Abu nasr forobiyning ijtimoiy falsafiy qarashlari. Reja: I. Kirish. II. Asosiy qism


Forobiyning falsafiy va jamiyatshunoslikka doir qarashlari



Yüklə 177,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix14.12.2023
ölçüsü177,46 Kb.
#178591
1   2   3   4   5
Abu nasr forobiyning ijtimoiy falsafiy qarashlari..refera

Forobiyning falsafiy va jamiyatshunoslikka doir qarashlari
 
Forobiy fikricha, yagona borliq olti bosqichdan iborat bo‘lib, ular ayni bir 
vaqtda barcha mavjud narsalarning ibtidosi sifatida bir-birlari bilan sababiy 
bog‘lanishdadirlar. Birinchi bosqich – birinchi sabab (Xudo); ikkinchisi – samoviy 


jismlar borlig‘i; uchinchisi – faol aql, to‘rtinchisi –ruh; beshinchisi – shakl; 
oltinchisi – modda. SHunday qilib, xudo va modda, yagona bir butunni tashkil etib, 
bir qator bosqichlar orqali bir-birlari bilan sababiy bog‘lanishdadirlar. O‘zlarining 
sababiy bog‘lanishlari tufayli ushbu ibtidolar ikki ko‘rinishga ajratiladilar: 
«vojibul 
vujud»
- shunday narsaki, mavjudligi o‘zidan kelib chiqadi; 
«mumkinul vujud»

shunday narsaki, uning mavjudligi boshqa narsadan kelib chiqadi. «Mumkinul 
vujud» o‘zining bor bo‘lishi uchun sababga ehtiyoj sezadi, va qachonki u paydo 
bo‘lsa, boshqa narsa tufayli, «vojibul vujud» ga aylanadi. Forobiyning ibtidolar 
haqidagi 
ta’limoti 
shundan 
guvohlik 
beradiki, 
unga 
yangi 
aflotunchilikning 
emanatsiya
nazariyasi ta’sir o‘tkazgan bo‘lib, u ilk islom 
e’tiqodidagilarning nuqtai nazarlaridan mohiyatan farq qiladi. 
Birinchi sabab (vojibul vujud) abadiylik xususiyatiga ega bo‘lganligidan, 
modda ham, uning oqibati sifatida abadiylikka daxldor bo‘ladi. Erdagi va 
osmondagi doiralarning barchasi jismiylik (moddiylik) xususiyatiga egadirlar. 
Barcha narsalar olti ko‘rinishga bo‘linadilar: samoviy jismlar, aqlli hayvon (inson), 
aqlga ega bo‘lmagan hayvonlar, o‘simliklar, minerallar, to‘rt unsur-olov, havo, 
tuproq va suv. Oxirgilari moddiylikning asosi bo‘lib, moddaning eng oddiy 
ko‘rinishini ifodalaydilar. Qolgan besh turdagisi murakkab bo‘lib, ushbu birlamchi 
unsurlarning turli darajadagi qo‘shilishlari natijasida paydo bo‘ladilar. Forobiy 
fikricha, «barcha ashyollarning umumiy turi dunyo» bo‘lib, oddiy jismlardan 
tashkil topgan va «dunyodan tashqarida hech narsa yo‘q»[5].
Har qanday jism, avvalo imkoniyatda mavjud bo‘ladi va undan keyingina 
voqeylikka aylanadi. Imkoniyatdan voqeylikka o‘tish moddaning muayyan shakl 
bilan qo‘shilishi natijasida sodir bo‘ladi. Forobiyning qarama-qarshiliklar va 
ularning qarama-qarshi shakllarining bir-birlari bilan to‘qnashishi haqidagi fikrlari, 
tabiatdagi o‘zgarishlarni tushunish manbai sifatidagi urinishga qaratilgan 
bo‘lganligidan, juda ham qimmatlidir. 
Bilimni Forobiy amaliy (kasb-hunar) va nazariy (fan)ga bo‘ladi. Nazariy 
bilimlar doirasida bosh o‘rinni falsafa egallaydiki, Forobiy uni borliqning umumiy 
xususiyatlari va qonunlari haqidagi fan deb ifodalaydi va uning muayyan fanlarga 
bo‘lgan nisbatini umumning xususiyga bo‘lgan munosabati sifatida belgilaydi. 
Forobiy tizimida falsafa haqidagi «fanlar fani» degan qoida o‘z ifodasini topgan. 
Forobiy o‘rta asrlar davrida birinchi bo‘lib fanlar tasnifini vujudga keltirdiki, u 
o‘sha vaqtdagi ilmiy bilimlarning ensiklopediyasi hisoblanar edi. Barcha fanlarni 
Forobiy besh guruhga bo‘ladi: 
1. Etti bo‘limdan iborat til haqidagi fan. 
2. Mantiq. 
3. Etti mustaqil fanga bo‘linadigan riyoziyot, ya’ni arifmetika, geometriya, 
optika, yulduzlar haqidagi fan, musiqa haqidagi fan, og‘irliklar haqidagi fan va 
mexanika. 


4. Tabiiy va ilohiy fanlar, yoki metafizika. 
5. Shaharni boshqarish haqidagi fan (yoki siyosiy fan), huqukshunoslik va 
kalom. 
O‘zining fanlar tasnifida Forobiy har bir fan o‘rganadigan narsaning o‘ziga 
xosligi, uning qonunlarining xususiyati va ularga xos bo‘lgan bilish vositalarini 
hisobga oladi. 
Forobiy fikricha, fan va umuman barcha bilimlar sub’ektiv xohish va istakdan 
emas, balki ularga nisbatan tobora oshib boradigan inson ehtiyojlari natijasida 
kelib chiqadilar. Forobiyning fanlar tasnifi Sharqda ham, Evropada ham, 
kelgusidagi fanlar tasnifiga kuchli ta’sir o‘tkazib, ular taraqqiyotida katta o‘rin 
tutdi. 
Tabiat qabul qiluvchidan (sub’ekt) oldin keladi, «his-tuyg‘u orqali qabul 
qilinadigan narsa, uni idrok qilishdan oldin kelganidek, bilib olinadigan narsa, 
unga taluqli bilimdan oldin mavjud bo‘ladi»[6]. Forobiy tabiatni bilish 
jarayonining cheksizligini qayd etib, uni bilmaslikdan bilish tomon ko‘tarilishi, 
oqibatdan sababga, hodisadan mohiyatga, orazdan (aksidensiya) javhar 
(substansiya) tomon boradi, deb hisoblaydi. Forobiy bilishning ikki bosqichini – 
hissiy va fikriyni bir-biridan farqlab ko‘rsatadi. Hissiy bilimning o‘rniga to‘xtalib, 
Forobiy insonni tashqi dunyo bilan bog‘laydigan besh xil sezgining har biriga 
alohida e’tibor qaratadi. Forobiy sezgining har bir turini uni muayyan his qiluvchi 
badan a’zosi bilan bog‘liq ravishda ko‘rib chiqadi. Forobiy fikricha, har qanday 
sezgi badanning his qiluvchi a’zolariga hech kimga bog‘liq bo‘lmagan (ob’ektiv) 
holda mavjud bo‘lgan narsalarning muayyan xususiyatlarining tashqi jismoniy 
ta’siri natijasidir. Forobiy xotira, tasavvur va xayolga his qilish va fikrlash 
orasidagi o‘rtalik joyni ajratib, ularni bilishning hissiy bosqichlari bilan bog‘laydi. 
Uning fikricha, ularning jismoniy a’zolari miyaning oldingi qismida joylashgan. 
Ammo inson uchun xos xususiyat ayrim olingan alohida hayvonlarda ham 
uchraydigan sezgi va zehn emas, balki aqldir. Hayvonlardan farqli o‘laroq, «inson 
aql va sezgilar orqali bilim kasb etadi»[7].«Aqliy kuch» tashqi buyumlarning fikriy 
qiyofasini beradi. His-tuyg‘udan farqli o‘laroq, tafakkur ashyolarni fikrlash 
jarayonida bilib boradi, ya’ni narsalarning hissiy sifatlaridan chalg‘ib, undagi eng 
umumiy va mohiyat jihatdan muhimlarini topib boradi. Bundan tashqari, aqlga, 
his-tuyg‘udan farqli o‘laroq, tushunish xosdir[8]. Mavhum ilmiy tushunchalar, 
jumladan, riyoziyotga doirlari ham, qanchalik tashqi dunyodan ajralgan bo‘lib 
ko‘rinishlaridan qat’iy nazar, muayyan mavjud bo‘lgan jismlarning xususiyatlarini 
aks ettiradilar. Bilimning ikki shaklining usul va xususiyati – hissiy va aqliy – 
ularni ikki xilda bayon qilishni belgilaydi: sezish sifatlaridan fikriy mohiyatlarga, 
ya’ni muayyanlikdan majhullikka va jismlarning fikriy tomonlaridan ularning 
hissiy sifatlariga, ya’ni majhullikdan muayyanlikka. 


Forobiy aqliy bilishda bir qator bosqichlarni farqlaydiki, bu narsa uning 
bilinayotgan narsalarning mohiyatiga chuqur kirib borganligidan guvohlik beradi. 
Bu – muayyan narsadan chetlashib, undagi umumiy narsani ajratib olish, so‘ngra 
esa ana shu umumiy narsa yordamida – muayyan narsaning mohiyatiga chuqurroq 
kirib borishida namoyon bo‘ladi. Oxir oqibatda aql, barcha erdagi moddiy narsalrni 
bilib olgandan keyin, osmoniy jismlarni bilishga o‘tadi va dunyoviy, koinotdagilar 
bilan qo‘shilib va qorishib ketib, ushbu dunyoviy aqlning ta’sirida aqliy bilim 
amalga oshadi. 
Insonni dunyoni bilib olishida faol aql (al-aql al-faol) ishtirok etadi.U his-tuyg‘u 
ma’lumotlarini tafakkur uchun etkazadi. Tafakkur chuqur va har tomonlama 
bilimga olib boradi. Pirovardida, u dunyo to‘g‘risidagi barcha bilimlar bilan boyib, 
abadiylikka olib keladi.Faol aql inson bilan birinchi sabab o‘rtasida vositachi 
sifatida xizmat qiladi.Birinchi sabab uning o‘ziga ham taalluqlidir.Faol aql 
badanda joylashgan ruh bilan bog‘langan, va shunday qilib, ilohiy hayotning 
xususiyati insonga o‘tadiki, uning bilimlari aqliy kuch timsolida abadiylikka 
qadam qo‘yadi. 
Forobiy mantiqiy tizim kulliyotning asoschisi bo‘lib, u tufayli alohida unvon 
bo‘lgan «al-Mantiqiy» laqabini olgan. U Arastuning mantik sohasidagi barcha 
asarlariga sharhlar yozgan. Bundan tashqari, uning o‘zi ham mantiq bo‘yicha 
ko‘plab asarlarning muallifidir. 
Forobiy mantiqda ilmiy bilimning usulini ko‘rdi. Mantiq fikriy jarayonning 
to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini aniqlash uchun xizmat qiladi va kategoriyalar, 
ya’ni aql bilan tushuniladigan mohiyatlar bilan ish ko‘radi. «Mantiq, - deb yozadi 
Forobiy, - qachonki falsafaning u yoki bu qismlarida qo‘llanilsa, mohiyat jihatidan 
qurol bo‘lib, uning yordamida nazariy san’at nimani qamrab olgan bo‘lsa, 
o‘shalarning barchasi haqida ishonchli bilimlarga erishtiradi»[9].Forobiy mantiqiy 
istilohlarni (atamalarni) ishlab chiqishga ham katta hissa qo‘shdi. U mantik bilan 
grammatika, mantiqiy fikr va uning nutqiy ifodasi o‘rtasida aloqa topishga harakat 
qildi. Masalan, mantiq ob’ektini belgilab, u quyidagilarni ko‘rsatadi: 1) Iste’dodga 
ega bo‘lish va uning yordamida inson tushunchalar orqali fikrlaydi, fan va san’atni 
egallaydi; 2) inson ruhida paydo bo‘lgan va ichki nutq deb ataluvchi kategoriyalar; 
3) aqlda paydo bo‘lgan ifoda – buni tashqi nutq deb ataydilar. Forobiyning mantiq 
bilan grammatikaning o‘zaro aloqasi haqidagi talqini hozirgi kunda ham o‘z 
ahamiyatini saqlab qolgan. 
Forobiy tushunchalar, hukmlar va xulosalar kabi mantiqiy shakllarni qarab 
chiqishga katta e’tibor bergan. Tushunchaning mantiqiy tuzilishini tekshirib, 
Forobiy mufassal ravishda tushunchalarning tur va xildagi munosabatlari, 
bo‘linishlari va turli ko‘rinishdagi tavsif va belgilari hamda ilmiy tushunchalarning 
xos xususiyatlari – ularning oddiy tushunchalardan farqi, ularning tildagi ifodasi, 
ya’ni ilmiy istilohlar masalasiga to‘xtab o‘tadi. Hukmlarni tadqiq qilib, Forobiy 


hajm va mazmundan kelib chiqib, sub’ekt (ega) va predikat (kesim)ning o‘zaro 
munosabatlarini qarab chiqadi. Forobiyning hukmlarni ularda predikatlar sifatida 
chiqadigan predikabillarga bog‘liq ravishda ajratishga urinishi alohida e’tiborga 
sazovordir. 
Biroq Forobiyning eng katta qiziqishi xulosaga nisbatan namoyon bo‘ladi. 
Uning deduktiv ( umumiylikdan juz’iylikka) xulosadan, boshlanish payti sifatida 
kelib chiqish mumkin bo‘lgan, haqiqiy muhokama (posыlka)lar haqidagi ta’limoti 
ajoyibdir. Qiyosning (sillogizm) birinchi muhokamasini va dalillardagi isbotlarni 
tashkil etuvchi bu haqiqatlar to‘rtta: maqbulot (aniqlash), mashhurot (umum qabul 
qilgan), maxsusot (xususiy sezish, hissiy bilim), maquloti avval (birlamchi 
tushunchalar; isbotsiz qabul qilinadigan haqiqatlar - aksiomalar). Forobiyning 
asarlarida qiyosning tuzilishi va shakllari, mantiqiy xatolarning kelib chiqish 
sabablari, qarama-qarshiliksiz qonunlar, asosning etarligigi va shunga o‘xshash bir 
qator qimmatli fikrlar mavjud. 

Yüklə 177,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin