taqdim etadi, xodimlarni davlat xizmatiga yollashni amalga oshiradi
va hakazo). Masalan, soliq xizmati doirasida prinsipal sifatida
soliq
xizmati rahbari timsolida davlat namoyon bo‘ladi, agentlar – soliq
to‘plovchilar, mijozlar – soliq to‘lovchilar namoyon bo‘ladi.
Soliqlarni to‘lash evaziga soliq to‘lovchilar qonuniy faoliyat yuritish
imkoniyatiga egadirlar, aks holda ularni jarimalar va boshqa jazolar
kutadi.
5.2.2-rasm. Korrupsiyaning «prinsipal-agent-mijoz» modeli
64
Tartibga solish tizimining sifati ushbu tizimda prinsipal va agent
o‘rtasida manfaatlar borasida nizolar paydo bo‘lishiga bog‘liq.
Umuman olganda, hukumat har
bir mijozga shaxsan xizmat
ko‘rsatishga na vaqti, na imkoniyati bor. Shu sababdan, mijozlarga
xizmat ko‘rsatish imkoniyatini ma’lum
bir qoidalar doirasida
amaldorlarga topshiradi. Amaldorlar-agentlar o‘z
mijozlarini
hukumat-prinsipaldan yaxshiroq bilganlari sababli ular bilan samarali
ishlay oladilar. Lekin prinsipalga ko‘p sonli prinsipal-agentlar o‘z
vazifalarini bajarishi ustidan nazorat qilish murakkabdir.
Bunda
64
Qarang: Теневая экономика: учеб. пособие / И.П. Овсянникова; ФГБОУ ВО
РГУПС. – Ростов н/Д, 2015. – С.28.
Dostları ilə paylaş: