Abu Rayhon Beruniy "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" yoki "Al osor al-boqiya an al-qurun al-xoliya" asari



Yüklə 56,57 Kb.
səhifə5/7
tarix26.09.2023
ölçüsü56,57 Kb.
#149215
1   2   3   4   5   6   7
Abu Rayhon Beruniy “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” yoki

Al-fir qo`rg`oni haqida


Al-Fir — Xorazm shahrining chekkasidagi loy va xom g`ishtdan qurilgan qal`a bo`lib bir-birining ichiga joylashgan va balandlikda bir-biridan qolishmaydigan uch qavat qo`rg`on edi. Bu barcha qo`rg`onlar tepasida Yamandagi G`umdon singari podshohlarning qasrlari bor edi.

Qachon maqtanarli bo`ladi?


Oltin va kumush qadri odamlar orasida tabiiy suvratda emas, balki sun`iy suvratda bo`ladi. Chunki bu ikkalasi tosh bo`lib, odamni ochlikdan to`yg`aza olmaydi, tashnalikni qondirolmaydi, zararni daf qilolmaydi. Mashaqqatdan saqlay olmaydi. Ovqat sifatida manfaati bo`lmay, insonni tiklay olmagan va uning turini boqiy qondirolmagan, kiyim bo`lib odamlarni o`rab asray olmagan, issiq-sovuq qiyinchiliklardan saqlay olmagan va pana yer sifatida saqlanishga yordam berolmaydigan har bir narsa tabiatan maqtanarli emas. Basharti, maqtovga sazovor bo`lguday bo`lsa ham, u tabiiy ravishda maqtalmaydi, balki hayotda zarur bo`lib, boshqaning ehtiyoji tushadigan narsa uning yordamida bo`lsa, shundagina maqtaladi.
Ko`pchilik kishilarning tabiatini pastkash qiladigan yomon xulqdan, haqiqatni ko`rishga imkon bermaydigan omillardan o`zni tozalagach, ularning isbot uchun keltirgan so`z va e`tiqodlarini bir-biriga solishtirish bilan bilinadi. Mana shu aytib o`tganim haqiqiy maqsadga yetkazuvchi eng yaxshi yo`l va bunga dog` tushiruvchi shak-shubhani yuvib tashlash uchun eng ishonchli yordamchidir. Garchi qattiq urinib, zo`r mashaqqat cheksak ham, o`shandan boshqa yo`l bilan maqsadga erisholmaymiz.
Ilmlarning foydasi ochko`zlik bilan oltin-kumush to`plash uchun bo`lmay, balki u orqali inson uchun zarur narsalarga ega bo`lishdir.

Suqrotning javobi


Qadimgi yunonlarda teriga yozish odati bo`lmagan edi. Keltirilishicha, Suqrotdan bu haqda so`rashganda: “Ilmni tirik kishilar qalblaridan o`lik qo`ylarning terlariga ko`chirmayman”, degan ekan.

Yomonning kasofati


Bir kishi, ittifoqo, o`zi tanimagan bir guruh bilan hamroh bo`lib qoldi. Bu kimsalar qaroqchilar bo`lib, bir qishloqni bosib, xarob qilib qaytayotgan edilar. U kishi o`g`rilar bilan birga biroz yo`l bosgach, qasoskorlar yetib kelib, ularni qo`lga oldi. Bu kishi garchi o`g`rilarga sherik bo`lmasa ham, ularga qo`shilgani uchun azobga duchor bo`ldi.

Nomus


Malika Kleopatra (o`z o`lkasiga yopirilib kelayotgan) dushman bo`lmish Avgust qo`liga tushib, nomusi poymol bo`lishidan qo`rqib, ikkala ko`kragiga zaharli ilon qo`ygan ekan. Uning huzuriga kirishganda, u toj kiyib boshi bilan o`ng qo`liga suyanganicha o`tirganmish. Shu ko`yi dushman qo`liga tushib sharmanda bo`lmasdan, obro`sini saqlab qolgan ekan.

Yüklə 56,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin