ta‘minlashda noqulay vaziyatlar bilan bog‘liq istisno
hollarda, shuningdek haq to‘lanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish uchun ish
beruvchilarni qiziqtirish maqsadida haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilingan
fuqarolar mehnatiga haq to‘lash xarajatlari Ish bilan ta‘minlashga ko‘maklashish
davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga quyidagi miqdorlarda qoplanishi mumkin:
joylardagi davlat hokimiyati organlari mulki bo‘lgan korxonalarda, xo‘jalik
hisobidagi korxonalardan tashqari - mehnatga haq to‘lash xarajatlarining ko‘pi
bilan etmish besh foizi;
boshqa korxonalarda - mehnatga haq to‘lash uchun xarajatlarning ko‘pi
bilan ellik foizi.
O‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksalar, pensionerlar va
nogironlarning uyiga borib ijtimoiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha haq to‘lanadigan
jamoat ishlariga jalb etilgan, mehnat bo‘limlarida ro‘yxatga olingan ishsiz
fuqarolarga ish haqi to‘lash xarajatlari to‘liq Ish bilan ta‘minlashga ko‘maklashish
davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Haq to‘lanadigan jamoat ishlari hajmi va turlari, shuningdek Ish bilan
ta‘minlashga ko‘maklashish davlat jamg‘armasining ish beruvchilarga qoplash
xarajatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishlab chiqiladigan ish bilan
ta‘minlash tuman (shahar) dasturlarida aks ettiriladi.
Dostları ilə paylaş: