Abu Rayhon Beruniy psixologik qarashlar-fayllar.org
Beruniy bolalarni axloqiy barkamolligi va yomon fazilatlardan saqlashda quyidagi tarbiya usullarini olg`a surgan edi:
1. O`rnak olish. Donishmand va olimlar xulqlaridan o`rnak olish yaxshi xulqni rivojlantiradi, yomon odatlarni yo`q qiladi. U ko`proq ota-onalarni farzandlariga o`rnak bo`lishga chorlaydi.
2. Pand va nasihat. Beruniy pand-nasihat orqali bolalardagi ayrim nuqsonlarni anglatish zarur, deb hisobladi va u quyidagi fikrlarni bayon qildi: “Odamlar o`rgangan, odatlangan va ko`pchilikka ma`qul bo`lgan narsaga qarshilik ko`rsatmasdan o`rganish kerak”. Yaxshi xulqlar yaxshilik alomatidir, yomon xulqlardan bolalarni saqlamoq lozim. Ayniqsa, maqtanish, buzuq niyatlilik, chaqimchilik, besabrlik, nafs balosi, yolg`onchilik va boshqalar.