4. Abu Rayhon Beruniy. «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» («Osor-ul-boqiya»)dan iqtibos va rivoyatlar
O`n ikki ming teriga o`zilgan kitob
Podshoh Doro ibn Doro xazinasida “Abisto” (“Avesto”)ning o`n ikki ming qoramol terisiga tillo bilan yozilgan bir nusxasi bor edi. Iskandar Maqduniy otashxonalarni vayron qilib, ularga xizmat qiluvchilarni o`ldirgan vaqtda uni kuydirib yuborgan edi. Shuning uchun o`sha vaqtdan beri “Abisto” ning beshdan uch qismi (“ya`ni, o`n sakkiz naski) yo`qolib ketdi. “Abisto” o`ttiz nask edi, majusiylar qo`lida chamasi o`n ikki nask (qism) qoldi.
Yil va fasllar
Quyoshning burjlar falakidagi harakati ul-kullga (kull — hamma, barcha, butun) qarshi harakat qilib, qaysi nuqta bo`lsa ham uning harakatining boshlangan joyi, deb faraz etilgan nuqtaga qaytib kelgunicha o`tgan (muddatda) yil deyiladi. Yil to`rt fasl — bahor, yoz, kuz, qishni va ularning to`rt xil tabiatlarini o`z ichiga olib, qaerdan boshlangan bo`lsa, shu yerda tamom bo`ladi.
Suvning sho`rligini kamaytirish
Agar sho`r suvli quduqlarga yaxshilab quritilgan mumdan bir necha ratl tashlansa, suvdagi sho`rlik kamayishi mumkin. Hatto tajribachilar: “Agar mumdan nozik bir idish yasab, dengiz suviga tashlansa, og`ziga chiqmaydigan bo`lsa, uning ichiga sizib o`tgan suv, albatta, shirin bo`ladi”, deydilar. Chunonchi, kuz va yozda Tinch ko`liga Nil suvi ko`p aralashsa, shirin bo`ladi yoki aksincha, kam aralashsa, juda sho`r bo`ladi.
Xushbo`y suv
Misrda bir tog` etagida ibodatxona yaqinida “Pok” deb mashhur bo`lgan hovuzga tog` tagidagi buloqdan shirin, xushbo`y suv oqib turadi. Qachon biror isqirt, iflos, kir odam unda yuvinsa, suvning ta`mi o`zgaradi, badhid bo`ladi. To suvi bo`shatilib tozalanmaguncha, o`shanday hid chiqaveradi, tozalansa xushbo`ylikka qaytadi.
Ochni to`yg`az
Xalifa Umar ibn Abdulaziz o`g`li Abdullohning ming dirhamga bir qimmatbaho toshni sotib olganini eshitib, o`g`liga xat yozibdi: “Menga yetib kelgan xabarga qaraganda, bir uzuk olibsan. Senga nasihatim shu, darhol o`shani sotib, uning qiymatiga mingta ochning qornini to`yg`az. O`zingga bo`lsa kumushdan uzuk qildir, uning ko`zi ham o`zidan bo`lsin”. Abdulloh otasi aytganday qilibdi.
Dostları ilə paylaş: |