Abduvaxidov, D


Bahoni shakllantirish bo’yicha qarorlar qabul qilish



Yüklə 2,41 Mb.
səhifə69/119
tarix07.07.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#136062
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   119
O’zbekiston respublikasi

9.5. Bahoni shakllantirish bo’yicha qarorlar qabul qilish


Mahsulotga sotuv narxini o’rnatish- subyektning asosiy masalasi va menejerning san’ati hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bahoni shakllantirishning bir necha yondashuvlari mavjud. Birinchi yondashuv- shunday narx qo’yish kerakki, u sotuvchini jalb qilsin; boshqasi- o’zi uchun ma’lum narx chegarasini belgilash maqsadida raqibning o’rnatgan narxidan foydalanish; uchinchisi- rentabellik pog’onasini, o’zgaruvchan xarajatlar va marjinal daromadning qiymatini aniqlash uchun mahsulot tannarxi haqidagi ma’lumotdan foydalanish.


Хarajat narxi ko’pchilik tomonidan real narxni belgilashda eng ishonchli yo’l deb ko’riladi, chunki u narxda foydaning qiymatini aniq shakllantirishga imkon beradi. Lekin xarajat narxlari bozor holatini va mazkur bozorda mahsulotning o’rnini va raqobatchilikni hisobga olmaydi. Ko’pgina ilg’or kompaniyalar uchta keltirilgan yondashuvlarning kombinatsiyalangan usulini qo’llaydilar.
Mahsulotlar, tovarlar va xizmatlarga quyidagi narx va tariflar o’rnatilishi mumkin: sotuvchi va xaridorlar uchun majburiy bo’lgan- rasmiy, subyektning mazkur mahsulotini hamma sotib oluvchilari uchun bir xil bo’lgan- muqobillashtirilgan, sotish-sotib olish dalolatnomasining har birida- kelishuv. Rasmiy va muqobillashtiriladigan narxlar jahon bozori narxlari yoki ishlab chiqarishning asoslangan xarajatlari asosida o’rnatiladi. Kelishuv narxlari esa yoki individual xarajatlar, yoki foydalanish parametrlari, yoki talab va taklifning o’zgarishi asosida aniqlanadi. Real narxni shakllantirish masalasi hozirgi davrda subyektlarda ishlab chiqarishning tushib ketishida ortiqcha quvvatlarning vujudga kelishi, ularni ta’minlash sarflarining oshishi, mehnat unumdorligining pasayishi, inflatsiya va qo’shimcha qiymat solig’ini hisoblash uslubining mavjudligi uchun qiyinlashgan.
Subyektning ma’muriyati iqtisodiy asoslangan narxni o’rnatish uchun qator muammolarni yechishi kerak: qaror qabul qilishda hisobga olinadigan xarajatlarning tarkibini asoslash; kalkulatsiya qilish uslubini tanlash; doimiy xarajatlar minimal bo’lgan ishlab chiqarish darajasini o’rnatish; subyekt foydasining summasini hisoblab chiqish.
Birinchi uchta masala ishlab chiqarish faoliyati haqidagi bobda ko’rib chiqilgan. Subyektning foydasini formula bo’yicha va foyda bilan ishlab chiqarish hajmining o’zaro aloqasini aks ettiruvchi grafik usuli yordamida hisoblab chiqish mumkin.
Formula bo’yicha foydani hisoblash usuli sof foyda tenglamasi va kapitalning qaytimiga asoslangan:







Fond qaytimi x Ustav kapitali







R

=

O’tgan yil uchun ishlab chiqarishga ketgan xarajatlarning umumiy summasi

x

100

bu yerda, R- mahsulot rentabelliginining darajasi.

Fond (kapital) qaytimining me’yori

=

Sof foyda







Hissadorlik kapitali

Masala. Mazkur sanoat tarmog’i uchun fond qaytimining o’rtacha me’yori 10 %. Ustav kapitali- 200 mln. so’m. Mahsluot ishlab chiqarishga ketgan xarajatlar- 400 mln. so’m, shunda rentabellik

R

=

10% x 200000

x

100

q

5 %ni tashkil etadi.







400000













Agar subyektning foydasi hisob narxidan past bo’lsa. unda narxni kalkulatsiya qilishda foydaning o’rtacha me’yoridan yoki uning ozmuncha o’sishini hisobga olgandan kelib chiqadi. Inflyatsiya sharoitlarida foydaning o’rtacha me’yoriga subyektda inflatsiyani kompensatsiya qilish uchun tuzilgan zaxiralarning qiymati qo’shiladi. Shuni ta’kidlash kerakki, inflatsiya sharoitlarida va subyektning xarajatlarni pasaytirishga qaratilgan qiziqishlari bo’lmagan paytda formulalarning ma’luomtlari juda muammoli hisoblanadi.


Narxni o’rnatishga xarajatlar eng katta ta’sirni ko’rsatadi. Хarajatlarning tarkibini tanlashda quyidagi formula qo’llaniladi:
1. O’zgaruvchan ishlab chiqarish sarflari + daromad.
2. Umumiy o’zgaruvchan sarflar + daromad.
3. Ishlab chiqarish tannarxi + daromad.
4. Тo’liq tannarx + daromad.
Хarajatlarning ishlab chiqarish hajmiga bog’liqligi zararsizlikni tahlil qilishda o’rganib chiqilgan. Bu yerda asosiy e’tibor foydaning ishlab chiqarish hajmiga bog’liqligiga qaratilgan, chunki mahsulotga bo’lgan narxning o’zgarishi ishlab chiqarish hajmining o’zgarishi bilan yoki sotishdan olingan yalpi foydaning o’zgarishi bilan bog’liq.
Narxlarni, mahsulot birligiga bo’lgan o’zgaruvchan xarajatlar, doimiy xarajatlar va ishlab chiqarish hajmining o’zgarishlari o’rtasidagi o’zaro aloqa quyidagi 9.5-chizmada ko’rsatilgan.




A. Sotish narxining o’zgarishi




B.Mahsulot birligiga to’g’ri keladigan o’zgaruvchan xarajatlarning o’zgarishi

Foyda, m.s.

















Foyda, m.s.






















80



















80






















60



















60






















40



















40






















20



















20



















































































































500

1000

1500

2000

2500










5000

1000

1500

2000

2500










Hajmi, dona
















Hajmi, dona







9.5-chizma. Narxlarni, mahsulot birligiga bo’lgan o’zgaruvchan xarajatlar, doimiy xarajatlar va ishlab chiqarish hajmining o’zgarishlari o’rtasidagi o’zaro aloqasi
Masala.
Ishlab chiqarishning hajmi- 2000 dona.
Mahsulot birligining sotish narxi- 150 so’m.
Mahsulot birligiga bo’lgan o’zgaruvchan xarajatlar- 100 so’m.
Doimiy xarajatlar- davr uchun 40 ming so’m.
Joriy foyda- 60 ming so’m (150-100) x 2000-40000) = 60000 so’m.
Faraz qilaylik, har bir ko’rsatkich 10%ga o’zgardi, unda ma’lumotlar quyidagicha o’zgaradi.
Ishlab chiqarishning hajmi- 2200 dona (2000 x 10 % = 200);
Mahsulot birligining sotish narxi- 165 so’m (150 x 10% = 15);
Mahsulot birligiga bo’lgan o’zgaruvchan xarajatlar- 90 so’m(100 x 10% = 10);
Doimiy xarajatlar- davr uchun 36 ming so’m (40 x 10% = 4);
Hamma o’zgarishlar natijasidagi joriy foyda ((165-90) x 2200 -36000) = 129000 so’m.
9.5-jadval
Ko’rsatkichlarning o’zgarishidan olingan natija


Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin