Abu nasr forobiyning ijtimoiy falsafiy qarashlari. Reja: I. Kirish. II. Asosiy qism


Forobiyning Jamiyat va axloq haqidagi qarashlari



Yüklə 177,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix14.12.2023
ölçüsü177,46 Kb.
#178591
1   2   3   4   5
Abu nasr forobiyning ijtimoiy falsafiy qarashlari..refera

Forobiyning Jamiyat va axloq haqidagi qarashlari.
 
Forobiy o‘rta asr mutafakkirlaridan birinchi bo‘lib jamiyat haqidagi bir butun 
ta’limotni ishlab chiqdi. Uning bu xizmati jahon ilmiy adabiyotida hamma 
tomonidan qabul qilingan. Forobiy o‘z asarlarida sezilarli darajada bir qator 
masalalarni yoritib bergan: 
1. Ijtimoiy fanlarning mavzu va vazifalari. 
2. Ijtimoiy birlashmalarning kelib chiqishi, tarkibi va ko‘rinishlari. 
3. SHahar-davlat, uning vazifalari va boshqaruv shakllari. 
4. Jamiyatda insonning o‘rni va majburiyati, ta’lim-tarbiya masalalari. 
5. Davlat uyushmasining vazifalari va pirovard maqsadi, umumiy baxt-
saodatga erishishning yo‘llari va vositalari. 
Ijtimoiy hayot haqidagi fanlar jumlasiga Forobiy shahar-davlat yoki siyosiy 
fanni (al-madaniyya), huquqshunoslik (fiqh) va musulmon ilohiyotini (kalom) 
kiritdi. Axloq va ta’lim-tarbiya haqidagi fan (pedagogika) siyosiy fanlarning bir 
qismini tashkil etib, umumiy baxt-saodatga erishish yo‘llarini ko‘rsatib berishi 
lozim. Axloq fani (etika) – bu jamiyat a’zolarining hatti-harakatlari haqidagi bilim 
bo‘lsa, siyosiy fan – umuman barcha jamiyat a’zolarining fe’l-atvori va hatti-
harakatlarini boshqarish haqidagi bilimdir. Forobiy fikricha, davlatni boshqarish 
ikki xil bo‘ladi: davlat aholisini haqiqiy yoki xayoliy baxt-saodatga etaklab olib 
boruvchi. Boshqarish san’ati idora qilishning nazariyasini ham, amaliyotini ham 
nazarda tutadi. Ularni birga qo‘shib olib borish, ayrim olingan har bir muayyan 
holatda, davlatni to‘g‘ri boshqarish imkoniyatini beradi. 
Kishilarning jamiyatga birlashishi urushlar va kuch ishlatish natijasida hamda 
odamlarning o‘z ehtiyojlarini qondirishga bo‘lgan intilishlari tufayli kelib chiqadi. 


U kishilarning mavjudligi va kamolot topishi uchun zarurdir[10]. Jamiyat turli 
xalqlardan tashkil topadi. Xalqlarning o‘ziga xos fe’l-atvorlari va xislatlarini 
Forobiy u yoki bu xalq yashayotgan jo‘g‘rofiy sharoit xususiyatlari bilan bog‘liq 
ravishda tushuntiradi. Forobiy shahar-davlatlarni fozil yoki orzudagi va johilga 
bo‘ladi. Orzudagisi – bu shunday shaharki, u aholisining o‘zaro hamkorligi asosida 
mavjuddir. SHahar-davlatning ichki va tashqi vazifalari bor. Tashqi vazifasi – bu 
shahar mudofaasini tashkil qilish va uni tashqi hujumlardan saqlash. Ichki vazifasi 
– uning aholisining baxt-saodatini ta’minlash. Forobiy boshqaruvning uch shaklini 
ko‘rsatib o‘tadi: yakka hokimlik, oz sonli kishilar guruhining boshqaruvi, xalq 
tomonidan saylangan eng loyiq shaxsning hokimiyati[11]. Bunda Forobiy uchun 
hal qiluvchi narsa, boshqaruv shakllarining o‘zigina emas, balki uning sog‘lom 
aqlga to‘g‘ri kelishi yoki kelmasligidir. 
Kamolotning yuqori cho‘qqisiga erishgan jamiyatlarda kasb-hunarni ozodona 
tanlash imkoniyati bor. Bu erda yakkahokimlik yo‘q bo‘lib, haqiqiy ozodlik va 
tenghuquqlik hukmronlik qiladi. Bunday shaharlarning aholisi o‘z boshlig‘ini 
saylaydi, ammo uni har qachon hokimiyatdan mahrum qilishi ham mumkin. 
Bunday shaharlarning boshliqlari o‘z faoliyatlarida adolatlilik, teng huquqlik va 
umumiy farovonlik qoidasidan kelib chiqadilar[12]. Boshliq – bu o‘ziga xos 
muallim bo‘lib, o‘z o‘quvchilarini bilim olishga va baxt-saodatga erishish 
yo‘llarini o‘zlashtirishga o‘rgatadi. Ammo barcha talablarni bir kishida 
mujassamlashtirish qiyin, shuning uchun guruh tomonidan bo‘ladigan boshqaruvni 
tashkil etish mumkin. Bunday holatda jamiyatning har bir a’zosi ushbu 
xususiyatlardan birortasini mujassamlashtirmog‘i lozim bo‘ladi. 
Davlat va jamiyatning pirovard maqsadi bo‘lgan umumiy baxt-saodatga erishish 
muammosi Forobiy ta’limotida muhim o‘rin tutadi. Bunga yo‘l – ilm-fan va ta’lim-
tarbiyadir. Haqiqiy baxt-saodatga bilimlarni egallash yo‘li vositasida erishiladi. 
Haqiqiy baxtga shundagina erishiladiki, qachonki, har kanday yomonlik bartaraf 
qilinib, kishining ruhi va aqli o‘zining mohiyatlarini va barcha xayrli, ezgu ishlarni 
bilishda eng yuqori saviyaga erishib-abadiylikka dahldor bo‘lgan dunyoviy aql 
bilan qo‘shilib ketsa. Inson o‘ladi, ammo uning hayoti davomida erishgan baxti 
ma’naviy ko‘tarinki hodisa bo‘lib, zavol topmaydi, balki undan keyin saqlanib 
qolib, insoniyatga xizmat qilishi mumkin. 
Forobiy falsafasining inkor etib bo‘lmaydigan joyi shundaki, u nazariy falsafani 
haqiqiy va asosiy ilm, deb bilib, qolgan barcha fanlarni unga tobe bo‘lgan ikkinchi 
darajali sohalar maqomiga qo‘ydi. Falsafalar o‘rtasidagi umumiy dunyoqarashlar 
bilan kifoyalanmay, din bilan falsafani ham ayrim bir qismga joyladi. Uning 
fikricha, falsafadagi masalalar isbotini payg‘ambarlar ramzlar shaklida bayon 
qilganlar, zero, mohiyat jihatidan falsafa bilan din o‘rtasida hech qanday tafovut 
yo‘q. Bunday karash o‘z davrida nihoyat darajada muvaffaqiyat qozonib, islomiy 
falsafaning asosi va usulini belgilab beruvchi fikrlash tarziga aylandi. 


Forobiyning ta’limoti Sharqda va Evropada ijtimoiy-falsafiy fikrlarning bundan 
keyingi rivojida muhim o‘rin tutdi. U Basradan chiqqan falsafiy to‘garak bo‘lgan 
«Ixvon as-safo» («Sof birodarlar») a’zolari va Abu Sulaymon Mantiqiy, Ibn 
Miskaveyh, Ibn Bajja, Ibn Tufayl, Maymonid qarashlariga katta ta’sir ko‘rsatdi. 
Buyuk olim Ibn Sino uni o‘zining ustozi deb hisoblar edi. 

Yüklə 177,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin