kengayishining sababi qishloq migrantlarining
qoloqligi tufayli
rasmiy sektorda ish topa olmasligi emas,
balki raqobat
munosabatlarining
erkin
rivojlanishiga
to‘sqinlik
qiluvchi
byurokratik (ma’muriy) tashkilotchilikdir.
Boshqacha aytganda, E. de Soto “uchinchi dunyoda” xufyona va
legal biznesni sifat jihatdan baholashni boshdan oyoq o‘zgartirdi.
Uning fikricha, rivojlanayotgan mamlakatlarda
legal iqtisodiyot
merkantilistik aloqalar bilan tushovlangan,
xufyonachilar esa
o‘zlarining xususiy xo‘jaliklarini erkin raqobat tamoyillari asosida
tashkil etib, haqiqiy demokratik iqtisodiy tartib o‘rnatadilar.
Bu yerda eslatib o‘tish lozimki,
merkantilizm Yevropada
iqtisodiyot siyosat turi sifatida XVI - XVIII asrlarda hukmronlik
qilgan bo‘lib, siyosiylashtirilgan xo‘jalik tizimi bo‘lib, unda
tadbirkorlik faoliyatini qat’iy reglamentatsiya qilingan.
Davlat
iste’molchilarga nima ishlab chiqarishni tanlashga imkon bermagan,
qanday iqtisodiy faoliyat turini belgilash va rivojlantirish yoki kerak
bo‘lmagan faoliyat sifatida man qilish huquqini o‘zida qoldirgan».
Davlat amaldorlarining bu “oliy darajadagi donoligiga” rivojlangan
mamlakatlarda iqtisodiy liberalizm to‘liq g‘alaba
qozongan XIX
asrdayoq barham berilgan. Ammo hozirgi zamon bozor xo‘jaligining
periferiyalarida merkanistik siyosat amal qilmoqda. Bu siyosat
"so‘llar" va liberallar tomonidan qo‘lab-quvvatlanmoqda.
E. de Soto rahbarlik qilgan Erkinlik
va demokratiya instituti
Peruda odatdagi legal biznes bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan
shaxslarning to‘lashga majbur bo‘lgan xarajatlarini “qonuniylik
bahosini” aniqlash uchun bir qancha iqtisodiy eksperimentlar
o‘tkazishgan
153
.
Aniqlanishicha, kiyim –kechak tikish bo‘yicha
fabrikani ro‘yxatdan o‘tkazish uchun 289 kun va 32 eng kam oylik
ish haqi miqdorida mablag‘ (pora, bojlar, yo‘qotilgan daromad)
sarflangan. Hatto ko‘cha kioskasida savdo
qilish uchun litsenziya
olish uchun byurokratik labirintlar bo‘ylab yurish bo‘yicha 43 kun va
15 eng kam ish haqi miqdorida pul mablag‘lari sarflangan
(qarang:7.4.1-jadval).
153
Сото Э. де.
Иной путь. Невидимая революция в третьем мире. С. 49.