Abu Rayhon Beruniy psixologik qarashlar-fayllar.org
Har bir shaxsda sharm-hayo, ozodalik, nafis did, iffat, latofat, shirinsuxanlikning tarkib topishi turmushning go’zal bo`lishiga olib keladi. Olimning inson turmushiga xos hulq-odob qoidalari haqidagi fikrlari pedagogik jihatdan muhim ahamiyat kasb etadi. Inson ham ichki, ham tashqi tomondan go’zal bo’lsagina haqiqiy kamolotga erishishi mumkin. U ozodlikni olijanoblik bilan tenglashtiradi. Inson doimo bularga rioya etishi zarur, deb ta'kidlaydi. Bunda inson o’zini boshqara olishga qodir bo’lishi, har bir etuk inson uchun zarur bo’lgan xislatlarni tarkib toptirishda kuch va irodaga ega bo`lishi zarur, deydi.

Hulq-odob qoidalari haqidagi fikrlari
inson kamolotida uch narsa
Beruniy inson kamolotida uch narsa muhimligini ta'kidlaydi. Bu hozirgi davr pedagogikasi ham e'tirof qiluvchi irsiyat, muhit, tarbiyadir. Muayyan bir davrda olimlar inson kamolotiga irsiyat, muhitning ta'sirini inkor etib, faqat tarbiyani tan oldilar. Lekin Beruniy o’z zamondoshlari - buyuk mutafakkirlar Forobiy, ibn Sino kabi inson kamolotida har uchalasini ham muhim deb hisoblaydi. Ya'ni u insonning kamolotga yetishida ilm-u ma'rifat, san'at va amaliyot asosiy o’rin tutadi, nasl-nasab, ijtimoiy muhit va ijtimoiy turmush qonuniyatlari ham katta ahamiyatga ega bo’ladi, deydi.
inson kamolga yetishining eng muhim omillari
Abu Rayhon Beruniy nazarida, inson kamolga yetishining eng muhim omillari ilmma'rifatli bo`lish va yuksak axloqlilikdir. Beruniy ilmiy bilishga oid, ta'lim metodlari haqidagi qarashlari bilan ta'lim nazariyasida o’ziga xos maktab yaratdi. Yoshlarni tarbiyalashda esa axloqiy mehnat tarbiyasi, nafosat tarbiyasi, oila tarbiyasi, insonning shaxsiy gigiyenasi, xalqlar o’rtasidagi do’stlik, hamkorlik haqidagi tushunchalar katta ahamiyatga egadir. Olim axloqlilikning belgilari sifatida yaxshilik, to’g’rilik, adolat, kamtarlik,saxovat, olijanoblik, do’stlik va hamkorlik, mehnat va hunar egallash, poklik, go’zallikka intilish kabilarni ilgari surgan. Bularning barchasini u yaratgan asarlaridagi ijtimoiy-falsafiy fikrlarga bog’lab tushuntirgan