Academic research in educational sciences


ADBIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA



Yüklə 401,09 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/11
tarix14.04.2022
ölçüsü401,09 Kb.
#55429
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
ozbekiston-respublikasida-ommaviy-axborot-vositalari-faoliyati-ozgarish-va-muammolar

ADBIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA  

O‗zbekistonda jamoatchilik bilan aloqalar, xalq bilan muloqot muhim ijtimoiy 

institutga aylanmoqda. Jamoatchilik fikri – fuqarolik jamiyatini o‗zida aks ettiradigan 

bamisoli  bir  ko‗zgu  ekanligi  hayotda  o‗z  isbotini  topmoqda.  Prezidentimiz  Shavkat 

Mirziyoyev  2017  yil  27  iyun  –  Matbuot  va  ommaviy  axborot  vositalari  xodimlari 

kuni munosabati bilan soha xodimlariga yo‗llagan tabrigida ta‘kidlanganidek, ―Xalq 

bilan  muloqot,  odamlarning  orzu-intilishlari,  dardu  tashvishlari  bilan  yashash  davlat 

siyosati darajasiga ko‗tarilayotgan bugungi kunda har bir ommaviy axborot vositasi 

chinakam  muloqot  maydonchasiga,  erkin  fikr  minbariga  aylangan  taqdirdagina  biz 

o‗z oldimizga qo‗ygan maqsadlarga erisha olamiz‖[1]. 

 

O‗zbekiston  Respublikasining  2014  yil  5  mayda  qabul  qilingan  ―Davlat 



hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‗g‗risida‖gi qonunida (1-

ilova)  Axborot  xizmatlarining  huquqiy  asosi  mustahkamlandi.  O‗zbekiston 

Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2018  yil  17  fevralda  qabul  qilingan 

―O‗zbekiston  Respublikasi  davlat  va  xo‗jalik  boshqaruvi  organlarining  axborot 

xizmatlari  faoliyatini  yanada  takomillashtirish  chora-tadbirlari  to‗g‗risida‖gi  125-

qarorida  (2-ilova)  davlat  va  xo‗jalik  boshqaruvi  sohasida  ochiqlik  va  shaffoflikka 

asoslangan  samarali  qarorlar  qabul  qilish  tizimini  joriy  etish,  axborot  olishda 

mansabdor  shaxslarning  jamiyat  oldidagi  hisobdorligi,  ochiqligi  va  mas‘uliyatini 

ta‘minlash vazifalari belgilab berildi. O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 

yil 27 iyundagi ―Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta‘minlash hamda davlat 

organlari  va  tashkilotlari  axborot  xizmatlari  faoliyatini  rivojlantirish  bo‗yicha 

qo‗shimcha  chora-tadbirlar  to‗g‗risida‖gi  qarori  (3-ilova)  mazkur  sohani  yanada 

rivojlantirishda g‗oyat muhim qadam bo‗ldi. 

 

Mazkur  qonun  va  qaror  ijrosini  ta‘minlash  maqsadida  Mirzo  Ulug‗bek 



nomidagi  O‗zbekiston  Milliy  universiteti  Jurnalistika  fakultetida,  O‗zbekiston 

Jurnalistika  va  ommaviy  kommunikatsiya  universitetida,  O‗zbekiston  davlat  jahon 





Yüklə 401,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin