Abdurauf fitratning “oila” asaridagi ma’naviy-axloqiy qarashlari



Yüklə 308,22 Kb.
səhifə3/5
tarix14.10.2023
ölçüsü308,22 Kb.
#155514
1   2   3   4   5
Saidova P 352-362 JUSR

Xulosa. Aslida dunyoda izzat va saodat tolibi bo'lmagan birorta qavm yo'q. Har bir millatning saodati va izzati, albatta, shu xalqning ichki intizomi va totuvligiga bog'liq. Tinchlik va totuvlik esa shu millat oilalarining intizomiga tayanadi. Qayerda oila munosabati kuchli intizom va tartibga tayansa, mamlakat va millat ham shuncha kuchli va tartibli bo'ladi. Agarda bir mamlakatning aholisi axloqsizlik va johillik bilan oilaviy munosabatlarini zaiflashtirib yuborsa va intizomsizlikka yo'l qo'ysa, shunda bu millatning saodati va hayoti shubha ostida qoladi. Hozirgi Yevropa olimlari ham o'z xalqlari intizomi va oilalarining rohati uchun harakat qilib yuzlab kitoblarni yozib nashr qilmoqdalar. Ishonchim komilki, oila saodati va baxti uchun qabul qilingan eng maqbul qonun islomiy qonunlar bo'ladi. Lekin olamda eng badbaxt oilalar ham biz musulmonlarning ichimizda bo'ladi, chunki biz ilohiy qonunlarning birontasiga rioya qilmay qo`yganmiz. Baxtsizligimizning sababi oiladorlik xususidagi har bir harakatimiz, sarob orzularimiz va xato fikrlarimizning natijasi bo'lib, aksariyati muqaddas Qur'oni karim hukmlariga ziddir. Shuning uchun zulm va tajovuz ko'rmagan oilalar bizda nihoyatda kam ko'rinadi. Hozirda taraqqiy etayotgan islomiy o'lkalarda turk, arab, fors olimlari o'z millatlarining kimligini anglab yetib, oila nizomi va tinchligi haqida ancha kitob yozdilar. Bu kitoblarda ular diniy va dunyoviy hukmlarga tayanib oilaviy masalalarga izoh berganlar. Xulosa qilib aytganda, oilaning zimmasiga ulkan va zarur ijtimoiy vazifa yuklangandir. Bola tarbiyasi eng ogʻir ijtimoiy vazifa ekanligi barchamizga ayondir. Ota va onaning shaxsiy va ijobiy namunasi solih va soliha farzandlarning kamolga yetishi uchun garovdir. Ostona hatlab tashqi dunyoga qadam qoʻyilganida esa bolaga atrof-muhit va jamoatchilikning taʼsiri sezilarli boʻladi. Taʼlim muassasalari va mahalla-ko`y, umuman, ijtimoiy muhit inson farzandini to hayotining soʻngi daqiqasigacha taʼqib qilib boradi. Shu boisdan, oilaviy munosabatlarda
358

shaxsning umummadaniy dunyoqarashini shakllantirishga erishish, nafaqat shaxsiy hayotda, balki, mamlakatimizda yuz berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy oʻzgarishlar va ularning taraqqiyoti jamiyatning ruhiy va maʼnaviy takomilida ham muhim oʻrin tutadi.



Yüklə 308,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin