Jabra ravoqlari (yoylari)dan. 8.
Baliq jabralarining har bir ravog’ida nimalar
joylashgan?
Keyingi tomonida och qizg’ish tusli varaqlari, oldingi tomonida jabra qilchalari joylashgan. 9.
Jabra qilchalarining vazifasi nima?
Suv bilan oqib keladigan oziqning tashqariga chiqib ketishiga yo’l qo’ymaydi. 10.
Jabra varaqlari nimalar bilan qoplangan?
Kapillyar qon tomirlar bilan. 11.
Jabralarda nafas olish qanday sodir bo’ladi?
Jabralardan o’tayotgan suvdan O 2 jabra varaqlari kapillyarlaridagi qonga shimiladi; CO 2 esa qondan suvga ajraladi. 12.
Qanday hollarda baliqlar ko’plab nobud bo’ladi?
Qahraton qishda muz tagiga O 2 o’tmasligi yoki issiq yozda iliq suvda kislorod kam erishi tufayli. 13.
Zog’ora baliqning qon aylanish sistemasi nimalardan
iborat?
Yurak, qorin va orqa aortalari, arteriya, vena va kapillyar qon tomirlardan. 14.
Zog’ora baliqning yuragi necha kameradan iborat?
Ikki kameradan: yurak qorinchasi va bo’lmasi. 15.
Qanday tomirlar arteriya, qanday tomirlar vena deb
ataladi?
Yurakdan chiqadigan – arteriya, yurakka keladigan – vena d-d. 16.
Zog’ora baliqning yuragi qayerda joylashgan?
Jabralardan orqaroqda. 17.
Nima tufayli qon tomirlar bo’ylab harakatlanadi?
Yurak kameralarining galma – galdan qisqarishi tufayli. 18.
Zog’ora baliq qonining harakat yo’nalishini tartib bilan
ayting?