Abu Ali inb Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutining



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə2/2
tarix28.03.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#90847
1   2
Такдимот Каршиева

Tadqiqot maqsadi Tamaki chekuvchilarda og'iz bo'shlig'i shilliq qavati holatini, morfogenez xususiyatlari va tish kasalliklari klinikasini har tomonlama klinik-morfologik o'rganish va ularni tashxislashning yangi yo'nalishlarini ishlab chiqish. Tadqiqot ob`ekti: Respublika narkologiya markazi Buxoro viloyati filialidagi davolanayotgan 160 nafar bemorlar


Tadqiqot predmeti: og`iz suyuqligi, qon zardobi, og`iz bo`shlig`i shilliq qavatidan surtma, kasallikning darajasini o`rganish uchun rasmiy tibbiy hujjatlar.
 
Tadqiqot usullari: Stomatologik, mikrobiologik, morfologik, statistik usullardan foydalanildi.
Tadqiqotning vazifalari:
Tamaki chekuvchilarda og`iz bo`shlig`i kasalliklarining tarqalishini aniqlash. Tamaki chekuvchilarda og'iz bo'shlig'i shilliq qavati va so`lak bezi kasalliklarining klinik kechish xususiyatlarini chekish davomiyligiga qarab baholash.
Tamaki chekuvchilarda og'iz suyuqligining pH darajasiga va chekuvchi bemorlarda so'lak ajralish tezligiga ta'sirini o'rganish.
  • Tamaki chekuvchilarda og`iz bo`shlig`i shilliq qavati va so`lak bezi zararlanishlarining morfologik xususiyatlarini aniqlash.
  • Tadqiqotimiz ma`lumotlari natijalariga asoslanib, leykoplakiyaning etiopatogenetik tasnifini ishlab chiqish va ozonaterapiya davo-profilaktik algoritmini takomillashtrish.
  • Tadqiqotning ilmiy yangiligi
  • Tamaki chekuvchilarda og`iz bo`shlig`i shilliq qavati va so`lak bezi kasalliklarini rivojlanishida rlinik, funktsional, gistologik va gistokimyoviy tadqiqot usullaridan foydalangan holda kompleks yondashuv.

Chekish muddatiga qarab chekuvchi bemorlarda og`iz bo`shlig`i shilliq qavati va so`lak bezi kasalliklarining tarqalishi, tuzilishi va klinik xususiyatlari aniqlash. Tadqiqot davomida chekuvchi bemorlar og'iz bo'shlig'idagi kislota-ishqor muvozanati holatiga ta'sirini aniqlash. Bemorlar og'iz suyuqligida chekishdan oldin va undan keyin ishqoriy tomonga pH qiymatining siljishini o`rganish. Tamaki chekuvchilar so`lagining ko'payishini, shuningdek chekishdan keyin uning sezilarli tezlashishini ko'rsatish.


Ko`p yillik chekuvchi bemorlarda so`lak bezi sekretsiyasi tezligi chekmaydiganlarga nisbatan sezilarli darajada kamayishi aniqlandi. Uzoq muddatli chekish so`lak bezi funktsional faolligining pasayishiga olib keladi, bu birinchi navbatda progressiv surunkali atrofik sialoadenitga olib kelinishini o`rganish.


  • Leykoplakiyaning rivojlanish xususiyatlari, patogenezi, morfologiyasi, o'sish shakli, shikastlanishlar soni va uning turli xil variantlari kombinatsiyasini hisobga olgan holda etiopatogenetik tasnifi taklif etiladi. Tamaki chekuvchilarda leykoplakiyaning rivojlanishni ananaviy davolashga qaraganda ozonaterapiya bilan davolashning afzalliklarini baholash.
  • Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati:

  • -Tamaki chekuvchilarda og`iz bo`shlig`i shilliq qavati va so`lak bezi kasalliklarining yuqori tarqalishi, klinik kechish xususiyatlari va morfologiyasi bo'yicha tadqiqot jarayonida olingan ma'lumotlar ushbu toifadagi bemorlarning kasalliklarini tashxislash, oldini olish va davolashni hisobga olish.

  • -Chekuvchi bemorlarda kasalliklarga tashxis qo'yish uchun funktsional (og'iz suyuqligining pH-metriyasi, og'iz bo'shlig'ining fotopletismografiyasi, so'lak ajralish tezligini va so`lak bezining klinik va funktsional parametrlarini aniqlash) va morfologik tekshirish usullaridan foydalanish taklif etish.
  • -Tamaki chekuvchilarda progressiv surunkali atrofik sialoadenitning rivojlanish bosqichlari bo'yicha olingan ma'lumotlarni klinik amaliyotda qo'llash kasallikning dinamikasini erta tashxislash va prognoz qilish, uni davolash.
  • -Tamaki chekuvchilarda og`iz bo`shlig`i shilliq qavati va so`lak bezi kasalliklarining tarqalishi va intensivligi to'g'risidagi ma'lumotlardan ularning stomatologik yordamga bo'lgan ehtiyojini va uning xarakterini aniqlash va ushbu toifadagi bemorlarga stomatologik yordam ko'rsatishning tashkiliy asoslarini ishlab chiqish uchun foydalanish.

-

Buxoro viloyatidagi nazoratda turgan chekuvchi bemorlarda og'iz bo'shlig'i shilliq qavati va og`iz suyuqligida o'rganilgan xarakterli o'zgarishlar profilaktik tekshiruvlar, tibbiy ko'riklar va chekishni tashlash bo'yicha individual “Biz chekishga qarshimiz” shiori ostida suhbatlar olib borishni takomillashtirish.


ЭЪТИБОРИНГИЗ УЧУН РАҲМАТ!

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin