Assambleyasining
72-sessiyasidagi
nutqida
“Bizning asosiy
vazifamiz – yoshlarning o‘z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur
sharoitlar yaratish, zo‘ravonlik g‘oyasi “virusi“ tarqalishining oldini
olishdir”, - deya ta’kidlab o‘tgandi. Shu ma’noda davlatimiz rahbari
tomonidan mamlakatlarga BMTning Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi
xalqaro konvensiyasini ishlab chiqish taklif etildi hamda BMT Bosh
Assambleyasining “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” deb nomlangan
maxsus rezolyutsiyasi qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasining “Terrorizmga qarshi kurash
to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq terrorizmga qarshi kurashning
asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
•
qonuniylik;
•
shaxs huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining
ustuvorligi;
•
terrorizmning oldini olish choralari ustuvorligi;
•
jazoning muqarrarligi;
•
terrorizmga qarshi kurash oshkora va nooshkora usullarining
uyg‘unligi;
•
jalb etiladigan kuchlar vavositalar tomonidan terrorchilikka
qarshi o‘tkaziladigan operatsiyaga rahbarlik qilishda yakkabosh-
chilik.
Terrorizmga qarshi kurashning muhim yo‘nalishlaridan biri
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni
moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni
moliyalashtirishga qarshi kurashish hisoblanadi. Shu boisdan 2004 yil
26 avgustda O‘zbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan
olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalash-
tirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga
qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilingan va unga so‘ngi
marta 2019 yil 15 yanvarda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan.
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Dostları ilə paylaş: