I BOB. FITRAT HAYOT VA IJODIGA BIR NAZAR.
1.1. Fitra – dramaturg.
Fitrat 1919-1920-yillarda Afg‘onistonning Toshkentdagi elchixonasida tarjimonlik qiladi. Abdurauf Fitrat ijodi hammamizga ma'lum va mashhurdir. Buyuk ustozning "Abulfayzxon" dramasi buning yorqin dalili. Fitrat bu asarida bir millat egalarining axloqi, ish yuritish yo'llari tartibi, tarbiyasi haqida chin so'zlarni aytdi, rost so'zlarni qog'ozga tushirdi. Asar yozilishidan aslida maqsad nima edi? Nega hamma joyda oqni qora deydigan bir paytda Fitrat domla faqat rost so'zlarni yozdi. Chunki ustoz yurt kuyunchagi, millat ertasi haqida o'ylar edi. Ustozga shon-sharaf emas balki, uning yoziqlaridan chiqarilgan xulosalar va ularning amaliyotlari kerak edi. Demak asar haqida bizning fikrlarimiz bunday....
Bugun juda ko'p tanqidiy tahliliy yillarda nazm va nasr faol. Biz asl ma'nosini ochishga bel bog'lagan dramamiz ham chuqur ma'noli asardir. Asar boshlanishida shaxmat o'yinini o'ynayotgan yurt boshqaruvchilarini ko'ramiz. Aslida nega aynan shaxmat? Boshqa o'yin emas. Yurtni boshqarish o'rniga, xalq manfaatini o'ylash o'rniga bekorchilar kabi tutib o'zlarini shaxmat o'ynashlari aslida mamlakat siyosatidan, Abulfayzxon davridan, uning atrofidagi insonlardan xabar beradi. Birinchi Prezidentimiz aytgan edilar: "Yoshlarimizning bosh vaqti, dushmanlarimizning ish vaqti" deb. Bu haqiqat vazir- u ayonlar turli o'yinlar bilan band bo'lgan bir paytda Nodirshoh o'z maqsadlarini amalga oshira boshlagandir. Shaxmat o'yinida ham ramziylik bor, o'yinda kimdir yutadi kimdir esa yutqazadi, kimdir shoh, yana kimdir piyoda. Abulfayzxon taxt uchun nimalar qilmadi deysiz o'z akasini o'ldirdi, islomdan xalovat izlang deganlar nahotki o'sha paytlar yani akasini o'ldirgan paytlar dinni anglagan sifatlar xonni yonida emasdilar. Kechalari uxlayolmay, qotiliga aylangan insonlar ruhi xonni bezovta qilishi hammasi tabiiy hol. Gunohlar qachon tug'iladi bilasizmi? Ular e'tiborsizlikdan tug'iladi deyishadi mashoyihlar. Dramada chuqur ma'no yashiringan, asarning har bir bandi tahlil qilishga arzigulik. Keling asarda qay darajada e'tiborsizlik va ilmsizlik ma'naviy qashshoqlik borligini ochishga urinamiz.
Buyuk sohibqiron nomi bilan yetti iqlimga dong taratgan Amir Timur juda adolatli edi, rostgo'y edi. O'z dushmanlarini ya'ni Nodirshohni sohibqiron darajasiga olib chiqishlarini o'zi mana shu aslida tubdan qulash, ildizlar darz ketishi. Nodirshoh biznikilardan ancha aqlli edi va shuning uchun ham g'alabaga erishdi. Amir Temur "Ko'kda yagona Alloh, yerda yagona xoqon" [1.23.]degan shiorga amal qilgan buyuk davlat arbobi edi. E'tibor beradigan bo'lsak, buyuklarda maqsadlar ham fikrlar ham mustaqil va qa'tiy bo'lgan. Bizning qahramonimiz Abulfayzxon esa o'zining fikrlarining o'rnini Ulfat va Davlatning fikrlariga berdi, bir so'z bilan aytganda, kaltabinligi tufayli mag'lubiyatga uchradi. Bu ishlar voqealar adolatsizlikar ortida juda ko'p sabablar va kimlarningdir g'arazli maqsadlari bor edi. Asarda, Ibrohimbiy obraziga ko'zimiz tushar ekan, unda adolat kabi kerakli tamoyillarni ko'ramiz. U davlatning faqat bugunini, balki ertasini o'ylar edi. Chog'ir ichib e'tiborsiz yashayotgan xonga emas, aslida butun millatga achinar edi. Ibrohimbiy kabi o'ylaydigan kuyunchaklar afsus juda kam edi, balki shuning uchun ham uning qo'li baland kelmagandir. O'z vatanini sotish,unga xiyonat qilish hammasi ma'naviyat bilan, tarbiya bilan uzviy bog'langan. Bugun eng ko'p gapirilgan mavzu tarbiyadir balki. Bu juda muhim ekanligini anglash jarayonlari hali hamon davom etmoqda. Abdulla Avloniy ta'biri bilan aytganda "Tarbiya biz uchun yo hayot, yo momot, yo najot yo falokat yo saodat yo falokat masalasidir". [2.44.] Kichik vatanimiz bu oilamiz, o'sha kichik vatan uchun uning ichidagi odamlar uchun qancha mehnat qilamiz, ular uchun hamma narsaga tayyormiz. Demoqchimizki, vatanimizni ham huddi shunday sevmog'imiz kerak. Agar e'tibor beradigan bo'lsak xonga qarshi turgan insonlar o'z o'yida yurt o'yida emas edi. Kecha kunduz chog'ir ichib umr o'tgazayotgan podshohdan ular qo'rqmay qolishgan to'g'ri o'z vijdonidan qo'rqmaganlar o'zga biridan qo'rqmaydi. Asarning mazmun ko'lami shu qadar c huqurki, biz kitobxonlar har bir obrazni soatlab tahlil qilishimiz mumkin. Biz ko'proq ijobiy obrzalarni yoqlaymiz yoki ular tomon intilamiz, ammo har bir obrazning o'z o'rni, o'z mavqei mavjud. Badiiy asarlarda to'qima obrazlar ham uchraydi, xususan, bu asarda ham. To'qima obraz o'zi nima? Mazkur asarda uning ro'li qay darajada? O'sha davr yoki vaqt taqazosi sabab deyishingiz mumkin, lekin vatanga xizmat qilish, adolat, sadoqat kabi tuyg'ular hamma zamonlarda ammo hamma odamlarda ham yo'q edi. Bir insonning yaxshiligi minglab insonlarni baxtli qilsa bir inson befarqligi butun millat taqdirini qalblarini barbod qiladi. Xayol obrzi orqali Fitrat o'z qalb so'zlarini aytdi, ayta oldi. Bu kabi xayol obrazi boshqa bir asarlarda ham uchraydi masalan "Ruhlar isyoni" asarida. Xayol obrazi orqali yozuvchi o'z so'zlarini to'kis yetgazadi kitobxonga. Bunyod qilguvchi ham, vayron qilguvchi ham insonning o'zi ekanligini to'la to'kis tushunamiz. Nodirshohning quydagi so'zlariga e'tibor beraylik "Mening bir tilagim, yurtingiz tinchligi" aynan mana shu so'zlarga ishonishning o'zi bir mag'lubiyat edi. Qaysi davrda dushman tinchlik tilagan? Ustamon dushmanlar o'z maqsadlariga yetishdi, ayb yana o'zimizda. Ma'rifat, tarbiya, ilm kabi zarur hislatlar bizda yo'q edi. Fitrat shunday deydi "Zikr qilingan uchta tarbiyaning eng muhimi axloqiy tarbiya hisoblanadi"[3.305]. O'zingiz xohlaganingizcha bolangizning aqliy va badan tarbiyasi bilan mashg'ul bo'lishingiz mumkin va qo'lingizdan kelguncha uni dono va baquvvat qiling. Lekin axloqiy tarbiya talab darajasida bo'lmasa aqli hamda jismoniy kuchini o'zi yoki atrofdagilar zarariga ishlatadi.
Binobarin, bolaning aqliy va jismoniy tarbiyasi samarasiz qolmasligi uchun farzandning axloqiy tarbiyasi bilan jiddiy shug'ullanib ko'p harakat qilish lozim. "Ustoz fikrlari hamma davrlarda birdek aziz bo'lgan. Axloqni kamolga yetgazish, nafsni tiyish, qalbga ezguliklar joylash, kimgadir yordam berish ham kimnidir xafa qilish ham axloqdan tarbiyadan. Axloqiy tarbiya: odam axloqini kamolga yetgazish demakdir, yani odamni shunday tarbiya qilish kerakki , feli va amali o'ziga ham, boshqalarga ham foydali va manfaat keltiradigan bo'lsin".[4.170.] Asarda Islom dinining muqaddas kitobi ham tilga olinadi. Bashariyat olami bu muqaddas kitobdan doim panoh tilagan, buyurilgan ishlarni o'rgangan. Bu to'g'risida hadis ham mavjud. Mana shu muqaddas kitobni o'qiydilaru ammo chog'ir ichadilar, ayshu-ishrat qiladilar, odamlar hamma zamonlarda ham bir xil bo'lishgan mening nazdimda. O'qish bilan bir qatorda uqish ham bor, bizning qahramonlarimiz faqat o'qiganlar lekin, uqmaganlar va uqish juda muhim aslida. Islom mukammal din insonni qadrlaydigan ammo unga e'tiqod qilguvchilarchi? Guruch ko'rmaksiz bo'lmaydi deganlaridek, anglamaganlar mavjud edi va hali ham bu davom etmoqda. Fitrat shunday deydi "Islom olami ahvolini isloh etishda bitta yo'l bor. U ham bo'lsa butun Islom olami axloqini isloh etish". Bu davr mafkurasi faqat shu davrga tegishli bo'lib qolmadi, o'zidan keyingi zamonlarga ham ta'sir qildi. "Hind sayyohining qissasi" (Abdurauf Fitrat) [5.21-22.] asar yuqori tanqid ruhida yozilgan, ahvolimizni ko'rmak uchun yorqin ko'zgudir. Buxoro Abulfayzxondan keyin dushmanlar qo'lida yashnamadi, buni biz "Hind sayyohining qissasi" asaridan bilib olamiz. Abulfayzxon taxtni boy berdi, va bu boy berish boshqa zamonlarga ham ta'sir qildi. Kechaning qusurlari ertani yolg'iz qoldirmadi, oradan uzoq yillar o'tsada Buxoro yana aziyatga yuz tutdi. Bilim yurti, bilimlilar yurti ko'plab sinovlardan o'tdi. Qalin ildizlarimizga qurt tushgan edi, va ular bizni osonlikcha tark qilmadi. Bir podshohning tafakkuri butun millatni yo'qotishi yoki gullab yashnatishi mumkin.
Xulosalar turlicha: lekin inson aql bilan ish ko'rmog'i kerak, inson insonni qadrlamog'i shart. Ustoz bizga axloq va insoniy tuyg'ulardan saboq beradi. Har bir obrazdan hayotimiz uchun nimadir olamiz, u xoh yaxshi xoh yomon bo'lsin. Toj taxt uchun kurashalar nizolar aslida hech biri inson atalmish oliy mavjudotdan ustun emas. Asarda har bir obrazning badiiy yuki bor. Ibrohimbiy kabi dono va aqlli bo'lmoq yaxshi albatta. Bugun yoshlarga aytar so'zimiz ko'p, tinch osuda vatanni sevish unga fidoyi farzand bo'lish muhim. Zero vatanni sevmoq iymondandir. Asar insonga manaviy ozuqa bilan bir qatorda ma'suliyat, burch, tarbiya kab i hayotning oltin qoidalarini o'rgatish maqsadida yozilgan. Aka-ukaning bir-biriga bo'lgan e'tibori, sevgi va sadoqqatdan dars bermoq edi asl maqsad. Uyg'oq va mudroq qalblar bor asar maqsadi qalblarni uyg'otmoq, Bugun ertaklar uxlatish uchun emas, uyg'otish uchun aytilmog'i, ruhiyat yani ruh yoshlikdan tarbiyalanmog'i zarur. Badiiy asar esa mana shunday ruhlarga ozuqa beradi.
Fitratning Toshkentdagi eng yirik xizmatlaridan biri «Chig‘atoy gurungi» jamiyatini tashkil etishi bo‘ldi. Jamiyat 3 yil (1918-20) yashadi, lekin o‘zbek tili va adabiyotigina emas, umuman o‘zbek madaniyatining shakllanish va taraqqiyot tarixini yangi, zamonaviy ilm asosida o‘rganishni boshlab berdi. Qayum Ramazon, Shorasul Zunnun, Elbek, Shokirjon Rahimiy, G‘ulom Zafariy, Mirmulla Shermuhamedov, G‘ozi Yunus, Cho‘lpon, Botu, Sanjar Siddiq, Mannon Ramz, Mannon Uyg‘ur jamiyatning faol a’zolari edilar. Fitratning Sh.Rahimiy va Q.Ramazon bilan hammualliflikda yozgan «Ona tili» (1918) darsligi, «Cho‘zg‘ilar» («Unlilar») imlosi haqidagi Q.Ramazon bilan hamkorlikda yozgan «Bitim yo‘llari» (1919) o‘quv qo‘llanmasi, «Insoniyat haqida Navoiyning fikri» (1919) risolasi shu davrda maydonga kelgandir. Qiyosan olganda, jamiyat til masalalariga alohida e’tibor bergani ko‘zga tashlanadi. Jamiyat qoshida «Imlo to‘dasi»ning tashkil topishi bejiz emas edi.Fitrat, Botu, Elbek hamkorliqda 1920-yilning 9-aprelida «Tong» jurnalining 1-sonini bosmadan chiqardilar. Jurnalda «Chig‘atoy gurungi» a’zolarining deyarli barchasi ishtirok etdi. Afsuski, uning 3-soni chiqib, to‘xtab qoladi.
Fitrat o‘z hayotining Toshkent davrida «O‘g‘uzxon», «Chin sevish», «Hind ixtilolchilari» kabi asarlarini yaratdi. Chamasi, Turkiston muxtoriyatining fojiali tugatilishi munosabati bilan yozilgan va adibning so‘ngsiz iztiroblarini ifoda etgan bir pardalik «Temur sag‘anasi» asari ham shu davrda maydonga kelgan. Afsuski, uning to‘la nusxasi yo‘q. Turli munosabat bilan ko‘chirib olingan parchalarigina saqlanib qolgan. «O‘g‘uzxon», mutaxassislar fikricha, bosilgan emas. Uning ustiga, taqdiri noma’lum. «Chin sevish» (1920), «Hind ixtilolchilari» (1923) Hindiston xalqlarining ozodlik, mustaqillik uchun olib borgan kurashlari haqida. Aslida, bu Turkiston voqealarining xorijga ko‘chirib tasvir etilishi edi. Shunga ko‘ra, bu asarlar o‘z davri uchun benihoya dolzarb edi.
1923-24-yillarda Fitrat Moskvadagi sobiq Lazarev Sharq tillari instituga (1921-yildan Sharqshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti)da ishladi, ilmiy ish bilan shug‘ullandi. Leningrad davlat universitetining Sharq fakultetida Sharq xalqlari tili, adabiyoti, madaniyatidan ma’ruzalar o‘qidi, professorlikka saylandi.
Abdurauf Fitratdan boy va rang-barang meros qolgan. Kichkina bir muqaddimada uning ijodiy merosining hamma qirralarini batafsil yoritish bir yoqda tursin, hatto shunchaki sanab chiqish ham amri mahol.
Abdurauf Fitrat o‘ziga xos, yuksak mahoratli dramaturg edi. 20-yillarda u o‘nga yaqin dramatik asarlar yaratdi va ularning hammasi o‘sha paytda sahnalashtirildi.Fitratning ko‘p asarlari tarixiy voqealarga bag‘ishlangan bo‘lib, ularda tojik va o‘zbek xalqlarining qahramonlik an’analari, chet el bosqinchilariga qarshi kurashi, erksevarligi, adolat va haqiqatga tashnaligi tasvirlangan. Masalan, Fitratning Firdavsiy “Shohnomasi” asosida yozilgan “Zohhoki moron” fojeasi 1919-yildayoq sahnaga qo‘yilgandi. Shundan keyin 1920-yilda uning “Begijon”, “Chin sevish” kabi pyesalari qo‘yiladi. “Chin sevish” hind hayotidan olingan bo‘lib, unda taraqqiyparvar hind yoshlarining o‘z vatanlarining mustaqilligi uchun kurashi, ingliz mustamlakachilariga qarshi faoliyati hikoya qilingan. Keyinroq esa bu mavzuda Fitrat yana “Hind ixtilolchilari” dramasini ham yozdi. Uning tarixiy dramalari haqida gapirganda “Temur sog‘anasi”, “Abulfayzxon”, “Arslon” kabi asarlarini ham sanash kerak. 20-yillarda va ayniqsa, 30-yillarda bu asarlarni g‘oyaviy jihatdan ayblagan maqolalar ko‘p yozildi. Ularda muallif o‘tmishni ideallashtirishda, millatchilik g‘oyalarini targ‘ib qilishda ayblandi. Hatto “Hind ixtilolchilari”dan ayrim parchalar keltirib ingliz mustamlakachilari haqidagi gapni “bu ruslar haqida aytilgan” deyishdan ham toymagan odamlar bo‘ldi. Keyin esa bu mulohazalarning hammasi Fitratni xalq dushmani deb atashga, uning qatl qilinishini oqlashga xizmat qildi. Men bu mulohazalarni aytar ekanman, albatta, bu bilan Fitratning dramalari har qanday kamchiliklardan xoli edi demoqchi emasman. Ularning mazmunida ham bahsli o‘rinlar bo‘lganidek, badiiy shaklida ham muayyan nuqsonlar bor. Ular haqida istagancha gapirish, tanqidiy mulohaza yuritish mumkin, ammo ularning hech qaysisi Fitratga qo‘rqinchli siyosiy ayblar taqashga, unga do‘q qilishga, uni repressiya qilishga asos bermaydi. Fitrat san’atkor sifatida o‘zi tasvirlayotgan voqelik parchalariga mustaqil qarashga ham, hatto adashishga, xato qilishga ham haqqi bor.
Umuman, 20-yillar, xususan 2-yarmi, Fitrat ilmiy faoliyatida muhim yillar bo‘ldi. U o‘z ahamiyatini bugungi kungacha yo‘qotmay kelayotgan «Eng eski turkiy adabiyot namunalari» (matn, tadqiqot, izohlar, Samarqand — Toshkent, 1927), «O‘zbek adabiyoti namunalari» (matn, tadqiqot, izohlar, Samarqand-Toshkent, 1929), «Sharq shaxmati» (Samarqand — Toshkent, 1928), «O‘zbek klassik musiqasi va uning tarixi» (Samarqand — Toshkent, 1927), «Fors shoiri Umar Xayyom» (Samarqand — Toshkent, 1929) kabi ko‘plab tadqiqotlar e’lon qildi. Matbuotda qanchadan-qancha maqolalar bosdirdi. Bu asarlari bilan yangi o‘zbek fani-madaniyatining bir qator yo‘nalishlariga yo‘l soldi. Xususan, Turkiston xalqlarining boy va qadim madaniy merosini har tomonlama, izchil va muntazam, ayni paytda, chuqur ilmiy o‘rganishni boshlab berdi.
Ming yillar osha yonma-yon yashab kelgan o‘zbek-tojikning adabiy-madaniy merosidagi mushtarak jihatlarga diqqatni qaratdi. O‘zbek adabiyotining manba-masha’larini aniqlab berdi, tarixiy taraqqiyotini yoritdi. Adabiy oqimlar, maktablar, ularning vakillarini o‘rgandi. Davrida shuhrati olamga yoyilib, za-monlar o‘tishi bilan tarix qatlarida unutilib qolgan o‘nlab shoirlarning merosini izlab topdi, qayta kashf etdi. Afrosiyob — Alp Er To‘nga marsiyasidan Yassaviygacha, Yusuf Xos Hojibdan Turdi, Mashrab, Umarxongacha, zamondoshlari Elbeku Cho‘lpongacha yozdi. Yangi o‘zbek adabiyotshunosligi ilmining tamal toshini qo‘ydi. Fitrat o‘zbek adabiyotshunosligining otasi bo‘lgan. U klassik adabiyotimizdagi ko‘pgina siymolar haqida qo‘lyozma manbalar asosida birinchi maqolalarni yozgan edi. Masalan, u Bedil, Yassaviy, Turdi, Mashrab haqida birinchi maqolalarni e’lon qilgan, birinchi bo‘lib, “O‘zbek adabiyotidan namunalar” degan kitobni yozgan. Bu kitob 1927-yilda Moskvada nashr etilgan bo‘lib, o‘zbek adabiyoti haqida ozmi-ko‘pmi sistemali tasavvur beradigan xrestomatiya edi. Bu kitob 20-yillarda O‘zbekistondadam juda mashhur bo‘lgan, hozir ham o‘zining ilmiy qimmatini mutlaqo yo‘qotmagan atoqli turk olimi Ismoil Hikmatning to‘rt jildlik “Turk adabiyoti tarixi” kitobidan andoza olib yaratilgan. Fitrat maqolalari uchun ham juda ko‘p dakki yegan, boshi malomatdan chiqmagan edi.
«Adabiyot qoidalari» (1926) va so‘ngroq yozgan «Aruz haqida» (1936) kitoblari bilan buyuk Navoiylar yuksak bosqichga olib chiqqan o‘zbek adabiy estetik tafakkurini yangi davr tushunchalari bilan boyitdi, davom ettirdi va adabiyot nazari-yasi bo‘yicha ham zamonasining yetakchi mutaxassisi sifatida e’ti-bor va e’tirof qozondi.
Fitrat ilgʻor demokratik gʻoya va fikrlari uchun koʻpchilik jadidlar qatorida shakkoklik va isyonkorlikda ayblandi. Chor maʼmurlari esa uni mustamlakachilikka qarshi turganlikda aybladilar, kommunistik mafkura humron boʻlgan shoʻrolar davrida esa, millatchilikda, panturkizm gʻoyasi tarafdori, „xalq dushmani“ degan tuhmatlar bilan aybladilar. Professor H.Yoqubovning hikoya qilishicha, Fitratni 1937-yilgacha uning doʻsti Fayzulla Xoʻjayev oʻz himoyasiga olib kelgan. 1937-yilda koʻpchilik qatori Fitrat ham NKVD tomonidan qamoqqa olingan.Tergov va so‘roqlar boshlandi. Bir yarim yillik qiynoqlardan so‘ng «millatchi», «aksilinqilobchi», «aksilsho‘roviy» degan ayblari yetmay, «xalq dushmani», «vatan xoini» kabi tavqi la’natlar yopishtirildi. Eng keyin «topgan»lari «nemis», «ingliz» razvedkasi «ayg‘oqchi»si ekanligi bo‘ldi. Va shular asosida SSSR Oliy sudi harbiy kollegiyasi tomonidan sud qilinib, 1938-yilning 4 oktyabrida otib o‘ldirildi.
Fitratning ijodiy merosi
Fitrat qomusiy ilmga ega, o‘z qalamini badiiy va ilmiy ijodning juda ko‘p sohalarida sinab ko‘rgan va muvaffaqiyat qozongan kamyob iste’dodlardan edi. H. Boltaboyev «Noma’lum Fitrat» maqolasida adib asarlarining 87 ta ko‘rsatkichini ilova qilgan edi. Ilhom G‘aniyev va B. Ergashev 1994-yilda bu ko‘rsatkichni 134 taga yetkazadilar. Ularning salmoqli bir qismi she’r, hikoya, ijtimoiy nasr, drama singari badiiy janrlarda yozilgan asarlardir. Ikkinchi bir qismi — publitsistika, kundalik maqolalar. Yana bir qismini turli-tuman o‘quv darsliklari tashkil qiladi. Nihoyat, yana muhim bir qismi ilmiy-adabiy tadqiqotlardan iborat. Darvoqe, uning ilmiy tadqiqotlari birgina adabiyotshunoslik doirasida cheklanmaydi. U zabardast tilshunos, tarixchi, faylasuf, huquqshunos, musiqashunos. U o‘rta asrlardagi qomusiy ziyolilarimiz singari musiqaning ham nazariyasi, ham amaliyoti bilan shug‘ullangan, u haqda maxsus risola yarattan. U shaxmat tarixi haqida tad-qiqiy maqolalar yozgan, hatto yer qurilishining ilmiy jihatlari bilan qiziqqan va yaqindan shug‘ullangan keng qamrovli iste’dod ekanligi ma’lum bo‘ladi.1
Dostları ilə paylaş: |