Abu ali ibn sino nomidagi buxoro davlat tibbiyot instituti ortopedik stomatologiya va ortodontiya kafedrasi


O‘quv- uslubiy bo‘limi uslubchisi: R.H.Adilova



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə2/80
tarix21.12.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#187589
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80
Paradont majmua

O‘quv- uslubiy bo‘limi uslubchisi: R.H.Adilova




Fan dasturi O‘zbekiston Respublikasi Davlat ta’lim standarti va stomatologiyaga qo‘yiladigan malaka talablari asosida tuzilgan. Ushbu dastur asosidagi zamonaviy pedagogik texnologiyalarni o‘quv jarayonida qo‘llash talabani fantomlarda elementar amaliy ko‘nikmalarni bajarishga o‘rgatish va olingan ko‘nikmalarni zamonaviy tibbiy texnologiyalar orqali klinik amaliyot bilan uyg‘unlashtirish orqali olingan nazariy bilimlarni qo‘llash imkonini beradi.
Dasturning maqsad va vazifalarini hal qilish yakuniga ko'ra, talaba yetuk, raqobatbardosh, mustaqil klinik fikrlash, gorizontal va vertikal integratsiya jarayonida olingan bilim va amaliy ko'nikmalarning klinik kombinatsiyasiga qodir umumiy stomatologga aylanadi.
Dastur estetik asoslarni, klinik fikrlash uchun poydevor qo'yadi, bo’lajak umumiy stomatologda kasallikning asoslanishi va uning belgilariga asoslangan holda amaliyotga tadbiq etadi.
Ushbu o'quv dasturi fundamental va klinik fanlar bilan chambarchas bog'liq holda o'rganiladi va talabalarga ambulatoriyaga qabul qilish uchun yetarli bo'lgan asosiy ko'nikmalarga ega bo'lish imkonini beradi.
I. Fanning maqsad va vazifalari
Mashg’ulotning maqsadlari: Paradont to’qimasi, uning asosiy maqsad va vazifalari bilan tanishish, fanlararo aloqadorlik tushunchasida fanning stomatologiyaning boshqa bo‘limlari bilan aloqasini o‘rganish, uning stomatologik kasalliklar diagnostikasi, davolash va oldini olishda, birinchi navbatda stomatologik bemorlarni terapevtik va ortopedik reabilitatsiya qilish.
Tish-jag’ sistemasining morfofunksional elementlarini, ularning o'zaro bog'liqligini, chaynash apparati biomexanikasini o'rganish.
Fanning vazifalari sifatida:
• Umumiy va xususiy gnatologiya asosida klinik fikrlash haqidagi bilimlarni shakllantirish;
• Paradont to’qimasi kasalliklari bilan og'rigan bemorlarni davolash bosqichlari haqida bilimlarni shakllantirish;
• Tish va tishlar atrofi to’qimalari kasalliklari bo‘lgan bemorlarga tashxis qo‘yish, kasallikning prognozini aniqlash, ortopedik stomatologik davolash rejasini tuzish qobiliyatini shakllantirish;
• Paradont to’qimasi kasalliklarini tekshirish va tashxisni mantiqiy asoslash malakalarini shakllantirish;
• Bo'lajak mutaxassisning kasbiy faoliyati uchun zarur bo'lgan tish qatorlari okklyuziyasi patologiyasi bilan og'rigan bemorlarni ortopedik ko'rikdan o'tkazishda manual ko'nikmalarini shakllantirish;
• Tibbiy etika va deontologiya tamoyillariga rioya qilgan holda bemorlar va hamkasblar bilan muloqot qilish ko'nikmalarini shakllantirish.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin