Qonuniy iste’mol tovarlari kontrabandasi.
Tamaki, alkogol
ichimliklari va dabdabali buyumlar (masalan, qimmatbaho
avtomobillar) kabi qonuniy kontrabanda tovarlariga talab yuqori
import uchun boj to‘lovlari va aksizlarga ega bo‘lgan mamlakatlarda
juda yuqoridir. Chunki ushbu mamlakatlarda qonuniy tovarlar
qimmatlashib ketadi. Shu sababdan, jahon xo‘jaligida faqatgina
taqiqlangan tovarlar emas, balki oddiy tovarlar kontrabandasi ham
daromad keltiradi. Bunga iste’molchilarni qimmat tovarlarni bojxona
yig‘imlari to‘lamasdan arzon narxlarda sotilishi mumkinligi sababchi
bo‘lmoqda. Qonuniy tovarlar kontrabandasini tashkilotchilari sifatida
faqatgina mafiyaga tegishli firmalar emas, balki rivojlangan
mamlakatlarning oddiy qonuniy firmalari ham namoyon bo‘ladilar,
ularning asosiy maqsadi bojxona bojlarini aylanib o‘tish hamda
ko‘proq bozorlarni egallashdir. Masalan, jahon sigaret bozori
eksportining 1/3 qismi kontrabandaga to‘g‘ri keladi.
Pullarni poklab olish (yuvish) va daromadlarni yashirish
.
Ba’zi tadqiqotchilarning hisob-kitoblari bo‘yicha har yili taxminan
500-1000 mlrd.AQSh dollari miqdoridagi mablag‘ poklab olinadi
(yuviladi), bu xalqaro savdo umumiy hajmining 10 foizga tengdir.
Xorijiy kompaniyalar va banklarni ro‘yxatdan o‘tkazish va faoliyat
yuritishning qulay shart-sharoitlari, bank sirlarini saqlash kafolatlari
va siyosiy barqarorligi bilan o‘ziga jalb etuvchi “soliq bandargohlari”
faqatgina rivojlanayotgan mamlakatlarda emas (Kayman va Bermud
orollari kabi), balki rivojlangan mamlakatlarda ham mavjud –
masalan,
Shveysariya
yoki
Lyuksemburg.
Bunday
bank
markazlarining mijozlari bo‘lib sof mafiya tashkilotlari (birinchi
navbatda narkobiznes bilan bog‘liq), hamda o‘z daromadlarini
soliqdan
yashiruvchi
qonuniy
transmilliy
korporatsiyalar
hisoblanishadi.
Dostları ilə paylaş: