Abu nasr forobiyning ijtimoiy falsafiy qarashlari. Reja: I. Kirish. II. Asosiy qism



Yüklə 177,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix14.12.2023
ölçüsü177,46 Kb.
#178591
  1   2   3   4   5
Abu nasr forobiyning ijtimoiy falsafiy qarashlari..refera



 
 
Abu nasr forobiyning ijtimoiy falsafiy 
qarashlari. 
 
Reja: 
 
 
I.Kirish. 
II. Asosiy qism.
1. Abu Nasr Forobiyning hayot yo’li. 
2. Forobiyning falsafiy va 
jamiyatshunoslikka doir qarashlari. 
3. Forobiyning jamiyat va axloq haqidagi 
qarashlari 
4.Forobiyning “Fozil odamlar shahri” 
asaridagi ijtimoiy qarashlar. 
III.Xulosa. 
IV.Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. 
 
 
 
 


Kirish 
“Bu murakkab dunyoning azaliy va abadiy muammolari, shu bilan birga, har 
bir davrning dolzarb masalalariga har tomonlama asosli ilmiy javoblar topilgan 
taqdirdagina ma’naviyat olami yangi ma’no – mazmun bilan boyib boradi. 
Boshqacha aytganda, har bir ilmiy yangilik, yaratilgan kashfiyot – bu yangicha fikr 
va dunyoqarashga turtki beradi, ma’naviyatning shakllanishiga o’ziga xos ta’sir 
o’tkazadi.
Shu nuqtai nazardan qaraganda, zaminimizda yashab o’tgan buyuk 
allomalarimiz, mutafakkir bobolarimizning ibratli hayoti va faoliyati, bemisl ilmiy 
– ijodiy kashfiyotlari bugun ham jahon ahlini hayratga solayotganini g’urur bilan 
ta’kidlash lozim”.
Abu Nasr Forobiyning hayot yo’li
Abu Nasr Forobiy O'tror shahrida (hozirgi Qozog’istonning Chimkent viloyati 
hududida joylashgan shahar) 256-257 hijriy sanada tug'ildi.Uning otasi harbiy 
sarkarda edi. Yosh va zehni o'tkir Abu Nasr ilmga erta qiziqdi, arab, fors tilarini 
mukammal darajada o'zlashtirdi. Forobiy sanskrit (qadimiy hind tili) tilini o'rgandi 
va uni yahshi bilardi. O'zi turkiy halqlarga mansub bo'lib ona tilini yahshi bilar va 
yoshligida turli tillarni va ilmlarni puhta egallagan edi. U ko'proq Bag'dodda 
yashagan.Arab tilini juda ham yahshi bilar edi. U ko'proq falsafa, mantiq va diniy 
ilmlarga qiziqar edi.
Forbiy turli ilmlarni yahshi o'zlashtirgan mavsu'iy olim edi. U falsafa, mantiq, 
ilohiyot, ahloq, siyosat, falakiyot, kimiyo, musiqa va boshqa ilimlarga oid o'nlab 
kitoblarni yozgan.
Forbiyning musiqa bo'yicha yozgan kitobi Islom madaniyatida yozilgan eng asosiy 
arabcha kitob bo'lib hozirgacha asosiy manbalardan bo'lib kelmoqda.U «Qonun» 
nomli musiqa asbobini ihtiro qilgan.
Abu Nasr Forobiy 336 hijriy yilda Damashq yaqinidagi qishloqlarning birida 
vafot etdi.
Abu Nasr Forobiy 260dan ziyod ilmiy ish yaratdi. Ulardan ayrimlari 
quyidagilardir:
1. «Risola fi A'za il Inson».
2. «Risola fi A'za al-Hayvon».
3. «Risola fir Raddi ala Jolinus fima Nakaza fiha Aristotelis».
4. «Kitobun fi Aroi ahl il-Madinatil Fazila».


5. «Risola fil Millatil-fazila».
6. «Ta'liqot».
7. «Risola fi Tahsil is Saodat».
8. «Risola uyun ul-Masoil».
9. «Risola al-Mufarraqot».
10. «Risola fi Masnil aql» va hokazo.
Forbiyning kitoblari ikki turga taqsimlanadi. Birinchisi talim tarbiya falsafa 
va boshqa sohalarda yozgan kitoblari. Ikkinchisi Aflotun, Arastu va ularga 
ergashganlarning kitoblariga yozgan sharhlari. Ba'zi tadqiqotchilar mazkur 
kitoblarning soni qirq donaga etganini aytadilar.
Forbiy o'zining talim tarbiya faoliyatida Aflotun va Arastu hamda yunon 
falsafasi va Islom dini orasida muvofiqlashtirishga qattiq uringan. Uning o'zi dinini 
mahkam tutadigan musulmon bo'lgan. Shu bilan birga, u Aflotun va Arastu 
mazhabiga o'hshash falsafiy mazhabga asos solgan birinchi musulmon faylasufdir.
O'sha paytda Aflotunning «at-Tosu'ot» nomli kitobi tarjima qilinib hato tariqasida 
Arastuning kitobi deb bilingan edi. Arabchada «Rububiyat» nomi bilan mashhur 
bo'lgan bu kitobni o'qigan Forobiy Arastuning fikrlari huddi Aflotunnikiga o'hshar 
ekanligiga hujjat va dalil topilganidan hursand bo'lgan va mazkur ikki faylasfning 
boshqa kitoblarini ham muvofiйlashtish uchun harakat qilgan. Forbiy ham 
Aflotunni, ham Arastuni bir hilda yahshi ko'rar va qadrlar edi.
Shu bilan birga bu ikki shahsning fikrlari bir biriga zid bo'lishini tasavvur qila 
olmas edi. Uning «al-Jam'u bayna ra'yay al-hakimayni Aflotun al-Ilohiy va 
Arastutolis» - Ikki hakim - Aflotun ilohiy Arastularning fikrlarni jamlash deb 
atalgan kitob Forbiyning bu borada olib borgan hakatining gultoji hisoblanadi.
Forbiy o'zining bu ishi ila birinchi bo'lib Islom olamida Aflotun talim tarbiya va 
axloqiy qarashlari tarqalishiga sabab bo'ldi. Shu bilan birga huddi shu ishning o'zi 
musulmon faylasuflarga yunon falsafasini diniy masalalarda tap tortmay 
ishlatishga yo'l ochib berdi.
Forbiy birinchi bo'lib Alloh taoloning borligiga olamni dalil qilib ketirmay U 
zotning borligini yolg'iz aqliy dalil bilan isbot qilishning yangi uslubini keltirdi. U 
bor narsalarni ikkiga - vujudi mumkin va vujudi vojibga taqsimlaydi. Mumkinul 
vujud dunyodagi mavjudotlar bo'lib ularning bo'lishi mumkin bo'lganidek, 
bo'lmasligi ham mumkin.Ularga qarasak ba'zilari yo'qolib, o'rniga boshqalari 
paydo bo'lib turganini ko'ramiz.


Ana o'shalar o'zidan boshqa narsaning tasiri tufayli o'zgaradi va almashadi. 
Ularning har biriga alohida nazar solsak ham shu holni ko'ramiz.Bu silsilaning 
ohirgi nuqtasi bo'lishi kerak.Ana o'sha ohirgi nuqta, hamma mumkinul 
vujudlarning borib taqaladigan nuqtasi vojibul vujud - vujudi vojib bo'lgan, u 
bo'lmasa boshqa narsalar bo'lmaydigan zotdir.
Forbiyning falsafasida va talim to’g’risidagi axloqida Alloh - vojibul vujuddir. 
Mazkur aqliy dalilga binoan vojibul vujud quyidagi sifatlarga ega:
1. Alloh taoloni ta'riflash mumkin emas.
2. Alloh taoloning boshqa narsalarga o'hshab mohiyati yo'q.
3. Alloh taolo zarurat yuzasidan yolg'izdir, sherigi yo'qdir.
4. Alloh taolo modda emas. U holis aqldir.U holis yahshilikdir.
Forbiyning Islom aqiydasiga to'g'ri kelmaydigan falsafasidan biri «Alloh juz'iy 
narsalarni bilmaydi» deyishidir.
Shuningdek, Forbiy e'tiqodga tegishli olamning yaratilishi, nafs, aql, nubuvvat va 
boshqa mavzularda ham falsafa yuritgan.
Bilish jarayonini aql va sizgilar orqali yuzaga keladi. Bilish jarayoni cheksiz 
bo’lib, u inson jonli mushohada va tafakkurining noaniq narsani bilmaslikdan 
bilishgacha bo’lgan murakkab yo’lni bosib o’tadi. Bu yo’nalish hodislar oqibatini 
bilishdan ularning sababini anglash, aksidensiyaadan substansiyaga yetib borishni 
maqsad qilib qo’yadi. Bilishda aql va mantiq, ilmining maqomi beqiyosdir. 
Mutafakkur talqinida aqliy bilish ikki jihatga ega: birinchidan, u aniqlikdan 
uzoqlashish va undan umumiy tamon va jihatlarni ajratib olishni, ikkinchi 
tamondan esa, ushbu umumiylik ko’magida konkret jihatlarning mohiyatiga 
chuqurlashishni taqozo etadi..aql vositasida inson ilm-fanni yaratadi. Fan tufayli 
hodisal mohiyatini ochib beriladi. Har bir fan insonning muayyan ehtiyojlarini 
qondirishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, Forobiy bilish ta’limotining boshqa 
jihatlarini ham o’rgangan. U ilmiy tadqiqotda kuzatuv, bahs-munozara ,bilish 
metodlari, jonli mushohadaning cheklanganligi to’risida qiziqarli g’oyalarni ilgari 
surgan. Forobiy tufayli musulmon Sharqiy talim tarbiya axloqiy va falsafiy 
tafakkurida mantiq ilmi chuqur iz qoldirdi.

Yüklə 177,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin