Abu abdulloh al-xorazmiyning hayoti va ilmiy faoliyati



Yüklə 193,5 Kb.
səhifə10/10
tarix17.05.2023
ölçüsü193,5 Kb.
#115638
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Abu abdulloh al-xorazmiyning hayoti va ilmiy faoliyati

ANʼANAVIY “ARAB” ILMLARI.
Shu ilmlardan biri, fiqhda muallif islom qonunshunosligining asosi boʻlgan va islom huquki posbonining doimiy dasturi Qurʼon, paygʻambar soʻzlari, hikmatli gaplari va hayotlarini aks ettiruvchi Sunnat, Hadis va uning xillari; Ijmoʼ – islom jamoasining yakdillik bilan tan olgan qarori; shariat qonun-qoidalariga amal qilishni, yaʼni ta-horat qilish, namoz oʻqish, azon aytish, roʻza tutish, zakot toʻlash ustida toʻxtab oʻtadi.
Ikkinchi boʻlim kalomda oʻsha davrda Yaqin va Oʻrta Sharqda mavjud boʻlgan koʻpgina mazhablar haqida maʼlumotlar berilgan. Xususan bu mazhablarning yettiga boʻlib bayon etilishi, ayniqsa, muʼtaziliylar haqidagi mukammal tafsilotlar muhim ahamiyatga egadir. Shu bilan birga grek-xristian mazhablari, islomgacha boʻlgan davrdagi Eron va Yamandagi diniy eʼtiqodlar, Hindistonda tarqalgan baʼzi dualistik mazhablar va oqimlar hamda zardushtiylik bayon etiladi. Bu maʼlumotlar Yaqin va Oʻrta Sharq hamda Markaziy Osiyodagi xalqlarning dinlari tarixini oʻrganishda gʻoyat katta ahamiyatga egadir.
Arab adabiy tili grammatikasi, uning qonun-qoidalari grammatika boʻlimida bayon etilgan. Ayni paytda muallif arab sheʼriyati va uning tarkibiy qismlaridan boʻlgan aruz ustida ham mufassal toʻxtalib oʻtgan.
Ish yurgizish boʻlimi davlat devoni, soliq turlari va olinishi, soliq yigʻuvchilarning vazifalari, askarlar roʻyxati, ularning kiyim-kechagi va toʻlanadigan maoshlari, irrigatsiya shahobchalarida foydalaniladigan atamalar, kanal xillari, suv uskunalari, ikki daryo (Sirdaryo va Amudaryo. – R. B.) oraligʻidagi sugʻorish tizimlari haqidagi maʼlumotlarni yoritib berishi bilan muhimdir.
Asarning tarix boʻlimida afsonaviy podshohlardan boshlab, tartib bilan turli davr va mamlakatlar maliklari, Umaviylar va Abbosiylar xalifaligi, islomgacha boʻlgan davrdagi Yaman tarixi, Rum va Yunon tarixi haqida mufassal maʼlumotlar keltirilgan. Oʻrta asrlarda odamlar jamoasini tabaqalarga boʻlinishi ham shu boʻlimda zikr etiladi.
ANʼNAVIY BOʻLMAGAN – “ARAB BOʻLMAGAN” ILMLAR.
Bu ilmlar qatorida birinchi boʻlib falsafa qayd etilib, unda ushbu ilm atamalarining sharhi bilan bir qatorda ilmlar tasnifi masalasi yoritilgan.
Arastuning mantiqqa oid kitoblari sharhi Xorazmiy asarining mantiq boʻlimida oʻz aksini topadi. Unda muallif Yaqin va Oʻrta Sharq hamda Markaziy Osiyodagi ushbu ilm haqidagi maʼlumotlar, oldinga surilgan ajoyib goyalardan foydalanib, ularni yanada boyitdi.
Asarning tabiiy ilmlarga oid boʻlimlari oʻrta asr Sharqida ilmiy yuksalish darajasini oʻrganish nuqgai nazaridan nihoyatda maʼlumotlarga boydir. Tibga oid boʻlimda kasalliklar, sodda va murakkab dorilar haqidagi maʼlumotlar keltirilgan. Ushbu boʻlimda oʻsha davr tabobatida maʼlum boʻlgan va keng tarqalgan mijoz hamda qon tomiri urushiga qarab kasallikni aniqlash toʻgʻrisidagi nodir tavsiflar berilgan.
Kimyo boʻlimida ham Xorazmiy oʻrta asr Sharqidagi kimyoviy bilimlar haqida nihoyatda qimmatli maʼlumotlarni keltiradiki, ular Sharqda tabiiy fanlar rivojini oʻrganishda muhim ahamiyatga egadir.
Riyoziyot boʻlimida oʻrta asr Sharqidagi matematik ilmlar holati bayon etiladi. Al-Xorazmiy matematik tushunchani aqlning ixtiyoriy ijodi emas, balki obyektiv olamning maʼlum tomonlari, predmetlar munosabatlarining inʼikosi deb talqin etadi.
Masalan, muallif Forobiy gʻoyalarini davom ettirib, arifmetikani ikkiga: nazariy va amaliyga ajratadi. U kub sonlar bilan bir qatorda shakliy sonlarni koʻrib chiqish bilan nazariy arifmetikaning baʼzi bir tomonlarini boyitdi. Handasa ham nazariy va amaliy qismlarga boʻlinadi, bu esa oʻsha davrda uning boshqa riyoziyot ilmlari kabi yuqori darajada rivojlanganligidan dalolat beradi. Astronomiya boʻlimida uning vazifasi bilan birga tarixiga oid masalalar ham qoʻrib oʻtiladi.
Xorazmiy oʻz tasnifida musiqani riyoziyot ilmlariga qoʻshadi va unda musiqaviy asboblar, tovushlarning oʻzaro mutanosibligi, tartibi, sozlar tavsiflanadi va oxirida ritm haqidagi taʼlimot koʻrib chiqiladi.
Mexanika boʻlimida, ogʻir yuklarni va dalalarni sugʻorish maqsadida ishlatiladigan qurilmalar, yaʼni sodda mashinalar, ularning tuzilishi va vazifalari ustida toʻxtab oʻtiladi. Xorazmiy dunyoviy ilmlar ustida toʻxtaganda ularning amaliy ahamiyatini ochib berishga harakat qiladi.
Umuman, asarda Abu Abdulloh al-Xorazmiy oʻz davri tabiiy va riyoziyot ilmlarini yaxshi bilganligi, ularni nazariy falsafaga kiritish bilan bir tomondan, ularning ahamiyatini oshirish va taʼkidlash, ikkinchi tomondan, falsafani boyitishga intilganligi oʻz ifodasini topgan. Al-Xorazmiyning “Mafotih al-ulum” asari oʻrta asr madaniyati va maʼnaviyatini oʻrganishda muhim ahamiyatga egadir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
“Maʼnaviyat yulduzlari” (Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, Toshkent, 1999) kitobidan olindi.


Yüklə 193,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin