Abduxoliqova durdonaning


Maktabgacha ta’lim tizimida zamonaviylik



Yüklə 162,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/11
tarix18.06.2023
ölçüsü162,03 Kb.
#132153
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
mustaqillik yillari.docx

1.1.Maktabgacha ta’lim tizimida zamonaviylik
O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim muassasalarining zamonaviy tizimi :
maktabgacha tarbiya va boshlang‘ich ta’lim muassasasi (bolalar bog‘chasi -
maktab);

bir necha ustuvor yo‘nalishda faoliyat yurituvchi mak- tabgacha ta’lim
(badiiy-estetik, tillarni o‘rganish va sport yo‘nalishlari va h.k);

Tarbiya jismoniy va ruhiy rivojlanishdagi og’ishlarni kvalifikatsion
yahshilovchi tiklovchi turdagi bolalr bog’chasi;

tibbiy-gigienik, profilaktik va sog‘lomlashtirish tadbirlari orqali jismonan
zaif bolalarga qarab tu- rish va ularning sog‘lig‘ini tiklashga yo‘naltirilgan
bo- lalar bog‘chasi;

birlashtirilgan turdagi bolalar bog’chasi (birlashtirilgan turdagi bolalar
bog’chasiga rivojlantiruvchi, tiklovchi va rivojlantiruvchi guruhlar
umumlashtirilgan ko’rinishda kiradi)


Ta’kidlash joizki, maktabgacha ta’lim oldida turgan maqsad hamda vazifalarni
amalga oshirishda jamoat va xayriya tashkilotlari, mahalla, xalqaro jamg‘armalar,
shu- ningdek, tadbirkorlik tuzilmalari faol ishtirok etib kelmoqda.
Bugungi 
kunga kelib
, respublikada maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim-
tarbiya ishlari amaldagi qonunchilikka binoan o‘zbek,rus,qoraqalpoq, tojik, qirg‘iz 
va qozoq tillarida olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy 
tamoyillari quyidagilardan iborat:
1. ta’limtarbiyaning insonparvar, demokratik xarak- terga ega ekani;
2. ta’limning uzluksizligi va izchilligi;
3.
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim yo‘nalishini akade mik litseyda yoki kasb-
hunar kollejida o‘qishni 
tanlash- ning ixtiyoriyligi
;
4. ta’lim tizimining dunyoviyligi;
5. Davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olish huquqiga ega ekani;
6. ta’lim dasturini tanlashga yagona va tabaqalashti- rilgan yondashuv;
7. har bir shaxsning bilim olishi va iste’dodini rivojlantirishni rag‘batlantirili
shi;
8. ta’lim tizimida davlat va ijtimoiy boshqaruvi- ning o‘zaro uyg‘unligi.
Bu ustuvor tamoyillarga tayangan holda maktabgacha ta’- lim tizimini
boshqarishda quyidagi omillar alohida ahamiyat kasb etadi: Har bir
mamlakatning iqtisodiy qudrati, ijtimoiy-ma’naviy hayot darajasining
yuksalishi ta’lim tizimining raqobatbardoshligi, ilm-fan taraqqiyoti bilan
belgilanadi.
Shu bois, O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar
strategiyasida ta’lim sohasini tubdan takomillashtirish, ta’lim sifatini oshirish,
intellektual salohiyatli, jismoniy barkamol avlodni shakllantirish, aniq fanlarni
chuqurlashtirib o‘qitish va iqtisodiyotning turli sohalari uchun malakali kadrlarni


tayyorlash ustuvor vazifalar sifatida belgilangan bo‘lib, pirovardida bugungi davr
talabiga javob bera oladigan ta’lim tizimni yaratish ko‘zda tutildi.
Sohadagi islohotlar natijasida maktabgacha ta’lim tizimida boshqaruv
mexanizmi tubdan takomillashtirildi, nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish tizimi
isloh qilindi, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim tizimi qayta ko‘rib chiqildi, oliy
ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish choralari kuchaytirildi, oliy
o‘quv yurtidan keyingi ta’limning ikki pog‘onali tizimi joriy etildi.
Maktabgacha ta’lim. Uzluksiz ta’lim tizimining birlamchi bo‘g‘ini
hisoblangan ushbu soha har tomonlama sog‘lom va barkamol bola shaxsini
tarbiyalash va maktabga tayyorlashda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Lekin,
tahlillar shuni ko‘rsatdiki, oxirgi yillarda turli omillar ta’sirida maktabgacha ta’lim
tizimida bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash borasida rivojlanish o‘rniga, orqaga
ketish holatlari, yil davomida maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim
muassasalariga qamrab olish ko‘rsatkichlari o‘sishi tendensiyasi kuzatilmadi.
Aksincha, so‘nggi 20 yil davomida davlat tasarrufidagi maktabgacha ta’lim
muassasalari soni 45 foizdan ziyodroq kamayib, bugungi kunda respublika
bo‘yicha bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinishi 30 foizni tashkil
etdi. Bunga mavjud maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasi
zamonaviy talablarga javob bermasligi, tizimda variativ dasturlar, bolalarni
maktabga tayyorlash bo‘yicha muqobil shakllarning ishlab chiqilmaganligi,
rivojlangan mamlakatlarning tajribasi yetarli darajada o‘rganilmaganligi, faoliyat
yuritayotgan pedagog kadrlarning aksariyati oliy ma’lumotli emasligi, ta’lim sifati
monitoringi yuritilmaganligi kabi omillar sabab bo‘ldi.
Davlatimiz rahbari O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 26
yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida: “Maqsadimiz kelgusi 3-4
yilda mamlakatimizdagi bog‘cha yoshidagi bolalarni maktabgacha ta’lim
muassasalariga to‘liq qamrab olishdan iborat va biz bunga albatta erishamiz”, - deb
ta’kidlagan edi.


Darhaqiqat, o‘tgan qisqa vaqt mobaynida O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining «2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi, «Maktabgacha ta’lim tizimi
boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston
Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi
farmon va qarorlari, shuningdek,
“Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha 2017-2021
yillarga mo‘ljallangan Dasturi hamda respublikada maktabgacha ta’lim tizimini
yanada takomillashtirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» asosida misli ko‘rilmagan ishlar
amalga oshirildi.
Barcha sohalar qatori tizimda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar, farmon va
qarorlarda belgilangan vazifalarning ijrosi boshqa sohalar qatori Davlatimiz
rahbarining doimiy e’tiborida bo‘layotganligini guvohi bo‘lmoqdamiz. Qabul
qilinayotgan farmon va qarorlarning hayotga tatbiq etilishi natijasida yil yakuni
bo‘yicha maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalarning qamrovi 10 foizga
oshishi, 2018 yilda esa maktabgacha ta’lim muassasalarini saqlash harajatlari joriy
yilga nisbatan 32 foizga o‘sishi kutilmoqda.
Kuni kecha Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan
videoselektor yig‘ilishida tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar tahlil qilinib,
istiqboldagi vazifalar belgilab berildi.
Jumladan, ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har
tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish sharoitlarini
yaratish, maktabgacha ta’lim sifatini oshirish, maktabgacha ta’lim muassasalarida
bolalarni maktabga sifatli tayyorlashni tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga
jahon amaliyotida keng qo‘llaniladigan zamonaviy ta’lim dasturlari va
texnologiyalarini joriy etish, maktabgacha ta’lim muassasalariga pedagog kadrlarni
tayyorlash va malakasini oshirish mexanizmini takomillashtirishdan iborat dolzarb
vazifalar qo‘yildi.


Ayniqsa, maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati uchun yetarli sharoit
yaratilmaganligi bois, binolar qarovsiz holga kelib, bo‘shab yotganligi, ulardan
samarali foydalanilmayotganligi tanqid qilinib, 2018 yilning birinchi yarmida
amalga oshirilishi lozim bo‘lgan yettita yo‘nalishdagi strategik vazifalar belgilab
berildi.
Ular doirasida 2018 yil davlat budjetidan 427 bog‘chada qurilish-ta’mirlash
ishlarini bajarish uchun 771 milliard so‘m mablag‘ ajratish, jumladan, 14 tasini
yangidan qurish, 256 tasini rekonstruksiya qilish va 157 tasini kapital ta’mirlash
rejalashtirilayotganligi, davlat-xususiy sherikchilik asosida yangi turdagi
maktabgacha ta’lim muassasalarining tashkil etilishi, 2018 yil 1 yanvardan
boshlab, 5 yil davomida xususiy bog‘chalar tomonidan tabiiy gaz va elektr
energiyasi uchun sarflanadigan mablag‘ning yarmi davlat budjeti hisobidan
qoplanishi, bog‘chalarda bolalarni sog‘lom ovqatlantirish va ularga berilayotgan
oziq-ovqat mahsulotlari sifatini ta’minlash maqsadida 2018 yildan boshlab har bir
maktabgacha ta’lim muassasasiga 10-15 nafar fermerni sifatli oziq-ovqat
mahsulotlarini arzon narxlarda yetkazib berish uchun biriktirilishi, bolalar
bog‘chalariga tayyor sifatli issiq ovqat yetkazib beradigan davlat korxonasi tashkil
etilib, “Ketring” xizmatini yo‘lga qo‘yish mexanizmining ishlab chiqilishi,
maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va
ularning malakasini oshirish instituti faoliyatining takomillashtirilishi,
maktabgacha ta’lim uchun kadrlar tayyorlaydigan institutlarning qabul kvotalarini
real ehtiyojdan kelib chiqib belgilash hamda maktabgacha ta’lim pedagoglariga
qo‘yiladigan talablarning qayta ko‘rib chiqilishi tom ma’noda sohani dunyo
standartlari darajasiga olib chiqilishiga xizmat qilishi shubhasiz.
Istiqbolda belgilanayotgan bunday ulkan vazifalarning amalga oshirilishi
sohaning me’yoriy-huquqiy bazasini takomillashtirishni talab etadi. Shu
bois, ilg‘or xorijiy tajriba asosida “Maktabgacha ta’lim to‘g‘risida”gi qonun
loyihasini ishlab chiqishdan iborat o‘ta dolzarb vazifa yuklatildi.


E’tirof etish kerakki, mazkur qonun loyihasining ishlab chiqilishi o‘z
navbatida ta’lim sohasiga oid milliy qonunchiligimizning yanada
takomillashuviga, sohaga oid barcha munosabatlarning huquqiy asoslari
mustahkamlashga xizmat qiladi.
Shunday ekan, tizim oldiga qo‘yilgan vazifalarning ijrosini ta’minlash biz
Qonunchilik palatasi deputatlardan ham faollikni va mas’uliyatni talab etadi.
Vatanimiz ertangi kuni va istiqbolini hal qiladigan hozirgi yosh avlodni
munosib ravishda kamolga yetkazish ta’lim -tarbiya sohasini zamonaviy darajada
uzluksiz takomillashtirib borish bilan bog‘liq.

Yüklə 162,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin