11. Tejam oziq va energiya manbayi funksiyasi.
Bir qator oqsillar, masalan, tuxum oqsili kazein tuxum oqidagi albumin, qondagi ferritin, sutdagi kazein bug‘doy donidagi gliadin, makkajo‘xoridagi zein ehtiyoj uchun tejalgan oqsillar bo‘lib, ular tuxumda jo‘janing o‘sishida, bolaning ovqatlanishida, maysalarning o‘sib chiqishida sarf bo‘ladi. Bu oqsillarning tejam oziq va energiya manbayi sifatidagi funksiyasidir.
Oqsillar klassifikatsiyasi.
Oqsillar asosan aminokislotalar soniga ko‘ra, tarkibi va strukturasi bo‘yicha klassifikatsiyalanadi.
I. Aminokislotalar soniga ko‘ra:
1. Oligopeptidlar (2 tadan 10 tagacha aminokislotadan iborat).
2. Polipeptidlar (10 tadan ko‘p aminokislotalardan iborat).
asosan polipeptidlar 10 tadan 50 tagacha aminokislotalardan iborat bo‘ladi – gormonlar.
Oqsillar (proteinlar) – 50 ta aminokislotadan bir qancha milliongacha bo‘lishi mumkin.
II. Tarkibi bo‘yicha:
1. Oddiy oqsillar (proteinlar) faqat aminokislota qoldiqlaridan iborat. Gistonlar nukleoproteinlar tarkibiga kiradi, genom aktivlik metabolizmini boshqarilishida muhum rol o‘ynaydi.
Suvda yoki boshqa eritmalarda erish xususiyatiga qarab bir-biridan farq qiladi:
Albuminlar-- Toza distillangan suvda eriydigan oqsillar. Tuxum oqsili, bug'doy va no'xat oqsillari
misol bo'ladi.
Globulinlar-- Osh tuzining kuchsiz eritmasida eriydigan oqsillar Qon tarkibidagi oqsillar va ko'pchilik o'simlik oqsillari kiradi.
Tirik organizmlarning hujayralarida yana spirtlarda, kuchsiz ishqoriy eritmalarda eriydigan oddiy oqsillar ham mavjud. Albumin va globulinlar hayvon oqsillari bo‘lib, sut, tuxum, muskullarda uchraydi.
2. Murakkab oqsillar (proteidlar) tarkibida aminokislotalardan tashqari qo‘shimcha moddalar tutadi. Murakkab oqsillar tarkibida aminokislotalardan tashqari, oddiy metall atomi yoki boshqa oqsil bo'lmagan murakkab moddalar ham uchraydi.
Xromoproteidlar--- (gemoglobin, sitoxrom)
Nukleoproteid – yadrodagi nuklein kislotagabirikkan oqsillar (xromatin).
Lipoprotein – oqsil va lipidlardan iborat (plazmatik membranadagi).
Fosfoproteidlar – oqsil va fosfatlardan iborat (sutda, tuxum sarig‘ida, baliq ikrasida ko‘p bo‘ladi). Glikoproteidlar – oqsil uglevodlar birikmasi (hujayra membranasi komponenti). Metalloproteidlar – oqsil va metallar birikmasi (fermentlar).
Dostları ilə paylaş: |