Academic Research in Educational Sciences issn



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə5/7
tarix22.12.2022
ölçüsü0,85 Mb.
#77354
1   2   3   4   5   6   7
tarixiy-yodgorliklarni-saqlash-va-qayta-tiklashda-3d-texnologiyasi-ahamiyati

tasvirlar bazasi”ni yaratish uchun hamkorlik qilmoqdalar[19]. Ular dunyodagi, ayniqsa mojaroli hududlardagi tarixiy diqqatga sazovor joylarni virtual rekonstruksiya qilishni qo‟llab-quvatlamoqdalar. Tarixiy yodgorliklarning 3D modellarini yaratish uchun butun dunyo tashkilotlari bilan hamkorlik qilmoqdalar. Hozirda muzey eksponatlarini 3D modellashtirish keng tarqalishiga qaramasdan, yirik hajmli madaniy yodgorliklarning raqamli modellarini yaratish sekinlik bilan rivojlanmoqda.
O‟zbekistonda ham so‟nggi yillarda tarixiy yodgorliklarni 3D formatida modellashtirish asosida rekonstruksiya modellarini yaratishga alohida e‟tibor berilmoqda. Mamlakatimizda 2018 yilda Polshaning Lyubin Texnologiya universiteti IT sohasi mutaxassislari bilan hamkorlikda “Ipak yo‟li 3D formatda” loyihasi ish boshlagandi. Bu loyiha doirasida Samarqaand, Buxora, Xorazm va Shaxrisabz shaharlarida tarixiy obidalarni 3D skanerlash orqali tadqiqotlar olib borildi. Loyihada O‟zbekistondagi 4ta universitet, jumladan, O‟zbekiston Milliy universiteti, Samarqand davlat universiteti, Urganch davlat universiteti, Chirchiq davlat pedagogika institutlari ishtirok etdi. “Ipak yo‟li 3D formatda” loyihasi yakuniy xulosalari sentyabr oyida O‟zbekistonda bo‟ladigan ilmiy-amaliy konferensiyada e‟lon qilinadi. Loyiha O‟zbekiston tarixini, madaniyatini targ‟ib etishda katta ahamiyatga ega bo‟lishi kutilmoqda.
2021 yil 14-iyundan yurtimizda "Yangi O`zbekiston. Yangi nigoh" dasturi doirasida tarixiy obida, yodgorliklarni 3D formatda raqamlashtirish bo‟yicha yangi loyiha o‟z faoliyatini boshladi. Bu loyiha asosan Samarqandda amalga oshiriladi. Raqamlashtirish uchun tarixiy yodgorlilarimizdan Go‟ri Amir maqbarasi, Bibixonim masjidi, qadimiy Afrosiyob manzilgohi, Ulug‟bek rasadxonasi, Registon maydoni va Juma maqbarasi tanlab olingan. Rivojlangan texnologiyalar yordamida tarixiy obidalarimizning raqamli rekonstruksiyasini amalga oshirish va VR formatida namoyish etish etish imkoniyatini beradi. Davlatimizda Nurulin Timur tomonidan Yerqo‟rg‟on qadimiy manzilgohi (mil.avv.IX-VIII asrlar-mil.VI asrlarga oid qadimiy shahar xarobasi) [15] va So‟g‟d me‟morchiligiga oid Oqtepa Yunusobod qal‟asining (V-XIII asrlarga oid yodgorlik) [16] 3d rekonstruksiya qilingan.




Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin