Talabalarning bilim, ko'nikma va malakalariga qo'yiladigan talablar Stomatologiya fanining " Paradont kasalliklariga ortopedik yondoshuv" fanini o'rganish talabalarda quyidagi kasbiy kompetensiyalarni shakllantirishga qaratilgan.
Diagnostika faoliyatida
PK-5kasallik bor yoki yo’qligi faktini isbotlash maqsadida yoki tish kasalligi mavjudligi yoki yo'qligini aniqlash uchun bemorning shikoyatlarini, uning anamnezidagi ma'lumotlarni, tekshiruv natijalarini, laboratoriya, instrumental, patologik-anatomik va boshqa tadqiqotlarni to'plash va tahlil qilishga tayyorligi. Bilish kerak:
- normal holatdagi paradont to’qimasining holatini nazariy asoslari;
- parodontal kasalliklar, okklyuziya patologiyalar bilan og'rigan bemorlarni tekshirish usullari, diagnostikasi.
- estetik, fonetik va funktsional buzilishlarni, somatik patologiya fonida kasallikning individual xususiyatlarini, og'iz bo'shlig'i shilliq qavatining surunkali kasalliklarini, protezlarga toqat qilmaslik hodisalarini hisobga olgan holda shu jumladan turli yoshdagi bemorlarda tish implantatsiyasi usullaridan foydalangan holda asosiy stomatologik kasalliklar diagnostikasi tamoyillari.
Qila olish:
- Bemorning tekshuruvi;
- Paradont to’qimasi funksional patologiyasi, okklyuziya patologiyasi bo'lgan bemorlarni tekshirishning asosiy va qo'shimcha usullari natijalarini tahlil qilish;
- tashxis qo'yish.
Bajara olish:
Paradont to’qimasi mushaklarining funksional patologiyasi, okklyuziya patologiyasi bo'lgan bemorlarni klinik stomatologik tekshirish usullari;
- Paradont to’qimasi mushaklari funktsional patologiyasi, okklyuzion patologiyasi bo'lgan bemorlarni stomatologik tekshirishning asosiy va qo'shimcha usullari natijalarini sharhlash.
Tibbiy faoliyatda
PK-8 turli tish kasalliklari bilan og'rigan bemorlarni boshqarish taktikasini aniqlash qobiliyati
Bilish:
- Paradont to’qimasi funksional patologiyasi, okklyuziya patologiyasi bo'lgan bemorlarni ortopedik davolash;
- Paradont to’qimasi funksional patologiyasi, okklyuziya patologiyasi bo'lgan bemorlarni davolashda shifokor etikasi va deontologiyasi.
Qila olish:
- Paradont to’qimasi funksional patologiyasi, okklyuziya patologiyasi bo'lgan bemorlarni kompleks davolashning ortopedik bosqichini rejalashtirish;
- tibbiy hujjatlarni rasmiylashtirish.
Bajara olish:
- Paradont to’qimasi funksional patologiyasi, okklyuziya patologiyasi bo'lgan bemorlarni ortopedik stomatologik tadbirlarni o'tkazish usullari;
- ortopredik stomatologik davo olgan bemorlarni dispanser va dinamik kuzatuv o'tkazish usullari;
- kerakli tibbiy hujjatlarni rasmiylashtirish.