Uzun naydan iborat bo’lib, umurtqa pog’onasi nayi ichida joylashgan. 3.
Baliqlar orqa miyasining ikki yonidan nimalar chiqadi?
Ichki organlarga, suzgichlarga, teri va muskullarga nervlar chiqadi. 4.
Baliqlarning bosh miyasi qayerda joylashgan?
Miya qutisi ichida. 5.
Baliqlarning bosh miyasi qaysi organning
o’zgarishidan kelib chiqqan?
Nerv nayi oldingi qismining. 6.
Baliqlar va barcha umurtqali hayvonlarning bosh
miyasi qanday bo’limlardan iborat?
Oldingi miya, oraliq miya, o’rta miya, miyacha va uzunchoq miya. 7.
Baliqlar harakatini miyaning qaysi bo’limi boshqarib
turadi?
Miyacha. 8.
Baliqlarning uzunchoq miyasi qanday ishlarni
boshqarib turadi?
Nafas olish, qon aylanish, hazm qilish organlarining ishini. 9.
Baliqlarning sezgi organlari nimaga imkon beradi?
Atrof – muhitni yaxshi bilib olishga. 10.
Baliqlarning sezgi organlari orasida qaysi biri katta
ahamiyatga ega?
Ko’zlari. 11.
Baliqlarning ko’zlari nimasiz va qayerda joylashgan?
Qovoqsiz, boshining ikki yonida. 12.
Baliqlar qancha masofadan ko’radi va nimalarni farq
qila oladi?
Yaqin masofadan ko’radi va narsalarning shakli va rangini farq qila oladi. 13.
Baliqlar ko’zlarining oldida joylashgan ikkita burun
teshigi qayerga ochiladi?
Hid sezuvchi hujayralarga ega bo’lgan xaltachalarga. 14.
Baliqlarning eshitish organlari nimalardan iborat?
Miya qutisining ikki yonida joylashgan, suyaklar bilan qoplangan ichki quloqdan. 15.
Tajribalarda baliqlarning qay darajada eshitishi
aniqlangan?