Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq
operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlarning, shuningdek ichki
nazorat qoidalariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazoratni
amalga oshiruvchi organlar jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni
legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in
qurolini tarqatishni moliyalashtirish yuzasidan ehtimol tutilgan
tavakkalchiliklarni o‘rganishni, tahlil qilishni va aniqlashni o‘z
faoliyatida tizimli ravishda, yiliga kamida bir marta amalga oshirishi,
o‘rganish natijalarini hujjatlar bilan qayd etishi hamda aniqlangan
tavakkalchiliklarni kamaytirishga doir tegishli choralar ko‘rishi shart.
Dostları ilə paylaş: