Academic Research in Educational Sciences issn



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə6/7
tarix22.12.2022
ölçüsü0,85 Mb.
#77354
1   2   3   4   5   6   7
tarixiy-yodgorliklarni-saqlash-va-qayta-tiklashda-3d-texnologiyasi-ahamiyati

Yerqo‟rg‟on shahrining 3D rekonstruksiyasi Nurulin T.S .tomonidan ishlangan.


XULOSA


Tarixiy-madaniy yodgorliklar insoniyatning rivojlanishida, ma‟naviy kamolotga yetishida muhim ahamiyatga ega. Ana shunday madaniy meroslar tufayli ajdodlarimizning turmush tarzi, xo‟jalik shakllari, madaniyati, san‟ati haqida bilim va tasavvurga ega bo‟lamiz. 3D texnologiyasi ana shu tarixni yanada ishonchli va to‟liq aks ettirish imkonini beradi, hamda madaniy yodgorliklarni muhofaza qilish va uzoqroq muddatga saqlab qolishda katta ahamiyatga ega. Yodgorliklarni restavratsiya qilish va rekonstruksiya qilishning asosiy talablaridan biri asl
ko‟rinishda saqlab qolish hisoblanar ekan, bunda avvalo, yodgorliklarning barcha me‟moriy elementlari, qurilish texnikasi

va uslublarini aniq tasvirlashni talab qiladi. Klassik usulda murakkab tuzilishga ega yodgorliklarni barcha me‟moray yutuqlari bilan tiklsh juda ko‟p mehnat talab qiladi. Zamonaviy rivojlangan texnologiyalar tez va aniqlik bilan yuqori natijalarni bera oladi. Raqamli model nafaqat madaniy yodgorliklar uchun ma‟lumotlarni ishonchli saqlash, balki uni kelajakda rivojlantirish va uzoq muddatga saqlash va arxivlash bilan bog‟liq yangi yechimlarni tanlash imkoniyatiga ega.


Butunlay yo‟q bo‟lib ketgan davlat, shaharlar va yodgorliklarning uch o‟lchamli virtual rekonstruktsiylari o‟z tarixi haqida hikoya qiluvchi ajoyib ko‟rgazmali qurollarga aylanadi va insonlarga tarixi haqida batafsil ma‟lumot bera oladi. Endilikda har bir qiziquvchi inson dunoning istalgan hududidagi tarixiy yodgorlik bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‟lmoqda. Uch o'lchovli modellar asl nusxaga hech qanday aralashmasdan yodgorlikning turli holatlarini vizualizatsiya qilish uchun ajoyib vosita bo‟lib, an'anaviy arxitektura va qurilish restavratsiyasidan farqli o'laroq, virtual restavratsiya tarixiy qadriyatlarning variantlari, faraziy tasvirlari, holatlarini qurish va aks ettirish imkonini beradi, bu ularning haqiqiyligiga tahdid solmaydi [11]. Bu o'z navbatida, bizga madaniy meros to‟g‟risidagi ma‟lumotlarning to‟g‟ri shakllanishida muhim ahamiyatga ega. Demak, tarixiy- madaniy yodgorliklarning 3D modellarining yaratilishi kelajak avlod uchun ma‟lumotlar majmuasini yaratish imkoniyatini beradi, hamda barcha uchun istalgan joyda, yilning, kunning istalgan vaqtida tarixiy-madaniy yodgorliklarni kuzatish, tadqiq qilish sharoitini yaratadi. Ajdodlarimizdan bizgacha ming yillar davomida yetib kelgan tarixiy obidalarni asrash va kelajak avlodga yetkaib berishda, hamda dunyoda eng serdaromad sohalardan hisoblangan tuzizm sohasini rivojlantirishda 3D modeli imkoniyatlaridan keng foydalanish maqsadga muvofiqdir.



Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin