(RPV) cho„lg„amidan va qarshilikdan (2S) tok oqishni boshlaydi.
Natijada qayta
ulovchi rele (RPV) ishga tushadi va uning 3-4 kontaklari ulanganda qizil rangli
chiroq yonadi. Bu esa o„z nabatida uzgichni ulangan holatini bildiradi.
Uzgichni qulda uzish boshqaruv kalitini (BK) chapga burash orqali amalga
oshiriladi. Bunda boshqaruv kalitining 5-7 kontaktlari ulanib «uzishga» bo„yruq
relesini (UBR (RKO))ishga tushiradi. U o„z navbatida «uzishga» bo„yruq relesi
o„zinig kontaktlari bilan 2S qarshilikni va qayta ulovchi releni (RPV)
qisqa
tutashtiradi. Natijada ko„p marta ulashlarni oldini oluvchi rele (KOR (RBM)
hamda uzish g„altagi ishga tushadi. Uzish g„altagi uzgich yuritmasini ilgakdan
ajratishi natijasida uzgich uziladi. Bunda uzgichning blok-kontakti (BKV-2)
ajralishi natijasida uzish g„altagi va ko„p marta ulashlarni oldini oluvchi rele
manbasiz qoladi. So„ngra uzgichning blok-kontakti (BKV-1)
ulanishi nitijasida
uzishga xabar relesi (UXR) ishga tushib uzgichning uzilgan holati va qushish
zanjirlarining butligi haqida xabar beradi. Boshqaruv kalitini 7-8 kontaktlari qayd
etish relesini (QR(RF)) boshlang„ich holatga qaytaradi.
Uzishga xabar va qayta ulovchi relelarning cho„lg„am zanjirlarida qarshiligi
1000 Om bo„lgan 1 S va 2S qarishiliklar o„rnatiladi. Ushbu qarshiliklar o„zlari
o„rnatilgan relelar cho„lg„amlarini qisqa tutashtirganda tokni cheklashga hamda
kontaktor va uzish g„altagini ishlashini oldini olish maqsadida o„rnatiladi. Ushbu
qarshiliklar bo„lmagan vaqtda uzgichni notug„ri
ulanishi va uzilish hollari
kuzatilgan.
Dostları ilə paylaş: