Abduxoliqova durdonaning



Yüklə 162,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/11
tarix18.06.2023
ölçüsü162,03 Kb.
#132153
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
mustaqillik yillari.docx

Mustaqillik shukuhi
“Men shu bugundan e’tiboran, 1-sentabrni jumhuriyatimizda Mustaqillik
kuni - umumxalq bayrami sifatida e’lon qilishni taklif etaman…” (Islom Karimov,
O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida yohud Sho‘ralarning so‘ngi talvasasi
hujjatli filmidan, 1991) - O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom
Abdug‘aniyevich Karimovning millat kelajagi yo‘lida ko‘rsatgan shijoati taqsinga
sazovor. Bu kun tarix zarvaraqlariga oltin harflarda yozildi. Chunki 1991-yil 1-
sentabr O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni deb e’lon qilindi.
Binobarin, o‘zbek xalqi mustabid zanjirlaridan ozod etilgan edi. Bundan soddadil
xalqimizning ko‘ksi tog‘dek ko‘tarildi.
Mustabid tuzum davrida xizmat ko‘rsatgan ko‘plab korxona va tashkilotlar
sobiq sho‘ro hukumatiga qarashli bo‘lib, mustaqillik e’lon qilingach, bu korxonalar
birin-ketin ko‘ch-ko‘ronlarini yig‘ishtirib ortlariga qaytib ketishgan edi. Natijada


asosiy tirikchiligi dehqonchilik bo‘lgan xalqimiz, bunday texnikalarni ishlab
chiqarishga qodir emas va o‘z o‘rnida bu korxona ishlarini yuritishdan bexabar
edilar. Mustaqillikning dastlabki yillarida O‘zbekistonning oldida bir qancha
kechiktirib bo‘lmaydigan ustuvor vazifalar bor ediki, bularsiz xalq ongini
shaklantirish mushkul vazifaga aylandi.
Avvalo, xalqimizni ongini uyg‘otish, mustabid tuzumdan batamon sug‘urib
olish, ularni qalbiga yo‘l topa olish bu ulkan vazifalardan biridir. Yurtboshimiz
Islom Karimov tomonidan xalq irodasi, o‘zligi, milliy qadriyatlari va eng avvalo
mustaqilligi hadya etildi. Milliy bayramlarning tiklanishi, din erkinligi, buyuk
ajdodlarimiz xotiralari va ularning qutlug‘ qadamjolariga birinchi galda e’tibor
qaratilib, xalqimizning qon-qoniga singib ketgan eng azaliy orzu-umidlari tiklandi.
Endi xalqimiz qanday yashashni, zulmatni yorug‘likdan ajratishni bildi.

Yüklə 162,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin