dalalarga tarqatish. Ekin maydonlariga Hasharotxo’r hayvonlarni jalb etish. 18.
Zararkunandalarga qarshi biologik kurashning ikkinchi
usulli qanday tadbirlarni qo’llash orqali amalga
oshiriladi?
Zaharli kimyoviy moddalarni qo’llashni cheklash, almashlab ekishni joriy etish va foydali hayvonlarni himoya qilish orqali. 19.
Bo’g’imoyoqlilarning qadimgi ajdodlari qaysi hayvon?
Tuban tuzilgan halqali chuvalchanglar. 20.
Halqali chuvalchanglar bilan bo’g’imoyoqlilarning
o’rtasidagi oraliq hayvon qaysi?
Trilobitlar 21.
Trilobitlarning tuzilishi qanday bo’lgan?
Ko’p to’qli halqali chuvalchanglarninikiga o’xshash bo’lib, har bir tana bo’g’imida bir juftdan oyog’i rivojlangan. 22.
Trilobitlar qaysi hayvonlardan kеlib chiqqan?
Qadimgi ko’p to’qli halqali chuvalchanglardan. 23.
Trilobitlarning kеlib chiqishi va ulardan
bo’g’imoyoqlilarning rivojlanishi qanday amalga
oshgan?
Tarixiy rivojlanish jarayonida halqali chuvalchanglarning suzgich o’simtalari oyoqlarga aylangan, tеrisi qalinlashib xitin qoplag’ichni hosil qilgan va trilobitsimonlar rivojlangan, ulardan qisqichbaqasimonlar va o’rgimchaksimonlar kеlib chiqqan. Qisqichbaqasimonlardan hasharotlar kelib chiqqan. 24.
Bo’g’imoyoqlilarning qancha turi ma’lum?
1.5 mln ga yaqin. VIII BOB. XORDALILAR TIPI 28-§. LANSETNIK – TUBAN TUZILGAN XORDALI HAYVON 1.
Xordalilar tipi qanday kеnja tiplarga ajratiladi?