ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 5 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Academic Research, Uzbekistan 1586 www.ares.uz barcha xodimlari uchun majbu-riydir. Tarbiyachi-metodist, katta meditsina
hamshirasi, xo’jalik mudiriningo’z huquqlari doirasida bergan ko’rsatmalari barcha
xodimlar uchun majburiydir.
Maktabgacha ta'lim tashkilotning shaxsiy tarkibi quyida-gilardan iborat:
ma'muriy guruh (mudira, tarbiyachi-metodist, xo’jalik mudiri, katta meditsina
hamshirasi), pedagogika, meditsina xizmati ko’rsatish tarmoqlari xodimlari.
Maktabgacha ta'lim muas-sasasi ma'muriyati har bir tarkibiy birlikka tegishli
moddiy re-surslarni biriktiradi.
Mehnat jamoasi vakolatini amalga oshirishning asosiy shakli umumiy
yig’ilishidir. Maktabgacha ta'lim tashkilot umumiy yig’ilishi:
-maktabgacha ta'lim muassasalari to’g’risida Nizom asosidao’zining har bir
Ustavini (Ustav deyiladi) ko’rib chiqadi va qabul qiladi;
-maktabgacha ta'lim tashkilotlar kengashini tuzish zaruriyatini aniqlaydi,
kengash tarkibini va uning raisini saylaydi;
-yillik va istiqbol rejalarini muhokama qiladi ya tasdiqlaydi, uning bajarilishi
haqida ma'muriyat hisobotini eshitadi, pe-dagogik va xizmat ko’rsatish mehnatining
samaradorligini oshirish yoilarini belgilaydi;
-jamoa shartnomasini muhokama qiladi va kasaba uyushmasi qo’mitasiga
taqdim etadi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari kadrlarining lavozimi huquqlari va
majburiyatlari, ularning boshqaruv vakolatlari va vazifalario’z-bekiston
Respublikasining qonun hujjatlari, tegishli me'yoriy huj-jatlar, ta’lim muassasasi
Nizomi bilan belgilanadi.
Maktabgacha ta’lim muassasasi mudirasi xalq ta’limi boshqaruv organlari
tomonidan oliy maiumotga ega va besh yildan kam bo’l-magan pedagogik stajga ega
bo’lgan shaxslardan tayinlanadi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo’yish,
tarbiyalash bo’yicha ishni ma'muriyat, mehnat jamoasi, maktabgacha ta’lim
muassasasi kengashining faol ishtirokida amalga oshiradi. Kadrlarni tanlash
chog’ida maktabgacha ta’lim muassasasi rahbario’zbekiston Respublikasi Prezidenti
huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 3-avgustdagi 205-sonli qaroriga,
maktab-gacha ta'lim muassasasi Ustaviga amal qiladi. Bunda da'vogarlarning
shaxsiy sifatlari va tanlagan sohaga moyilliklari inobatga olinadi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari ma'muriyati jamoat tashkilotlari bilan
hamkorlikdao’z-o’zini boshqaruv asosida bolalarni tarbiyalashda yuksak natijalarga
erishishga qodir boigan turg’un mehnat jamoasini shakllantiradi; kadrlarni