0‘TKIR HOSHIMOV (1941) 1. Kim dastlabki yirik asari uchun Abdulla
Qahhordan «Sof, samimiy, tabiiy, iliq, rohat
qilib o‘qiladigan asar», degan maqtov olgan? J:
0‘tkir Hoshimov
2. Birinchi kitobi qachon nashr qilingan?
J: «Po‘lat chavandoz» nomi bilan 1962yilda
3. Birinchi kitobi qaysi janrda yozilgan edi?
J: Ocherk janrida
4. Romanlari.
J:
«Urushning
so‘nggi
qurboni», «Mu habbat» kabi hikoyalari, «Nur
borki, soya bor», «lkki eshik orasi», «Tushda
kechgan umrlar»
5. Qissalari. J: «Odamlar nima derkin»,
«Shamollar esaveradi», «lkki karra ikki besh»,
«Bahor qaytmaydi», «Dunyoning ishlari»
6. O^kir Hoshimovning qaysi dramalari
sahnalashtiril
gan? J: «Qatag‘on»,
«lnson sadoqati»,
«To‘ylar
muborak», «Birovning tashvishi», «Sizdan
ugina, bi zdan bugina» nomli dramalari
7. o’tkir Hoshimov qaysi qissasi uchun Oybek
nomida gi davlat mukofotiga sazovor bo’lgan?
J: «Dunyoning ishlari» qissasi uchun 1982yilda
8. 0‘tkir
Hoshimov qaysi asari uchun
1986yilda Ham za nomidagi respublika davlat
mukofotiga sazovor bolgan?
J: «lkki eshik orasi» romani uchun
9. 0‘tkir Hoshimov qachon 0‘zbekiston xalq
yozuvchisi unvonini olgan? J: 1991yilda
10. Tarjimalari. J: E.Xeminguey, K.Simonov,
A.Kup rin, O.Berdolts kabi yozuvchilarning
asarlari
11. «Urushning so‘nggi qurboni» hikoyasi
nima haqi da? J: Urushning fojeali oqibatlari,
Ikkinchi jahon urushi millionlab kishilar
yostig‘ini quritishdan tash qari odamlar ongi,
ruhiyatida ham yomon o‘zgarishlar yasagani
haqida
12. Qaysi asar qahramoni urush ketayotgan
joylardan minglab chaqirim uzoqda bo’lsada,
halok bo‘ladi?
J: «Urushning so‘nggi qurboni» hikoyasida
Umri xola
13. Qaysi asar qahramoni bilmasdan beixtiyor
o‘z onasining o’limiga sababchi bo‘lib qoladi?
J: «Urushning so‘nggi qurboni» hikoyasida
Shoikrom
14. «Urushning so‘nggi qurboni» hikoyasida
kim sil kasaliga yo‘liqqanligi uchun urushga
bormaydi?
J: Shone’mat
15. Kimning
xotinini o‘g‘rilar pichoqlab
ketishadi?
J: llhom samovarchining
16. Ushbu parcha qaysi asardan olingan? «Suv
qalqi sa loyqasi yuqoriga chiqqanday, zamon
qalqigandan buyon yomon ko‘paydi».
J: «Urushning so‘nggi qurboni» hikoyasida
17. Ushbu parcha qaysi asardan olingan: «Erta
bahor da ularning tug‘ay deb turgan sigirini
o‘g‘irlab ketishdi»?
J: «Urushning so‘nggi qurboni» hikoyasida
18. Shoikrom nima sababdan kechqurun simni
tokka ulab qo‘yadi? J: Xotinidan endi
qizarayotgan qulupnay larga ham o‘g‘ri
oralayotganini eshitgandan so‘ng
19. Umri
xola
nima
uchun
qulupnay
o‘g‘irlashga majbur bo lgan? J: Kasal o‘g‘liga
sutga almashish uchun
20. Shoikrom xotinining ismi? J: Hadicha
21. «Umri xola Shoikromning yonboshiga"
shaparak ko‘rpachaga o‘tirdi». Ushbu gapdagi
«shaparak ko‘rpa c/7a»ning ma’nosini toping.
J: Qavilmagan ko‘rpacha
22. Tabib buvaning ismi? J: Komil tabib
23. Umri xola sil kasaliga yo‘liqqan o‘g‘lining
dardiga nahorda ichilgan qaysi jonivorning suti
davo ekanligini Shoikromga aytadi? J: Qo‘y
suti