Abdurauf Fitrat asarlarida ta’lim-tarbiya masalalarining o’rni
Fitrat ijodida milliy qadriyatlarni o‘rganishga oid qarashlari va millat, vatanparvarlik haqidagi goyalari quyidagi yo‘nalishlarga asoslanadi:
Millatning o‘tmish madaniy, ilmiy-adabiy va diniy merosini e’zozlash, uni chuqur o‘rganish va targ‘ib qilish:
millat urf-odatlari, xalq ogzaki ijodini o‘rganish, undan foydalanish;
o‘tmish mutafakkirlar g‘oyalariga amal qilish;
v) Islom dinini o‘rganib, o‘z ta’limotida unga suyanish;
g) musiqa va dramaturgiyaga oid meroslarni o‘rganish;
d) adabiy merosni o‘rganish, targib etish.
O‘z taqdirini miplat taqdiri bilan bog‘lash, uning zolimlariga nafrat.
Xalqparvarlik va insonparvarlikni targ’ib etish.
Vatan dong‘ini olamga yoygan qahramonlarni uluglash, ular bilan faxrlanish.
Vatan qayg‘usi va quvonchini his etib yashash.
Vatanni ardoqlash, uning uchun kurashga doimo shay turish. Vatan g’oyasini avaylash bu ajdodlar xotirasini asrash,
ulardan meros qolgan madaniyatni, ilmni o‘rganishdan iborat deb bilgan Fitrat o‘z ijodiyotining har bir yo‘nalishini o‘tmish merosimiz bilan bog‘laydi.
Fitratning ta’biricha Vatan - bu millatning rang-barang madaniyati, ilmu fani, tili, dini, fe’l-atvori, urf-odat va an’analaridir.
Fitrat ijodiyotining ilmiy-nazariy asoslarini boyitishda va ijodiyotidagi uzviy hamkorlikni yaratishda Ismoilbek Gaspirali, Sadriddin Ayniy, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniylarning xizmatlari kattadir.
Fitrat xalq og‘zaki ijodiyoti va millatning urf marosimlarini chuqur
o‘rganadi. O‘z tahlillari asosida adib bularning aqliy va axloqiy tarbiya berishdagi ahamiyatini juda yaxshi tushunib etadi. Shuning uchun Fitrat barkamol insonni aqliy va axloqiy rivojlanishiga doir g‘oyalarini yaratishda urf-odatlar va xalq og’zaki ijodiyoti, xalq kitob va pandnomalaridan foydalanadi.
Fitrat el adabiyotini ashula, ertak, maqol, topishmoq, lapar, doston kabi turlarga ajratadi va ularni tahlil qiladi. Adib o‘zining asar, qo‘llanma va darsliklarida ham insonparvarlik, vatanparvarlik va boshqa yeksak axloqiy sifatlar aks etgirilgan xalq og‘zaki ijodi materiallaridan misollar keltiradi.
Adib turli milliy bayramlar va hayitlarning tarbiyaviy ahamiyatiga ham yuksak baho beradi va shunday yozadi: “Bunday bayram va to‘ylar foydali bo‘lib hisoblanadi. Avvalo necha nafar kishilar bir joyga yig’ilib, taom eydilar va suhbat qiladilar. Shu bahona bilan ular o‘rtasida do‘stlik rishtalari mustahkamroq bo‘ladi. So‘ng bu tantanalarda mamlakat va millat ehtiyojlari haqida foydali suhbatlar quradilar. Shuning uchun din to‘ylarni nan etmaydi”18.
Fitrat millatimizga xos bo‘lgan yaxshi urf-odatlar va qadriyatlarni ulug‘lab, o‘z asarlarini ham xalq ruxiyatini hisobga olgan holda yaratadi.
Alloma Fitrat o‘zining ta’lim va tarbiyani birgalikda olib borishni targib qilish, aqliy tarbiya berish, komil inson tarbiyalashda ilm-fan, bilim o‘rganishning ahamiyatini ko‘rsatish, fanlar tasnifini yaratish, tabiiy fanlar va til ta’limining muhimligini asoslash kabi goyalari yaratishda mutafakkirlardan Forobiy, Beruniy, Ibn Sinodan ko‘p narsalarni o‘rganadi. Ayniqsa, u jismoniy tarbiya haqidagi ta’limotida, tabobat fanlari tizimini yaratishda Ibn Sinoga tayanadi.
Adib Fitrat Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Abdurahmon Jomiy,
Firdavsiy, Yassaviy, Bedil, Umar Hayyomlar ijodiga ixlos bilan qarab, ularni chuqur o‘rganadi, Amir Temurni millatning g‘ururi deb biladi.
Adib Navoiy va Boburning musiqaga munosabatini o‘rgandi. Ularning turk musiqasiga bergan baholariga amal qilgan hodda musiqashunoslik sohasidagi faoliyatini davom ettirdi.
U musiqani ham millatning muhim qadriyatlaridan biri hisoblab, uning rivojlanishi uchun o‘zining munosib hissasini qo‘shdi.
Fitrat ijodiyotida dramaturgiya ham alohida o‘rin egallaydi. Dramaturgiya sohasidagi ijodida u Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Padarkush”, Abdulla Qodiriyning “Baxtsiz kuyov”, Abdullo Badriyning “Axmoq”, kabi dramalaridan ma’naviy o’rnak oldi.
Fitrat o‘zining turli mavzularda yaratgan o‘ndan ortiq dramalarida asosan, xalq o‘tmishi va tarixini, halqning turli tomonlarini yoritib berdi. Adibning dramalarida ham millat va vatanni uluglash, ularning mustaqilligi bosh g‘oya bo‘lib qoldi. Ularda insonparvarlik va vatanparvarlik uluglanadi.
Fitrat o‘z ijodida o‘tmish madaniy merosidan foydalanish uchun butun hayoti davomida shu merosni chuqur o‘rganishga harakat qiladi. Bunga uning “Chig’atoy gurungi” jamiyatidagi faoliyati ham misol bo‘la oladi. Bu jamiyat 1918 yilda tashkil topib, o‘z oldiga o‘zbek klassik adabiyoti va xalq ogzaki ijodiyoti namunalarini (ertaklar, maqollar, laparlar va boshqalar) to‘plash, o‘rganishadi. Uning bu ta’limoti asosida shaxs, inson masalasi turadi. Inson va insonlar orqali millatga, millat taraqqiyotiga boriladi.
Alloma o‘zining millat va vatanparvarlik haqidagi g‘oyalarini ham shu meroslarni o‘rganish asosida yaratdi.
Fitrat o‘z ijodiyotida Islom dini ta’limotiga suyanadi. Uning ma’rifiy va pedagogik qarashlari shakllanishida islom dini, Qur’on va hadislarga bo‘lgan e’tiqodi ham muhim ahamiyat kasb etdi. U har bir masalani din va shariat qoidalari asosida o‘rganishni ma’qullaydi.
Adib o‘zining “Rahbari najot” asarida yoritib bergan ma’naviy, oilaviy, insoniy majburiyatlarni diniy ta’limotdan oladi va o‘zi anglagan g‘oyalaridan keltirib, kishilarning ma’naviy va axloqiy turmushlariga tadbiq etadi.
Fitrat ijodiyotida o‘zbek-turk musiqasi, uning go‘zallik san’ati ekanligini tarannum etish ham alohida o‘rin tutadi. U musiqa tarixini o‘rganishni O‘zbekistonda birinchilardan bo‘lib boshladi.
Fitrat til qoidalarini tuzishda tatarcha yoki usmonlichadan emas, balki eski adabiyotimizdan foydalanish, buning uchun ulug’ adiblarimiz asarlarini xalq adabiyoti va so‘zlarini to‘plamoq kerak deb biladi. Shuning uchun bu jamiyat o‘z faoliyatida adabiy merosni va xalq og‘zaki ijodini o‘rganishga katga e’tibor beradi.
Fitrat o‘tmish madaniyati, san’ata, adabnyotini o‘rganish hozirgi kun talabi deb hisoblaydi. Azizim, O‘rta Osiyoning olamga mashhur bir madaniyati bo‘lgan, bu madaniyatning turkiy asarlari qolgan. Bu asarlarning hammasiga birdan "axlatlar" deyish sizning muhokamangizning kirligidan chikqan yangi bir istiloh bo‘lsa kerak. Siz Samarqandning Registoniga borib, eski "axlatlar"dan sanaganingiz madrasalarga diqqat qiling, qarangchi: shularning yiqilayozgak bitta minorasini saqlamoq uchun proletar Davlatu, sho‘ro hukumati qancha pul sarf qilg‘on? O‘rta Osiyoning mana shu madaniyat asarlarining tarixini tiklash, ularning sinfiy mohiyatlarini, san’atcha qimmatini maydonga chiqarish ilmning talabidir"19.
Fitrat o‘tmish merosni o‘rganish sohasida tadqiqotlar olib borib "Ahmad Yassaviy", "Yassaviy maktabi shoirlari to‘g‘risida", "XVI asrdan so‘nggi o‘zbek adabiyotiga umumiy bir qarash", "Muhammad Solih", "Eng eski turk adabiyoti namunalari", 'Turk adabisti namunalari
adabiyoti namunalari", "Kadimgi turk adabiyoti izlanishlari", "Ertaklar va haqiqatlar", "Fors adabisti zanjirlari", "Aruz haqida", "Qutadg‘u bilig", "Umar Hayyom", "O‘zbek shoiri Turdi", "Insoniyat haqida Navoiy qanday fikrda", "Navoiyning forsiy shoirligi ham uning forsiy devoni to‘grisida", "Ahmad Yugnakiy: "Xibatul haqoyiq", Farhod va Shirin" dostoni to‘g‘risida", "A.Firdavsiy", "Bedil" kabi risolalarini yaratdi.
Bu ishlarning nomidanoq ko‘rinib turibdiki, adabiyogimizning bugungi kunda tadqiq etilishi lozim bo‘lgan muammolarini Fitrat o‘z zamonasidayoq hal etishga harakat qilgan. U qadimgi turk, fors, tojik, o‘zbek shoir va ijodkorlari haqida ham tadqiqotlar olib boradi.
Istambul universiteti professori Fuod Kupruli o‘zining bir qator asarlarida Fitratning o‘tmish merosni o‘rganishga doir tadqiqotlariga o‘z munosabatlarini bildirib o‘tadi. Olim Fitratni "Devoni lug‘otit-turk"ning sho‘rolar davridagi ilk tadqiqotchisi sifatida baholaydi, uning "Qugadg‘u bilig", "Hibatul haqoyiq", "Muqaddimat ul-adab" nomli maqolalariga munosabat bildiradi.
Fitrat bu ishlarni yozishdan oldin Sharq va G‘arb xalqlari madaniyati, tarixini, Markaziy Osiyo xalqlari adabiyoti va san’atini mukammal o‘rganadi. U uzoq asrlik o‘zbek fors-tojik, arab, hind adabiyotlari bilan o‘zaro bogliq bo‘lib, bir-biriniig ta’sirida taraqqiy qilgan deb biladi. SHuning uchun biron- bir ijodkor merosini o‘rganishda boshqa tillardagi manbalarni ham o‘rganish kerak bo‘ladi deb hisoblab, o‘z ona tili turkiydan tashqari fors, arab, usmonli turk, rus va boshqa tillarni ham o‘rganadi. Bu adibga har tomonlama chuqur ilmiy asarlar yaratishga, ko‘shni xalqlar tilini ham tushunish va bilishga imkon yaratadi.
Fitrat o‘zbek adabiyoti tarixining ko‘pgina manbalarini birinchilardan bo‘lib adabiyotshunoslikka olib kiradi. U o‘zbek adabiyotini eng qadimgi davrlardan boshlab jiddiy ravishda tadqiq etadi.
Ayniqsa, u o‘zbek shoiri va mugafakkiri Alisher Navoiy merosiga katta qiziqish va e’tiqod bilan qaraydi. Navoiyni "adabiyotimizning bobosi" deb ulug‘lab, Navoiy ijodi, asarlari haqida bir qator maqolalar yozadi.
1926 yili yozilgan "Navoiyning forsiy shoirligi va uning forsiy devoni to‘g‘risida" maqolasida Navoiyning forsiy tildagi ijodiyotini tahlil qiladi. Navoiyni eng ulug‘ fors shoirlarining eng mashhur, eng qiyin asarlariga forsiychada javoblar ezganligini aytib, Xusrav Dehlaviyning "Bahrul Abror" asariga Navoiy "Tuhfat ul-afkor" nomli 26 baytdan iborat bir o‘xshatma yozgan degan fikrni ham bildiradi.
Fitrat "Farhodu Shirin dostoni to‘g‘risida" maqolasida shunday nomli dostonlarning tarixi haqida gapirib, faqat Navoiyning shu dostonini emas, shu bilan birga Firdavsiy, Nizomiy, Dehlaviylarning shu nomdagi dostonlarini ham tahlil etadi. Fitrat Navoiyga katta hurmat bilan qarab, undan ko‘p narsalarni o‘rganadi.
U "Insoniyat haqida Navoiy qanday fikrda" nomli maqolasini ham bejiz yozmaydi. U ham Navoiy kabi o‘z xalqi va vatanini sevadi, ulug‘laydi.
Fitrat ijodiyotining asil ildizini millat o‘tmishi va kelajagi uchun qaygurish, uni o‘rganish tashkil qiladi. U millatning og’ir ahvolidan, ilmsiz nodonligidan, uning kelajagidan tashvishga tushadi va asaridagi bir qahramoni nomidan shunday fikrni bildiradi: "Ey bechora millat!... Siz bu millat haqida qanchalik iliq fikr aytmang, men baribir ularni yomon ko‘raman. Siz bu millatga qanchalik umid bilan boqsanjiz, men shunchalik umidsizlanaman. Bu shunday millatki, haqini g‘arot etsalar, o‘zi shu yog‘mogarlar ostiga bosh qo‘yishni fazilat deb biladi... o‘zlarining xaloskorlarini kofir deb ataydilar. Ulardan nimani umid kilish mumknn, qaysi kelajakni orzu qilish joiz".
Lekin allomaning o‘zi millatini sevadi va u haqida yomon gaplar aytilishiga qarshi bo‘ladi. Hind sayyohi nomidan yuqoridagi fikrga qarshi shunday deydi: "Sizning bu so‘zlaringizdan millatingizga etadigan zarar talonchilarning yuz yillik xunrezligidan ko‘ra besh battarroqdir. Sizning sabr qilmoqdan... boshqa chorangiz yo‘q. Sabot va chidamdan boshqa narsasi bo‘lmagan millatning hamma narsasi bo‘lishi mumkin va sabot va matonatdan boshqa hamma narsasi bo‘lgan millat hech narsasiz qolishi mumkin. Bir odamning saboti buyuk bir millatni isloh etishga qodir".
Fitrat o‘zining butun hayoti davomida millatning porloq kelajagi uchun kurashadi, o‘z xalqining buyuk kelajagiga ishonadi. U ham o‘tmish allomalarimiz kabi xalqning og’ir ahvoli, unga zulm o‘tkazuvchi zolimlar, amiru-ulamolar, ularning kirdikorlari haqida yozadi.
Fitrat o‘z asarlarida muloyim shayxlarning nodonliklarini, xalqqa o‘tkazgan zulmlarini, xalq manfaati uchun biror tadbir ko‘rmaganliklarini fos qilib beradi.
Buxoro aholisining yana bir toifasi - ulamolar haqida adib shunday yozadi: "Bu dahshat to‘la to‘dalar ongsizlik tufayli bo‘lsada, baxtga erishgan to‘dalar yordamida bir-birlarini quvib, hukmronlik otiga minib, bechora, bebaxt xalqning mol-jon, arz, nomus va sharafini shafqatsizlarcha poymol etadilar".
Fitrat mana shu toifasiga kiruvchi hokimlarning hech kachon kishilar orasida hurmat qozona olmaganliklarini, turli yo‘llar bilan hokimlik martabasiga erishib, maqsadlari faqat boylik orttirish ekanligini yozadi. Adib bu hukmronlarning savodsizliklari, hukmronlik qonun-qoidalari, ma’muriy idorani boshqarish yo‘llarini, bu idora xodimining axloq va odobi qanday bo‘lishi kerakligini bilmaydigan kishilar ekanligini ko‘rsatadi. Bular millat qanday yuksaladi, mamlakat qaysi yo‘l bilan boyiydi, davlatning xazinasi
qanday to‘ladi kabi masalalarni o‘ylab ham ko‘rmaydilar. Fitrat ular haqida: "Ma’lum bir mansabdor hokim podisholardan ham ustun qo‘lib yozgan she’ralaridan misollar keltiradi. Navoiy podshoga shunday murojaat qiladi:
"Bil munikim, sen dog‘i bir bandasen, Ko‘pragidin ojizu afgodasen.
Ermas alar tufroqu isi nuri pok, Xilqat alargayu senga tiyra xok. Barcha javorix bila a’zoda teng, Sur’ati navoi hayoloda teng".
Navoiy podshohlarning hunar, axloq, adl, insof va ibodat yo‘lida ham oddiy xalqdan o‘ta olmaganligini shunday ifodalaydi:
"Lek hunar ichra, kamol ichra ham, Xulqu xushu lutfi maqol ichra ham. Xam ravishu adlu ham insof aro, Shar tariqida ibodatda ham
Sen tushibon yo’l naxajidin yiroq, Ko‘pragi sindin yuribon yaxshiroq"20.
Fitrat ham o‘zining "Hindiston sayyohi qissasi"da Buxoro aholisini uch toifa: ulamo, umaro, fuqaroga ajratib, ularni ta’riflaganda Navoiyning podshoyu amaldorlarni ko‘p jihatddn xalqdan past degan qarashlarini davom ettiradi. U Buxoro ulamolarini shunday ta’riflaydi: "Buxoro ruhoniylarnning eng mo‘tabar maqomiga ega bo‘lgan bir jamoa kishilar bugungi haqiqiy bilimdan mutlaqo xabarsizdirlar. Yigirma yil tahsil olib, yana yigirma yil dars berib, undan keyin muftilik mansabiga erishib, yana arab kitoblarini o‘qishda qiynaladilar, o‘zlarining fors tilidagi fiqx kitoblarini afzal bilib, oyatlarni qanday istasalar shunday sharhlaydilar". Fitrat reaksion amaldorlarning kirdikorlarini fosh qilishda Umar Hayyom qarashlaridan ham foydalanadi. U "Fors shoiri Umar Hayyom" maqolasida Hayyomning mayxo‘rlik haqidagi ruboiylaridan namunalar keltirib, ulardan shunday mantiqiy xulosalar chiqaradi: "Bu ruboiylar Saljuqlar saroyining eng teran, ham eng kirlik nuqtalarigacha ko‘rsatuvchi chiroyli oynachalardir. Bular Eron saljuqlari saroyida yig‘ilib, hukumat idorasi boshida o‘tirgan, o‘zining bir daqiqalik kayf-safosidan boshqa narsani tushunmagan, mamlakat idorasi, xalq tinchligi haqida emas, o‘zining ertasi haqida ham o‘ylashdan bezgan tilaksiz, irodasiz, buzuq, chirik bir jamoatning ruhiy holatlarini ko‘rsatadi. Mamlakat ertasini o‘ylash bular uchun g‘aflat sanaladur".
Adib o‘zining qator dramalari, "Amir Olimxonning hukmronlik davri" risolasida ham podsholar saroyidagi buzuqliklar va amaldorlariing xalqqa o‘tkazgan zulmini ko‘rsatib beradi.
U aholining uchinchi toifasiga fuqarolarni kiritib, ular haqida: "Bu bechoralarda ayb yo‘q, ular har tomonlama qobiliyatlidirlar. Shunchalikki, buni o‘zlari "bilmaydilar"-deb yozadi. Bu bilan Fitrat barcha qobiliyatli, xalqni, Batanni o‘ylaydigan kishilar fuqarolar ichidaligini ta’kidlaydi, lekin o‘sha hayot sharoitida ularga ahamiyat berilmasligi, o‘z imkoniyatlari, qobiliyatlarini namoyon etadigan sharoitning yo‘qligi tufayli, ularning intilish va qobiliyatlari hisobga olinmasdan yo‘q qilib yuborilishini alam bilan, kuyinib yozadi. U xalqning yuksaklikka ko‘tarilishi va hayotdagi o‘z munosib o‘rnini topishi uchun harakat qildi va o‘zining xalqparvarlik faoliyatida Yassaviyning kuyidagi so‘zlarini asos qilib oldi:
G‘arib, faqir, etimlarning boshin silab, Ko‘ngli qattiq xaloyiqdan kechtim mano. G‘arib, faqir, etimlarni har kim so‘rar, Rozi bo‘lur ul bandadin Parvardngor.
Fitrat xalqqa zulm o‘tkazuvchilarni “Qonxo’r”, “zulmparvar” deb ularga o‘z nafratini bildiradi. O‘zining maqolasida Navoiyning podsholarning zolimligi haqidagi quyidagi misolini keltiradi: Zulmung emas erdi xaloyiqqa kam, Kim qiladursen ani o‘zungga ham. Zulm o‘zungga fisqdur, ey xusher, Gum qil ani, bo‘lsa sanga xush yor. Adib o‘zining qator she’rlarida ham ayrim zolim podsholarning zulmlarini fosh etadi. Uning 1920 yilda yozgan bir she’rining mazmuni:
"Johil shoh hatto qushlarning uyasini qonga to‘ldirdi, Boshga toshlar yog’ildi, yurakka otash urildi. Adolat nomining ko’l oyog’i boglandi. Yurak xonimoni zolim taxti ostida siniq bir ahvolda qoldi".
Yoki boshqa bir she’rida yozadi:
U shunday zolimki, uyimizni xarob ayladi.
U shunday zulmki, yuragimizni kabob ayladi21.
Fitrat Amir Temurni buyuk vatanparvar va miplatparvar shaxs sifatida biladi. Sohibqironning farzandlariga qilgan "Millatning dardlariga darmon bo‘lmoq vazifangizdir. Zaifalarni qo‘ring, yo‘qsullarni boylar zulmiga tashlamang. Adolat va ozodlik dasturingiz, rahbaringiz bo‘lsin" - degan vasiyatini Fitrat ham o‘z xalqining kuchiga ishonadi, ularni mustaqillikka erishgunga qadar kurashdan to‘xtamaslikka chaqiradi: "... Chiqasen, kurashasen, engilasen, qochasen, bir ozdan keyin yangidan bosh ko‘tarib yer yuzini yoritasen - zulmga qarshi kurashganlar sendan saboq olsinlar".
Adibning o‘zi ham vatan ozodligi yo‘lida tinmay kurashadi. Uning ijodiyoti yo‘nalishlaridagi bosh masala, asosiy goya xam millatni, vatanni, xalqni farovon hayotga va ma’naviy yuksaklikka erishishi masalasidir.
Fitrat vatanparvarligida yurtniig boy tarixi, buyuk qahramonlari, yuksak madaniyati, tuganmas xalq merosi bilan faxrlanish muhim ahamiyat kasb etadi. U o‘zining maqolalarida Turkistonni bir vaqtlar dunyodagi eng buyuk davlatlardan biri bo‘lib, bugun jahonga mashhur bo‘lgan allomalar etishtirib berganligini ta’kidlaydi: "Bizning Turkistonimiz turk ulusining beshig’i bo‘lmog‘i bilan iftixor qiladir.
Abbosiylardan so‘ng islom saltanatiga qorovullik qilgan turk hoqonlarining oxiri va ulug‘laridan bo‘lg‘on Temur yanglig‘ turk qahramonini Turkiston yetishtirdi. Yana abbosiylardan keyin "madaniyat bashariyatini" ko‘targan turk olimlarining kattakonlari bo‘lgan Abu Ali, Ulug‘bek, Javhariy va Forobiy kabi hurmat tirg‘aklarini Turkiston chiqardi"22.
Fitrat bu yerda Vatanini mungli bir ayolga qiyoslaydi. U ayolning yirtiq, yupun kiyimlari, tanasidagi jarohat va yaralar, zulm zanjiri bilan bog‘langan qo‘llari misolida Vatanining og’ir va qashshoq ahvolini, mustamlakachilar o‘tkazayotgan zulmlarni, yurtning erksiz, zolimlarga qaram bo‘lib qolganligini ko‘rsatmoqchi bo‘ladi.
Alloma vatanining bunday tushkunlik holatidan chiqa olishiga ishonadi. O‘lkaning avvalgi qudratini, Temur saltanatini Turkistonda qaytadan tiklamay turib kurashdan to‘xtamasligini yozadi. Kishilarni vatan mustaqilligi uchun kurashga chaqiradi. Vatan qayg‘usi har bir insonning qalbida, miyasida, vujudida bo‘lishi lozimligini, vatandek go‘zal maskanni har bir inson ardoqlashi kerakligini targ‘ib qiladi.
Shoir vatani bilan iftixor etadi. U vatani taqdirini o‘z taqdiri bilan chambarchas bog‘liq deb biladi. Vatanining kulfat va gamini o‘zining kulfat
deb, vatanining tinch-omonligini o‘zining tinchligi deb biladi. U vatanining gullab-yashnashi, sharafga burkanishini istaydi. Vatanni qa’bam, qiblam, sajdagohim deb hamma narsadan ustun qo‘yadi.
Adabiyotshunos olim N.Karimov ta’kidlaganidek, Fitrat o‘zbek she’riyati tarixida birinchi bo‘lib Vatanni. .onaga..qiyos qilib sevadi:
Onam! Seni kutqarmoq uchun jonmi kerakdur? Nomusmi, vijdon bilan iymonmi kerakdur?
Temur bila Chingiz qoni toshdi tomirimizdan, Aytgil! Seni qutqarmoq uchun qonmi kerakdur. Yov suqqali kelgach qilichini yuragingga, Tush oldiga, ol ko‘ksimni - qalqonmi kerakdur
Vatanparvar alloma o‘zining joni va butun borligini Vatan ozodligi uchun kurashga bag‘ishlaydi.