ko„rsatuvchi ko„rsatkich relesi ishga tushmaydi. Natijada kontaktor ishga tushadi
va uzgich tarmoqdan uziladi.
Uzgichning blok-kontakti BKV-1 kontaktorning katta tokini uzishi natijasida
1RP oraliq relesining cho„lg„ami manbasiz qoladi va kontaklari ajraladi. SHu
vaqtning o„zida uzilgan holatidagi rele (UXR) ham manbasiz qolishi natijasida 9-
10 kontaktlarini ajratadi va uzishga bo„yruq relening (UBR) cho„lg„amini
manbasiz qoldiradi. Uzishga bo„yruq relesining 7-8 kontaktlari AQU ni
boshlang„ich holatga keltiradi. Uzishga bo„yruq relesining (UBR) 9-10 kontaktlari
ko„rsatkich relesini qisqa tutashtiradi. Natijada navbatchi xodimga faqatgina qisqa
muddatli impuls berishga imkon beradi. Qolgan jarayonlar sinxronizm sharti
bajarilganda avtomatik tarzda amalga oshiriladi.
2. Avariya natijasida birlashma releli himoyadan uzilganda so„ng uzgichni
AQU tomonidan tarmoqqa ulash.
Buning uchun 1N va 3N nakladkalar 1-2 holatga keltiriladi. Ushbu holatda
AQU ishga tushishi boshqaruv kalita orqali bajarilgan so„ngri amallar («qo„shish»)
uzgichning xolati (uzgich uzilgan) bilan mos kelmasligi natijasida yuzaga keladi.
Agarda boshqaruv kaliti orqali «uzish» bo„yrug„i berilmagan bo„lsa qayd etish
relesining (QR) kontaktlari va uzilgan holatidagi relening (UXR) 7-8 kontaktlari
yopiq holatda bo„ladi. Ushbu kontaktlar orqali vaqt relesining (1RV) cho„lg„ami
manba bilan ta‟minlanadi va AQU ishga tushadi.
Dostları ilə paylaş: