Forobiyning “Fozil odamlar shahri” asaridagi ijtimoiy qarashlar
Birinchi mavjud boshqa barcha mavjudod borligining birinchi sababidir.Bo’lishi
mumkin bo’lgan turli tuman kamchiliklarning barchasidan ozod-pokdir.Undan
boshqa barcha mavjud narsa nuqsonlik bo’lishi holatidan holi emas. (Nuqson) bir
bo’lishi mumkin va yoki birdan ko’p bolishligi mumkin.
Ammo avvaliga kelsak, u barcha nuqsonlardan holidir. Uning borligi barcha
(borliq)dan afzal va boshqa borliqlar oldin kelur, uning borligidan yana ustun
bo’lga va undan oldin keladigan boshqa borliqning bo’lishi ham mumkin emas.
Demak, u borliq ustunligi (fazilati) borasida eng yuksak darajadadur, borliq
mukammalligi nuqtai nazaridan qarasak, u yuqori martabadadur.
Bunday shahar hokimi bo’ladigan odam (Allohdan boshqa) hech kimga
bo’ysunmasligi kerak. Fozillar shahrining birinchi boshlig’i shu shahar aholisiga
imomlik qiluvchi oqil kishi bo’lib, u tabiatan o’n ikkita hislat – fazilatni o’zida
birlashtirgan bo’lishi zarur. Fozillar shahri hokiimi avvalo to’rt muchchali sog’-
solim bo’lib, o’ziga yuklangan vazifalarni bajarilishida biror a’zosidagi nuqson
halal bermasligi lozim, aksincha, u sog’ salomatligi tufayli bu vazifalarni oson
bajarishi lozim. (Ikkinchidan), bunday shahar hokimi tabiatni nozik farosatli
bo’lib, suhbatdoshini so’zlarini, fikrlarini tez tushunib, tez ilg’ab olishi lozim, shu
sohada
umumiy
ahvol
qandayligini
ravshan
tasavvur
qila
olishi
zarur.(Uchinchidan), u anglagan, ko’rgan, eshtgan, idrok etgan narsalarni
xotirasida to’la-to’kis saqlab qolishi, barcha tavsilotlarni unutmasligi lozim.
(To’rtinchidan), u zehni o’tkir, zukko bo’lib har qanday narsaning bilinar –
bilinmas alomatlarini va u alomatlari nimani anglatishini tez bilib, sezib olishi
zarur. (Beshinchi), u fikrini ravon tushuntira olish maqsadida, chiroyli so’zlar bilan
ifodalay olishi zarur. (Oltinchi), u (ustozlardan) ta’lim olishga, bilim, ma’rifatga
havasli bo’lishi , o’qish, o’rganish jarayonida sira charchamaydigan, buning
mashaqqatidan qochmaydigan bo’lishi kerak. (Yettinchi), taom yeyishda,
ichimlikda, ayollarga yaqinlik qilishda ochofat emas, aksincha o’zini tiya oladigan
bo’lishi, (qimor yoki boshqa) o’yinlardan zavq, huzur olishdan uzoq bo’lishi
zarur.(Sakkizinchi). U haq va haqiqatni, odil va haqgo’y odamlarni sevadigan,
yolg’onni va yolg’onchilarni yomon ko’radigan bo’lishi zarur. (To’qqizinchi), u
o’z qadrini biluvchi va nomus oriyatli odam bo’lishi, pastkashlardan yuqori
turuvchi, tug’ma oliy himmatli bo’lishi, ulug’, oliy ishlarga intilishi zarur.
(O’ninchi), bu dunyo mollariga, dinor va dirhamalarga qiziqmaydigan (mol-dunyo
ketidan quvimaydigan) bo’lishi zarur. (O’n birinchi), tabiatan adolatparvar bo’lib,
odil odamlarni sevadigan, istebdod va jabr-zulumni, mustabid va zolimlarni yomon
ko’ruvchi, o’z odamlariga ham, begonalarga ham haqiqat qiluvchi, barchani
haqiqatga chaqiruvchi, nohaq jabrlanganlarga madad beruvchi, barchaga
yaxshilikni va o’zi suygan go’zallikni ravo ko’ruvchi bo’lishi zarur. O’z haq ish
oldida o’jarlik qilmay, odil ish tutgani holda har qanday haqsizlik va razolatlarga
murosasiz bo’lishi zarur. (O’n ikkinchi), o’zi zarur deb hisoblagan chora –
tadbirlarni amalga oshirishda qat’iyatli, sabotli, jur’atli, jasur bo’lishi, qo’rqoqlik
va hadiksirashlarga yo’l qo’ymasligi zarur.
Mana shu barcha xislatlarnihg bir odamda jamlanishi amri mahol, zero
bunday tug’ma fazilatlar sohibi bo’lgan odamlar juda kam uchraydi va ular nodir
insonlardir. Mobodo fozillar shahrida shunday barkamol insonlar topilibqolsa,
unda yuqoridagi fazilatlardan oltitiasi, yoki beshtasi kamol topganda ham, u aql va
zakovatda benazirligi tufayli fozillar shahriga rahbarlik qila oladi. Ba’zi
mahallarda fozillar shahrida bunday odamlar yoq bo’lib qolganda ham (vafot
etganda yhud boshqa joyga ketgan vaqitda – M.M.) ana shu imom (hokim) yohud
uning izdoshlari (agar mazkur imomdan so’ng birin – ketin shaharga boshliq
bo’lsalar) chiqargan qonun va tartiblariga amal qilinadi.
Avvalgi imom o’rniga kelgan keyingi rahbarda ham yuqorida aytilgan
hislatlar – fazilatlar yoshlidan shakillangan bo’lishi zarur. Ana shunda bu keyingi
imomda yana oltita fazilat hosil qilinishi zarur:
Birinchi – donishmandlik.
Ikkinchi – avvalgi imomlar o’rnatgan qonunlar va tartiblarni xotirada yaxshi
saqlab qolish va ularga amal qilishi uchun quvvai hofizaga ega bo’lishi.
Uchinchi – agar avvalgi imomlar davrida biror (yoki bir qancha) sohaga
taluqli qonun qolmagan bo’lsa, bunday qonuni o’ylab topishi uchun ijod, ixtiro
qilishi quvvatiga ega bo’lish.
To’rtinchi – hozirgi haqiqiy ahvolni tez payqab olishi va kelgusida yuz
beradigan, avvalgi imomlar ko’zda tutmagan voqealarni oldinda ko’ra bilishi
uchun bashoratgo’ylik hislatiga ega bo’lish. Bu hislat unga xalq farovonligini
yaxshilashda kerak bo’ladi.
Beshinchi – avvlgi imomlar o’rnatgan qonunlarga, shuningdek, avvalgilardan
ibrat olib, o’zi to’qib chiqargan qonunlarga xalq amal qilishi uchun qizg’in
so’zlash – notiqlik hislatiga ega bo’lishi.
Oltinchi – zarur hollarda harb ishlariga mohirlik bilan rahbarli qilish uchun
yetarli jismoniy quvvatga ega bo’lish; ham jang qilishni, ham sarkarda sifatida
jangu-jadalga rahbarlik qilish uchun harbiy san’atni yaxshi bilish.
Mobodo shu hislatlarning barchasini o’zida jamlagan bir odam topilmasa,
lekin ikki kishi birgalashib, shu hislatlarga ega bo’lishsa (ya’ni biri – donishmand,
ikkinchisi – qolgan hislatlar sohibi bo’lsa) shu ikkovini fozillar shahriga
rahbarlikka qo’yish zarur. Mobodo bir guruh odamlar birgalikda ana shu
hislatlarga ega bo’lishsa (ya’ni – birida bu , ikkinchisida u, uchinchisida boshqa
hislatlar bo’lsa) ana shu fozillar guruhini yurt rahbarligiga qo’yish zarur. Shu
guruh a’zolari birgalashib, o’zaro kelishib harakat qilishsa har biri fozil hokim
bo’lishi mumkin.Mobodo biror zamonda fozillar shaharda hokimlik qilayotgan bir
yoki bir necha kishida boshqa zarur hislatlar bo’lsyu, ammo, donishmandlik
bo’lmasa, fozillar shahri yaxshi hokimsiz qoladi, bunday shahar halokatga yuz
tutadi.
Fozillar shahrining ziddi bo’lgan shahar – johillar shahri, benomuslar shahri,
ayriboshlovchilar shahri, dashgan, zalolatdagi odamlar shahridir.Bu shaharlarning
vakillari – ayrim odamlar ham fozillarning ziddi bo’lgan odamlardir.
Johillar shahrining aholisi baht – saodatga intilmaydi, baxt - saodat
nimaligini bilmaydi ham. Chunki jaholatdagi odamlar hech qachon baxt topmagan
va baxt – saodatga ishonmaydilar. Faravonlikka kelsak, jaholatdagi odamlar
(haqiqiy obdlikni bilmasdan) ba’zilar nazarida baxtu – davla bo’lib ko’rinadigan
o‘tkinchi, yuzaki narsalarni, mol – dunyo jismoniy lazzatlarni, xirsu –
shaxvatni, obro’, amal, shon- shuhratni haqiqiy baxt, farovonlik deb o’ylaydilar.
Shu ne’matlardan har biri jaholatdagi odamlar nazarida hayotdan maqsad baht –
saodat bo’lib ko’rinadi.
Zotan, (moddiy va ruhiy) ne’matlarning hammasi birgalikda uyg’unlashgan
chog’dagina haqiqiy baxt-saodatga erishish mumkin. Bu ne’matlarning teskarisi –
tan kasalliklari, kambag’alchilik, zavq, lazzatlar va hurmat, obro’ning yo’qligi –
baxtsizlik bo’lib ko’rinadi).
Johillar shahrining bir qancha turlari bor. Shulardan biri zaruriy ehtiyojlar
shahridir. Bunday shahar aholisi faqat badan uchun zarur bo’lgan narsalar: oziq –
ovqat , ichimlik, kiyim – kechak, turar joy, jinsiy aloqa hamda shularga erishish
uchun bir – biriga yordam berish bilangina cheklangan odamlardir.
Ayriboshlovchilar shahrining aholisi – to’qchilik va mol –dunyoga
erishuvda bir –birlariga o’zaro yordam berishni hayotning asosiy maqsadi deb
biladilar.
Razolat (tubanlik) va badbaxtlik shahri – bunday shahar aholisi faqat yeyish,
ichishda, jinsiy aloqada, huzur-xalovatga erishishiga, hissiy lazzatlar, ishrat , kayf-
safoning barcha turlariga intiladilar.
Obro’parastlar shahari. Bunday shahar aholisi o’zaro bir – birlarini maqtashni
, ko;kka ko’tarishni yaxshi ko’radilar. Ularni o’zga xalqlar so’zda ham, ishda ham
ulug’lashlarni istaydilar.Bir –birlarining oldida yoki o’zgalar ko’ziga ulug’vor,
shon – shavkatli bo’lib ko’rinishni hohlaydilar. (Bututn dunyoni bosib olishga
intilgan Rumo(Rim) imperiyasi poytahti shunday shahar namunasidir – M. M. ).
Amalparastlar, hokimiyatparastlar shahri. Bunday shahar aholisi – barcha
xalqlar ularga bo’ysunishini , o’zlari hech kimga bo’ysunmaslikni xohlaydi.
Ularning fikru – zikri g’alabalar , futuxatlar nashidasini surishga qaratilgan.
Shahvatparastlar shahri. Bunday shahar aholisining har biri ehtiroslari
tizginini jilovlamay, istalgancha shahvat nafslarini, tuban maylarni qondirishga
intiladi.
Joholatdagi shaharning hokimi ham huddi shu shaharlar aholisi kabidur.Ular
o’zlari hukumronlik qilgan shaharlarda yuqorida sanab o’tilgan shaxsiy sitaklarini
tinimsiz qondirishga intiladilar.
Jahoatdagi shaharlar aholisining mashg’ulotlari ham yuqorida aytilgan
maqsadlarga xizmat qiladi.
Benomuslar shahrining odamlari fozillar shahri odamlariday baht - saodatni,
haq-taoloni, u yaratgan hilqatlarni, aqlni va boshqa narsalarni biladilar va ularga
ishonadilar, ammo ularga amal qilamay, yuqorida aytaganimiz jaholatdagi
shaharlarning aholisiga o’hshab yashaudilar.
Beqaror shahr. Bunday shahar aholisining nazariy qarashalari va amaliy
ishlari avvalroq fozillar shahri aholisining qarashlari va ishlariga ohshsh bo’lgan,
amo keyinchalik bu yurtga begona g’oyalar asta kiribolib, uning aholisi
qarashlarini butunlay o’zgartirib yuborgan.
Adashgan shahar aholisining fikricha, baxt –saodatga faqat o’lgandan keyin
erishish mumkin. Ammo, bu shahar xalqining Alloh – taolo azza va jalla haqida,
uning yaratgan hilqatlari va faola aqliga doir fikr-mulohazalari, tasavurlari shu
qadar chalkashib ketganki, bunday ta’savvurlar halol yashash uchun asos bo’la
olmaydi, bu (chalkash) tasavvurlar Alloh yaratgan hilqatlarning suvratlarini ham
aslini aks ettirmaydi.
Bunday shaharning birinchi boshlig’i o’zini ilohiy nur qilib ko’rsatadi, ammo
aslida bunday emas; u o’zining ilohiyligini isbotlsh uchun aldov, riyo, kibru – havo
bilan ish tutadi.
Bunday
shsharning
hokimlar
fozillar
shshari
hokimlarining
teskarisidir.Shaharning boshqarish usullari ham mutlaqo teskaridir.Bu fukr shu
shahar aholisiga ham taaluqlidir.
Baxtning turli darajalarining bir-biridan afzalligi uch xil alomatga qarab
belgilanadi. Biz quyida ko’rib chiqilayotgn hunar va san’atlarning bir-biridan
afzalligi ham xuddi shu alomatlarga qarab aniqlanadi.
Hunar va san’atalar qaysi tur va sohalarga taluqli ekanligiga ko’ra bir –
biridan afzal ko’rinadi. Masalan, bo’z to’qish, shoyi to’qish, attorlik, hovli
supurish, raqs san’ati, fiqh ilmi, tabiblik yoki so’z san’ati bir-biridan qanchalik
afzal bo’lsa bahtga erishuv dararjalari ham shunga o’xshashdir.
Bundan tashqari bir turdagi san’at, hunar sohiblari ham malaka (miqdori)
jihatidan farqlanishi mumkin.Masalan, bir xattot o’z hunarining ko’pgina sirlarini
bilishi, keng bilim egasi bo’lishi mumkin.Boshqa biri o’z hunari sirlarini kamroq
bilishi mumkin. Mazkur hunar (xattotlik[13])ni yaxshi egallash uchun xattot tilini,
so’z san’atini, husnixatni va hisob – kitob, riyoziyotni puhta bilishi zarur. Shu
hunar egalaridan biri masalan, husnixatni va rioziyotni yaxshi biladi, boshqasi tilni,
so’z san’ati va husnixatning ba’zi jihatlarini yaxshi biladi, uchinchisi – mana shu
ilmlarning hammasuda mohir.
Xattotlarning sifat jihatdan bir-biridan afzalligi shundaki, masalan, husnihat
san’atini egallagan ikki xattotdan biri (o’zi tanlagan) shu sohada kuchliroq, biri –
kuchsizroq bo’lishi mumkin.Bu sifatdagi afzallikdir.
Baxtlilik darajasiga erishuvda ham insonlar yuqoridagiga o’xshash bir-
biridan afzalroq bo’lishi mumkin.
Boshqa shaharning aholisiga kelsak, bu odamlarnin fe’li yomon bolanligi
uchun hunarlari ham ularning ko’ngli yomonliklarini tuzataolmaydi.Yomon xattot
tabiatan badbaxtligi tufayli yozuvi ham tobora hunuklashib boraveradi, uning
hunari, san’ati tobora orqaga ketaveradi.Fazilatsiz shaharning odamlari yomon
fellari, tabiatlai tufayli ko’ngillari – ruxlari ham yomonlashib boraveradi. Mobodo
ular ana shu yomon ishlarida izchil sa’y – harakat, tobora kuch-g’yrat ko’rsatsa
ularning ruhlari yanada ko’proq yomonlashadi va oxiri mayib-majruh bo’lib
qoladi. Shu tufayli ular o’zlariga yoqadiga yomon ishlarda huzur-halovat oladilar.
Vujudi, jismi kasal bo’lgan odam (masalan, bezgak tutayotgan kishi) mijozi
buzulganidan, o’ziga yoqmaydigan taomlarni yeyisdan huzur qiladi va tabiatan
me’dasiga yoqadigan taomlar unga yoqimsiz ko’rinadi; ruhan kasal odamlar ham
yomon istaklari va odatlari tufayli buzulgan tasavvurlariga qarab, yomon,
(ahloqsiz) fe’l – harakatlaridan huzurlanadilar va go’zala qiliqlarini, ishlarini
yoqtirmaydilar yoki umuman go’zallikni tasavvur qila olmaydilar. Vujudi kasal
odamlar o’z kasalligini bilmasdan o’zlarini soppa-sog’ (va fazilatli) deb o’ylab ,
rahbari , muallimi yoki ustozining nasihatlariga quloq solmaydilar.
Fozillar shahrining barcha aholisi uchun umumiy bo’lgan xususiyatlar
quyidagilardir.
Birinchidan, ular asliy sababni va uning barcha sifatlarini bilishi zarur. So’ng
moddiylikdan tashqarida mavjud narsalarni va ularning sifatlarini, shuningdek
ularni faol aqlga qadar bo’lgan darajalarini hamda ularda har birining sifatlarini
bilishi zarur. So’ng ular samoviy hilqatlarni va ulardan har birining sifatlarini,
so’ng shu hilqatlardan pastdagi tabiy jisimlarni, shuningdek, ularni qanday vujudga
kelishi va yo’qolishi hamda ularda yuz berayotgan barcha hodisalarni
mukammaligi, yahlitligi, muruvvat, adolat bilan, oqilona ekanligini, bu hodsalarda
hech bir nuqson, hech bir adolatsizliklar yo’qligini bilishlari zarur. Fozil odamlar
yana odamzod qanday yaralganini (uning jismiga kirgan) ryhning hususiyatlarini ,
faola qal uning ruhini qanday qilib nurlantirganini, shu tufayli insonda dastlabki
tushunchalar paydo bo’lganini, u Ollohning irodasiga bo’ysunish va nimalarda
erkinligini bilishlari zarur. Fozil odamlar yana shahar (davlatning) birinchi rahbari
u yoki bu vaqt mobaynida yo’q bo’lib qolganida (biror yoqqa ketganida),
kasalligida va hokazo), uning o’rnini bosa oladigan rahbarlarni bilishi zarur.
Fozillar shahri, uning aholisi, ularning dillari erisha oladigan baht – sodat nima
ekanligini bilishlari zarur. Ular yana fazilatsiz shaharlar va ularning aholisi
o’lganidan so’nga ruhlari oxiratda ne kechishini, ba’zilari bahtsizlik, falokatga
uchrab, ba’zilari yo’q bo’lib ketishini, fozillar shahri aholisi ohiratda nelarga
erishuvini, nelardan saqlanishlarini bilishlari zarur.
Shularning hammasini ikki yo’l bilan bilib olish mumkin: Birinchidan,
yuqoridagi hodisalar aslida qanday mavjud bo’lsa, inson qalbiga, ko’ngliga
o’shandy o’rnashib qolsa, boshqalarning ko’nglida (o’shanday o’rnashib qolsa, bu
bilimlar qiyos yki taqlid asosida vujudga keladi. Ba’zi odamlar o’sha narsalarni
o’zlari his etish tufayli ko’ngillarida shu bilimlar vujudga keladi ).
Fozillr shahridagi donishmandlar bu narsalarni isbotlash yo’li bilan yoki dil
sezgisi bilan bilib oladilar.Ba’zilar esa bu narsalarni boshqalarning tasavvurich
taqlid orqali bilib oladilar. Bunday odamlar tabiatan yoki odatlariga ko’ra ruhiy
bilimlarini aslida qanday mavjud bo’lsa , shunday tushinish qobiliyatiga ega
emaslar. Mana shu ikki xil tasavvurlar ham bilim manbaidirlar, ammo
donishmandlarning bilimlari, albatta eng yahshi bilimlardur.Narsa hodisalarning
birovlarning tasavvuri orqali taqlidan biluvchi odamlar ham turlich darajada
biladilar.
Har bir xalqning, yoki har bir shahar aholisining narsa hodisalarga doir
tasavvurlari o’zlariga tanish tasavvurlardir.Ayrim xalqlarning muayyan hilqat
haqidagi eng mashhur (keng tarqalgan) tasavvurlarda ham ozmi – ko’pmi tafavvut,
farqlar bor. Chunki, har bir xalq o’sha narsa, hodisani o’zicha anglab, o’zi aks
ettiradi.Shu tufayli fazilatli shaharlarning turli xalqlari yagona maqsadga (masalan,
oxiratda jannatga munosib bo’lishga) intilsalarda, ularning dinlari turlicha bo’lishi
mumkin.
Mana shu (turli xalqlar uchun umumiy) xilqatlar tegishli dalillar bilan bilib
olingach, bu hilqatlar haqida hech qanday baxslarga ham, narsaning asl tabiatini
tushunmay u haqida sohta tushunchalarga ega bo’lishdan kelib chiquvchi baxslarga
ham o’rinqolmaydi.
Jaholatdagi shaharlar, (aholisini) maqsadlarini ko’zlaydigan (obro’-izzatga, mol-
dunyoga, boylikdan rohatlanishga intiladigan) odamlar esaalohida toifadir. Bunday
odamlar fozillar shahrida haligi maqsadlar bilan yashash taqiqlanganini ko’rib , u
yerdagi (adolatli) qonunlarni buzishga , haqiqatga aloqador narsalardan
uzoqlashishga , (bu qonun-qoidalar, tasavvurlarini) buzib aks ettirishga urinadila.
Ular bu yo’lga ikki yo’l bilan erishadilar: U yuqorida aytilgan baxsli o’rinlarni
o’zlaricha taxmin qiladilar, ikkinchidan, soxta donolik va aldov yo’liga o’tadilar.
Ular jaholatli va tuban maqsadlariga erishuviga hech kim to’sqinlik qilmasligi
uchun shunday yo’ldan boradilar. Bunday odamlarni fazilatli shaharlar jamoasiga
qabul qilmaslik kerak.
Yana bir toifa odamlar ham borki, ular tafakkuri zaifligi tufayli haqiqatdan
chalg’ib ketadilar va tasavvurlaridan qay biri to’g’riyu, qay biri yolg’on ajratolmay
qoladilar. Ular hech baxs talab qilmaydigan haqiqiy tasvvurni ham yolg’on deb
o’ylaydilar. Ular haqiqatni anglash uchun yaqinroq borganlarida zehni zaifligi
tufayli chalg’ib ketadilar va haqiqatni aslidan boshqacha tushunib, yolg’onni
o’zlaricha haqiqat deb o’ylaydilar. Oqibatda bu odamlar “Umuman haqiqat yo’q ,
haqiqatga yetishdim deganlar o’z-o’zini aldovchilardir, odamlarni haqiqat yo’lidan
boshlamoqchi bo’lgan yolg’onchi, kazzoblar, ular bunday kattaroq mansablarga
yoki boylikka erishish maqsadida shunday so’zlarni aytmoqdalar ” deb
o’ylaydilar. Provard natijada bu toifa odamlarning ba’zilari gangib qoladilar,
boshqalari narsa va hodisalarni olisdan ko’ruvchi yoki tushida (g’ira-shira)
ko’ruvchi odamga o’hshab, haqiqat bor-ku ammo, uni bilishga odamzodning aqli
yetmaydi , deb o’ylaydilar. Bunday odamlar o’zlari bilgan narsalarni ham buzib
talqin etishga intilib, erishgan narsalarini haqiqat emas, balki buzib talqin
qilganlarini haqiqat deb o’ylaydilar.
Aholilarning diniy e’tiqodlari xurofiy, xato dunyoqarashlarga asoslangan
shaharlarni jaholatdagi yoki adashgan shaharlar deymiz.
Ularning ba’zilari bunday fikirlashadi: ba’zi mavjudodlar bir-biriga
qarashidir va bir-birlarini yo’q qilishga intiladilar. Mazkur mavjudodlarning har
biri yashash sharoitida shunday quvvayi maxfuzaga egaki, shu narsa vositasida u
qarama-qarshi mavjudoddan o’zini himoya qiladi va o’z zotini yo’qolib ketishidan
asrab qoladi. U, yashash sharoitida yana shunday quvvatga egaki, shu narsa
vositasida u qarshi narsani yo’qotib , o’rnida o’ziga o’xshash narsani paydo qiladi.
Va nihoyat , unga shunday bir qobiliyat beriladiki , shuning yordamida u turli
narsallardan foydalanib, yashash uchun doimiy yaxshi sharoit vujudga keltirishga
intiladi.
Mazkur mavjudodlarning ko’pchiligi o’zlariga ato etilgan qobiliyat tufayli
qarshi ish ko’ruvchi (tug’dirgan mashaqqatlarni) yengib o’ta oladilar. Shu tarizda
olamdagi har bir mavjudod mavjudod o’ziga qarshi va umuman boshqa
mavjudodlarni yo’qotib, o’z yashash sharoitini yaxshilashga intiladi. Bizga
shunday ko’rinadiki, olamdagi barcha mavjudodlar faqat o’z yashash sharoitlarini
yaxshilash uchun, o’ziga foyda keltirmay zarar keltiradigan boshqabarcha
mavjudodlarni yo’qotish uchun, faqat o’zining yaxshiroq yashashini ta’minlash
uchun dunyoga kelgan. Biz hayotda juda ko’p hayvonlarga tashlanib, o’zlariga
tuzukroq foyda chiqmasa ham ularga zarar yetkazish va yo’q qilish uchun hamla
qiladigan juda ko’p hayvonlarni ko’ramiz. Go’yo ularning har biri dunyoda faqat
o’zi yashash uchun, boshqa mavjudodlarning yashashi ularga zarar
keltiradiganday, shu hayvon borligining o’zi zararday, tabiat boshqalarni yo’q
qilishga intiluvchi hayvonlarni uchratamiz. Mabodo, biror mavjudod boshqa
mavjudodlarni yoq qilishni ko’zlamaganida ham , o’z foydasi uchun ularni qiynab
ishlatishga intiladi. Ba’zi navdagi mavjudodlar boshqa navdagi mavjudodlar bilan
huddi shunday munosabatdadirlar.Hatto bir navdagi mavjudodlar o’zaro shunday
munosabatdadirlar.Bu mavjudodlar shunday yaralganki, doimo bir biriga qarshi
kurashib, bir-birlariga dushmanilik qiladilar.Eng kuchlilari boshq alariga
nisbatan mukammalroq tuzilgan bo’ladi.G’olib kelganlar ham bir-birini
yo’qotishga urinadilar, go’yo boshqa mavjudodlar nomukammalday, ularning
borligi bularga zarar keltiradiganday, yoxud boshqalar ularga faqat (qulday) xizmat
qilish uchun yaralganday, barchasi bir birini ezib ishlatishga urunadi.
Mana shu (sabab)larning hammasi tufayli ko’pchilik shaharlarda jaholatdagi
shaharlar shaharlarning aholisining qarashlariga xos fikr-aqidalar kelib chiqadi.
Ba’zilar odamlar o’rtasida tabiiy yoki ihtiyoriy bog’lanishlar yo’q, har bir odam
o’z manfaati uchun boshqalarning manfaatiga zarar yetkazishi , biri boshqasiga
begona bo’lishi zarur , mobodo ular birlashsalar ham zarurat , majburiyat tufayli
birlashadilar, murosaga kelishsalar ha biri g’olib chiqib , boshqalari mag’lub
bo’lgandagina kelishadilar, deb o’ylaydilar. Bunda ular tashqaridan ta’sir qiluvchi
bir kuch taziyqida o’zaro kelishuvga majbur bo’ladilar, agar anashu kuch yo’qolsa
kelishuv ham yo’qoladi, yana begonalashuv paydo bo’ladi va ular tarqalib
ketadilar. Insoniyatga xos hayvoniy aqidalardan biri mana shu aqidadir.
Xulosa
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, dunyo fani va madaniyati, uyg’onish
davrining ko’zga ko’ringan vakillaridan biri bo’lgan Forobiy qadimgi yunon fani
va madaniyatining insoniyat sivilizatsiyasida tutgan o’rnini yuksak baholab, butun
ilmiy faoliyati davomida nafaqat unga suyandi, cheksiz hayratlandi va ilhomlandi,
balki kishilik tarixida o’chmas iz qoldirgan yunon olimlarining, ko’proq
Arastuning asarlarini targ’ib qildi, ularning ko’plarini arab tiliga tarjima qildi.
Antik dunyo olimlarining qoldirgan meroslarini to’la o’rganmasdan turib, fan va
madaniyatni rivojlantirish mumkin emasligini yaxshi tushungan Abu Nasr Forobiy
yunon mutafakkirlarining “qul”iga aylanib qolmadi, baliki ko’p qirrali olim va
ijodkorlarning davomchisi, o’z davri sharoitida mustaqil fikr yurituvchi alloma
sifatida o’zini namoyon qildi.
Forobiy yaratgan tizim mazmunan universal xususiyatga ega bo’lib, o’z
davri fanlarining barcha muhum masalalari:
Falsafaning umumiy muammolari
tabiatshunoslikning asosiy falsafiy masalalari
borliqni bilish
mantiqning bahsli muammolari
inson va tabiat o’rtasidagi chambarchas bog’liqlik
ekologik muammolarni ham o’z ichiga oladi.
Forobiyning ijtimoiy-falsafiy fikirlari o’zining keng qamrovli, teran va
mazmundorligi bilan gumanistik xususiyatga ega. Forobiy ushbu asarda Arastu
tomonidan ilgari surilgan, inson, eng avvalo, ijtimoiy hodisa deb ta’riflagan
g’oyani yanada aniqlashtirib, quyidagilarni yozadi: “Har bir inson, o’z tabiati bilan
shunday tuzilganki, u yashash va oily darajadagi yetuklikka erishish uchun ko’p
narsalarga muhtoj bo’ladi, u bir o’zi bunday narsalarni qo’lga kirita olmaydi va
ularga ega bo’lish uchun insonlar jamoasiga ehtiyoji tug’uladi… bunday jamoa
a’zolarining faoliyati bir butun holda, ularning harbiriga yashash va yetuklikka
erishuvi uchun zarur bo’lgan narsalarni yetkazib beradi. Shuning uchun inson
shaxslari ko’payadilar va yerning aholi yashaydigan qismiga o’rnashadilar,
natijada inson jamoasi vujudga keladi”. E’tibor bersak bu fikrning zamirida
falsafaning bosh muammosi bo’lgan bahsli masala – insonning paydo bo’lishi,
shakillanishi va yetuklikka erishuvi haqida so’z bormoqda. Eng muhumi bu
jarayonda jamoatning ro’li va ahamiyati to’g’risida aniq va lo’nda fikr
bildirilmoqda. Darhaqiqat, Forobiy o’z dunyoqarashi bilan zamonasidan ancha
ilgarilab ketgan yetuk olim, ilm va ma’rifat kurashchisi, tabiat va jamiyat
rivojlanishi qonuniyatlarini ochib berishga intilgan buyuk shaxsdir.U
o’z
asarlarida:
komil inson
fozil fuqaro
odil hukmdor
baxt-saodat, unga erishish yo’llari,
davlatning hususiyatlari,
axloqiy va aqliy tarbiya,
ijtimoiy istiqbol tog’risida ilg’or g’oyalarni ilgari surgan.
Forobiy falsafasining inkor etib bo‘lmaydigan joyi shundaki, u nazariy
falsafani haqiqiy va asosiy ilm, deb bilib, qolgan barcha fanlarni unga tobe bo‘lgan
ikkinchi darajali sohalar maqomiga qo‘ydi. Falsafalar o‘rtasidagi umumiy
dunyoqarashlar bilan kifoyalanmay, din bilan falsafani ham ayrim bir qismga
joyladi. Uning fikricha, falsafadagi masalalar isbotini payg‘ambarlar ramzlar
shaklida bayon qilganlar, zero, mohiyat jihatidan falsafa bilan din o‘rtasida hech
qanday tafovut yo‘q. Bunday karash o‘z davrida nihoyat darajada muvaffaqiyat
qozonib, islomiy falsafaning asosi va usulini belgilab beruvchi fikrlash tarziga
aylandi.
Forobiyning ta’limoti Sharqda va Evropada ijtimoiy-falsafiy fikrlarning
bundan keyingi rivojida muhim o‘rin tutdi. U Basradan chiqqan falsafiy to‘garak
bo‘lgan «Ixvon as-safo» («Sof birodarlar») a’zolari va Abu Sulaymon Mantiqiy,
Ibn Miskaveyh, Ibn Bajja, Ibn Tufayl, Maymonid qarashlariga katta ta’sir
ko‘rsatdi. Buyuk olim Ibn Sino uni o‘zining ustozi deb hisoblar edi.
Forobiy Sharq xalqlari talim tarbiya to’g’risidagi falsafiy tafakkuri rivojiga
ta’siri sezilarli darajada bo’lgan.
Dostları ilə paylaş: |