Abulqosimov h. P., Muminov n. G


Geografik “kul rang hududlar”



Yüklə 4,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə148/158
tarix21.10.2023
ölçüsü4,1 Mb.
#158377
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   158
9JYP6FK7Ysicny4COFKL

Geografik “kul rang hududlar”.
Bularga qonuniy hukumat 
tomonidan nazorat qilinmaydigan, “uchinchi dunyo” mamlakatlari 
xaritalarida oson topiladigan hududlar kiradi. Lotin Amerikasida bu 
Peru, Boliviya va, ayniqsa, Kolumbiyaning bir qator hududlari bo‘lib, 
u yerda hukumat narkopartizanlar (masalan, Kolumbiyaning 
inqilobiy qurolli kuchlari) va oddiy narkobanditlar qo‘lidadir. 
Osiyoda “kul rang hududlar” sifatida Afg‘oniston va Myanmaning 
ba’zi yerlari namoyon bo‘ladi. Afrikada “kul rang hududlar” vaqti-
vaqti bilan fuqarolik urushlari bo‘lib turayotgan mamlakatlarda – 
Angola, Serra-Leone, Liberiyalarda joylashgan. 


Yarim asr oldin bunday hududlarning barqaror mavjudligini 
tasavvur ham qilib bo‘lmas edi. Hozir esa, kontrabanda biznesini 
keng taraqqiy etishi, rasmiy hukumatni tan olmaydigan oppozitsion 
guruhlar barqaror moliyaviy bazalarga egalar: Lotin Amerikasi “kul 
rang hududlari” kokain narkotraffigiga tayanadilar, Osiyo “kul rang 
hududlari” – geroin narkotrafigiga, G‘arbiy Afrika “kul rang 
hududlari” – olmos kontrabandasiga tayanadilar. 
Tarkibiy-iqtisodiy “kul rang hududlar”
. Xalqaro moliya 
biznesi butun dunyoda sekin-asta kul rang tus olmoqda. Harom 
pullarni yuvish va daromadlarni yashirish bilan bog‘liq mojarolarda 
faqatgina Kayman orollarining banklari emas, balki Shveysariya, 
AQSh va boshqa rivojlangan mamlakatlarning e’tiborli moliyaviy 
tuzilmalari 
ham 
aralashib 
qolishmoqda. 
Ilmiy-texnikaviy 
taraqqiyotning jadal o‘sib boruvchi natijasi hisoblanmish xalqaro 
Internet-iqtisodiyot ham borgan sari kul rang tus olmoqda. 
Globallashuv jarayonining raqiblari birinchi navbatda, ularning 
fikri bo‘yicha, global totalitarizm xavfini olib keluvchi “yangi xalqaro 
tartib”dan tashvishlanishadi. Umuman olganda, globallashuv jarayoni 
“xalqaro tartib”dan tashqari jinoiy globallashuv ko‘rinishidagi 
“xalqaro tartibsizlik”ga ham olib kelishi mumkin. 

Yüklə 4,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   158




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin