nazorat qiladi. Shaxsiy munosabatlar o‘rniga xizmat yuzasidan
bo‘ladigan munosabatlar qaror topadi, shu boisdan amaldorlar
tomonidan ish haqidan tashqari shaxsiy daromad olishlari ijtimoiy
ahloq va qonun normalariga zid deb targ‘ib qilish boshlandi. Bundan
tashqari neoklassik iqtisodiy nazariya g‘oyasi iqtisodiy erkinlik
g‘oyasini ilgari surib, kishilar o‘z ishlarini o‘zlari bajarishini va o‘z
yo‘llaridan
yurishlarini, davlatning esa iqtisodiyotga aralashmasligi
lozimligini asosladilar. Agar amaldorda tartibga solish imkoniyatlari
kamaysa, u holda ularning pora olish imkoniyatlari ham kamayadi.
Pirovardida markazlashgan davlatda amaldorlarning korrupsiyasi
yo‘q bo‘lmagan bo‘lsa ham, har holda keskin kamayadi.
Rivojlangan
mamlakatlarda
korrupsiya
rivojlanishi
evolyutsiyasida XIX va XX asrlar yangi bosqich bo‘ldi. Bu davrda bir
tomondan, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish, shuningdek
amaldorlar hukmronligi kuchaydi. Ikkinchi tomondan, yirik biznes
vujudga kelib, raqobat kurashida “davlatni sotib olish” usulidan keng
foydalana boshlandilar. Bunda ular siyosatchilar va yuqori davlat
xizmatchilari faoliyatini yirik kapital manfaatlarini himoya qilishga
bo‘ysundira boshladilar. Rivojlangan mamlakatlarda, shu jumladan,
G‘arbiy
Yevropa mamlakatlarida, ikkinchi jahon urushidan keyin
siyosiy partiyalar ahamiyati osha borgani sari partiyaviy korrupsiya
avj ola boshladi. Yirik kompaniya, moliyaviy-sanoat guruhlar,
o‘zlarining manfaatlariga mos keladigan qonunlarni qabul qilinishini
ta’minlash maqsadida ro‘yobga chiqarish uchun saylovoldi
jarayonlarida partiya kassalariga mablag‘ ajrata boshladilar. Yirik
siyosatchilar o‘z mavqeilaridan shaxsiy daromad olish manbai
sifatida foydalana boshladilar. Masalan,
Yaponiyada hozirgi vaqtda
ham siyosiy arboblar xususiy kompaniyalarga foydali shartnomalar
olishlarida ko‘maklashganlari uchun kelishuvdan foiz olishga harakat
qiladilar. Keyingi yillarda Janubiy Koreya Respublikasining bir
necha prezidentlarining korrupsiya majoralari tufayli javobgarlikka
tortilganliklari ham bunga misol bo‘ladi. Ayni paytda ichki firma
xizmatchilari mustaqilligining oshirilganligi tufayli, ularning ham o‘z
mavqeilarini suiste’mol qilish holatlari ko‘paymoqda.
XX asrning ikkinchi yarmida ko‘plab “uchunchi dunyo”
mamlakatlari mustaqillikka erishganlarida so‘ng ularda ham
korrupsiya kuchaydi. Bunga Filippin, Indoneziya va boshqa ko‘plab
rivojlanayotgan mamlakatdlarda yuz bergan korrupsiya majorali
misol bo‘ladi. Misol uchun Filippindagi
prezident Markos va
Indoneziya prezidenti Suxarto o‘z davrida korrupsion faoliyatlari
natijasida juda katta boylik to‘plaganlari hamda shuning uchun ham
ular hokimiyatdan sharmandalarcha chetlatilganlar. Filippin,
Paragvay, Gaiti va ko‘plab afrika mamlakatlarida kleptokratik
rejimlar vujudga kelgan ediki, ularda korrupsiya barcha ijtimoiy-
iqtisodiy munosabatlarni, iqtisodiyotning barcha soha va tarmoqlarini
qamrab olgan bo‘lib, porasiz hech nima qilib bo‘lmay qolgan edi.
Bunday mamlakatlarda oilaviy klanlar paydo bo‘lgan edi.
Korrupsiyaning “pastdan yuqoriga”, ya’ni boshliq barcha
ayblovlarni quyi pog‘ona amaldorlarga to‘nkash
imkoniyatiga ega
bo‘ladigan tizimi bilan birga “yuqoridan pastga” tizimi ham mavjud
bo‘lgan. Bu tizimda boshliq porani bevosita o‘zi olib, uni o‘zining
qo‘l ostidagi xodimlari bilan bo‘lishgan. Bunday tizim Janubiy
Koreyada mavjud bo‘lgan
62
.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar va savdo aloqalarining
rivojlanishi ham korrupsiyani rag‘batlantiridi. Yirik transmilliy
kompaniyalar
muzokaralar
o‘tkazish
xarajatlariga
yuqori
lavozimdagi amaldorlarga beriladigan sovg‘alarni (poralarni)
kiritadigan bo‘lishdi. O‘tgan asrning 70-yillarida amerika “Lokxid”
firmasining GFR, Yaponiya va boshqa davlatlardagi yuqori martabali
siyosatchilariga
o‘zlarining
unchalik
yaxshi
bo‘lmagan
samolyotlarini sotishda yordam berganliklari uchun juda katta
miqdorda sovg‘a (pora) berganliklari bilan bog‘liq majoralar sodir
bo‘lgan edi.
Korrupsiya 1990 yilarda sobiq sotsialistik, ya’ni
bozor
iqtisodiyotiga o‘tishga qaratilgan islohotlar amalga oshirilayotgan
o‘tish iqtisodiyoti davlatlarida juda keng rivoj topdi. Davlat
hokimiyati tarkibida faoliyat yuritayotgan yuqori davlat amaldorlari
bir vaqtning o‘zida ham davlat ishida, ham o‘zlarining tijorat ishlarida
katta lavozimlarida ishlab, o‘z shaxsiy manfaatlari yo‘lida
mavqelarini suiste’mol qilganlar. Bunday holat hozirgi vaqtda ham
62
Qarang: Теневая экономика: учеб. пособие / И.П. Овсянникова; ФГБОУ ВО
РГУПС. – Ростов н/Д, 2015. – С.26.
bir qancha o‘tish iqtisodiyoti mamlakatlarida davom etmoqda. XXI
asrning boshlarida jahon va Yevropa futbol uyushmalari rahbarlari
bilan bo‘lgan korrupsion majoralar bunday illatning jamiyatning
barcha sohalariga va global miqyosda keng
yoyilganligidan dalolat
beradi.
Dostları ilə paylaş: