Abu Nasr Forobiy falsafasi Reja : Abu Nasr Forobiy falsafasi


Bilish bosqichlari o‘rtasidagi farqlar



Yüklə 43,04 Kb.
səhifə2/2
tarix04.05.2023
ölçüsü43,04 Kb.
#107418
1   2
abu nasr forobij falsafasi

Bilish bosqichlari o‘rtasidagi farqlar
Bilish bosqichlari o‘rtasidagi farqlarni tushunish Forobiyga bilish yo‘llari to‘g‘risida mulohaza yuritish imkonini beradi. Bilishning fiziklar foydalanuvchi birinchi yo‘li sezishdan boshlanishi lozim, chunki tana sezgiga yaqinroqdir. Bu hol sezgilar muayyan narsalarni aks ettirishi bilan izohlanadi. Narsalar sezgi organlarida aks etgach, jismni va uning yuzasi, chiziqlari va nuqtalarini mavxum o‘rganishga o‘tishi lozim. Matematiklar jismning u yoki bu jihatlarini teranroq bilish uchun foydalanuvchi bilishning ikkinchi yo‘li mavhumlashtirishdan boshlanishi darkor. Bilishni mavxum nuqtadan boshlagan aql muayyan jism bo‘ylab harakatlana boshlaydi, mavxum chiziq, yuza, jismni anglaydi va so‘ngra muayyan jismni tushunib yetadi.
Ilmiy bilim va falsafiy tafakkurning rivojlanishi bilish yo‘llariga boshqacha nazar tashlash imkonini beradi, biroq Forobiy ilgari surgan g‘oya Gegel falsafasida o‘zining yanada barkamolroq ifodasini topadi. «Vazifa bilishdan iborat bo‘lgani tufayli, kuzatish bilan taqqoslash haqidagi masala undan voz kechish ma’nosida yechilgandir. Endilikda masala faqat bilish doirasida nima birinchi bo‘lishi va undan keyin nimalar anglab yetilishi lozimligi haqida bo‘lishi mumkin. Endi tabiatga muvofiq yo‘l emas, balki bilishga muvofiq yo‘l talab etiladi. Bilish fikrning muayyan mazmunidan ko‘ra mavxum mazmunini anglab yetishi osonroqdir». Binobarin, bilish masalasi borliqning qaysi jihati biluvchi subyektning obyekti hisoblanishidan kelib chiqib hal qilinadi.
Forobiy g‘oyalari nafaqat Sharq fanining, balki G‘arb ijtimoiy-falsafiy tafakkurining rivojida ham muhim rol o‘ynadi.


Oqilona bilish

Xissiy bilish

Forobiy bilish shakli haqida



Forobiyning aql tartibi



Matematika

Tabiatshunoslik



Yüklə 43,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin