Yarim asr oldin bunday hududlarning
barqaror mavjudligini
tasavvur ham qilib bo‘lmas edi. Hozir esa,
kontrabanda biznesini
keng taraqqiy etishi, rasmiy hukumatni tan olmaydigan oppozitsion
guruhlar barqaror moliyaviy bazalarga egalar: Lotin Amerikasi “kul
rang hududlari” kokain narkotraffigiga tayanadilar, Osiyo “kul rang
hududlari” – geroin narkotrafigiga, G‘arbiy Afrika “kul rang
hududlari” – olmos kontrabandasiga tayanadilar.
Tarkibiy-iqtisodiy “kul rang hududlar”
.
Xalqaro moliya
biznesi butun dunyoda sekin-asta kul rang tus olmoqda. Harom
pullarni yuvish va daromadlarni yashirish bilan bog‘liq mojarolarda
faqatgina Kayman
orollarining banklari emas, balki Shveysariya,
AQSh va boshqa rivojlangan mamlakatlarning e’tiborli
moliyaviy
tuzilmalari
ham
aralashib
qolishmoqda.
Ilmiy-texnikaviy
taraqqiyotning jadal o‘sib boruvchi natijasi hisoblanmish xalqaro
Internet-iqtisodiyot ham borgan sari kul rang tus olmoqda.
Globallashuv jarayonining
raqiblari birinchi navbatda, ularning
fikri bo‘yicha, global totalitarizm xavfini olib keluvchi “yangi xalqaro
tartib”dan tashvishlanishadi. Umuman olganda, globallashuv jarayoni
“xalqaro tartib”dan tashqari jinoiy globallashuv ko‘rinishidagi
“xalqaro tartibsizlik”ga ham olib kelishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: