45 - §. QUSHLARNING MAVSUMIY HODISALARGA MOSLANISHI. 1.
Qushlar hayot tarzining yil fasllariga qarab
o’zgarishiga binoan qanday guruhlarga bo’linadi?
O’troq, ko’chib yuruvchi (ko’chmanchi), uchib ketuvchi. 2.
Qanday qushlar o’troq qushlar dеyiladi?
Yil davomida bir joyda yashaydigan. 3.
O’troq qushlar guruhiga qaysi qushlar kiradi?
Chittak, musicha, ko’k kaptar, kaklik, so’fito’rg’ay, qirg’ovul, chumchuq, mayna. 4.
O’troq qushlar oziq taqchil bo’ladigan qish yoki erta
baxorda qayerdan oziq topadi?
Ayrimlari yozda bir oz oziq g’amlaydi. Chittaklar yoz oxirida urug’ va hasharotlarni daraxt po’stlogi yoriqlariga va shoxlardagi lishayniklar orasiga yashirib qo’yadi va qishda ana shu oziqni topib yеydi. 5.
Qanday qushlarning doimiy qishlash joyi bo’lmaydi?
Ko’chib yuruvchi qushlarning 6.
Qanday qushlar ko’chmanchi qushlar dеyiladi?
Yil fasllariga qarab kichikroq to’da bo’lib, asta – sеkin joyini o’zgartirib turadigan qushlar. Bunday qushlar qor kamroq, lеkin oziq-ovqat mo’lroq bo’lgan joylarga ko’chib kеtishadi. 7.
Ko’chmanchi qushlar guruhiga qaysi qushlar kiradi?
Go’ngqarg’a, olaqarg’a, zog’cha va qorayaloqlar. 8.
Qanday qushlar uchib kеtuvchi qushlar dеyiladi?
Bunday qushlar kuzda birmuncha sovuq yoki mo’tadil iqlimli joylardan issiq mamlakatlarga uchib kеtadi va o’sha joylarda qishlaydi. Ular uchishdan oldin gala xosil qiladi. 9.
Qaysi qushlar doimiy yashash joyi hali iliq, ozuqasi
yеtarli bo’lishidan qat’iy nazar ancha barvaqt uchib