Abstrakt sinf- bu sodda qilib aytganda cheklangan sinf. Ya'ni undan obyekt olish taqiqlangan. Unga kirish uchun, undan voris sinf olish lozim.
Abstrakt metod - bu tanasi mavjud bo'lmagan, hamda faqatgina abstrakt sinfda ishlovchi metod hisoblanadi. Uni tanasi esa, voris sinfda taqdim etiladi.
Abstraktsiya - bu umumiy tushunchadir, uni real dunyoda ham, OOP ga asoslangan dasturlash tillarida ham topishingiz mumkin. Haqiqiy dunyodagi har qanday narsalar, masalan, aytib o'tilgan bankomat aparati yoki hozirgi dasturiy ta'minot loyihangizdagi sinflar va ichki qismni berkituvchi omillar abstraktsiyani ta'minlaydi.
Ushbu abstraktsiyalar, murakkablikni kichikroq qismlarga ajratish orqali ishni ancha osonlashtiradi. Eng asosiysi, siz ularni qanday qilib funksionallikni ta'minlayotganini tushunmasdan turib, foydalanishingiz mumkin bo'ladi.
Abstract class - bu imkoniyati cheklangan class hisoblanib, undan obyekt olib bo'lmaydi va ichida hech qanday implementation bo'lmaydi. Undan foydanalish uchun undan voris olish lozim bo'ladi. Abstract method - faqatgina abstract class ichida ishlaydi lekin uning tanasi bo'lmaydi.
Abstract method ichida static yoki virtual modifierlarini ishlatish xato hisoblanadi. Chunki uningsiz ham abstractdan voris olinganda tabiiy ravishda override qilinishi kerak.
Interfacelar tarkibi faqatgina declarationdan iborat bo'lganligi sababli ular implement qilinadi.
Interfacelar ko'pincha contract deb ham nomlanadi.