Maqsad qanday bo‘lsa, unga erishish metodlari unga muvofiq bo‘lishi zarur.
Maqsad qanday bo‘lsa, unga erishish metodlari unga muvofiq bo‘lishi zarur.
Tarbiyaning mazmuni shaxsning shakllanishiga qo‘yiluvchi ijtimoiy talablar mohiyatidan iborat. Unutmaslik kerakki, aynan bitta vazifa turli hil fikrlar bilan to‘ldirilgan bo‘lishi mumkin. SHuning uchun metodlarni umuman mazmun bilan emas, balki aniq fikr bilan bog‘lash g‘oyat muhimdir.
Tarbiya
Tarbiyalanuvchilarning yosh xususiyatlari. Tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchilarning yosh xususiyatlarini inobatga olish maqsadga muvofiqdir. YOsh xususiyatlari muayyan bir yosh davriga hos bo‘lgan anatomik, fiziologik (jismoniy) va psixologik xususiyatlardir. Aytaylik, mas’uliyat tuyg‘usini boshlang‘ich ta’lim, o‘rta ta’lim va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida ta’lim olayotgan o‘quvchilarda ham shakllantirish mumkin. Biroq har bir bosqichda mazkur sifatni shakllantirish borasida turli metodlar qo‘llaniladi.
Halq pedagogikasida tarbiya metodlari. Halq pedagogikasi o‘zbekona axloq, odob va tarbiyaning barcha qirralarini o‘zida mujassamlashtirgan. Halq pedagogikasida turlicha tarbiya metodlari hamda vositalaridan foydalaniladi. Bu metod va vositalar nihoyatda rang-barang bo‘lib, ko‘p jihatlari bilan ilmiy pedagogikadan ustunlik qiladi. Binobarin, ushbu metodlar ilmiy pedagogikaning shakllanishiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazgan. Halq pedagogikasida qo‘llanilgan hilma-hil tarbiya metodlarini quyidagi tarzda umumlashtirish mumkin.
5. Qoralash va jazo (ta’kidlash, ta’na, gina, tanbeh berish, majbur qilish, koyish, ayblash, uyaltirish, qo‘rqitish, nafratlanish, ont-qasam ichirish, urish, kaltaklash va hokazolar).